195
rassomlik “ilmini” o‘rganishni front yo‘llarida davom ettirdi. U Shimoliy
Kavkaz fronti qismlaridan birida agitbrigadada rassom bo‘lib ishladi.
Hayotining har bir kuni bir talay yangi
taassurotlar
qoldirib
rangtasvirchining
tushunchasini
boyitar,
rassomlik
zehnini,
qalamini o‘tkirlashtirar edi.
Axmedov turmushning og‘ir sabog‘ini
olib frontdan qaytgandan keyin, o‘zining
rassomchilik bilimini oshirish uchun 1947 yilda
SSSR Badiiy akademiyasining Leningraddagi
I.Ye.Repin
nomidagi
rassomchilik,
haykaltaroshlik
va
arxitektura
institutiga
o‘qishga kirib o‘qidi.
Axmedovning talabalik
davrida yaratgan etyudlari rassomning rangni
yaxshi his qilishi bilan diqqatni jalb etar,
shuning uchun ham O‘zbekiston rassomlari
vistavkalarida tez-tez ko‘rsatilib turilar edi.
“Xalq hofizi” nomli gruppa portreti R.Axmedovning diplom ishi
bo‘ldi. Bu polotnoda, u o‘zini ko‘pdan beri hayajonga solib yurgan narsani:
san’atning jonli, ta’sirchanlik kuchini, oddiy kishilarning unga bo‘lgan
muhabbatini tasvirlashni maqsad qilib oldi.
Bu mavzu rassomning
jivopischilik intilishlariga mos kelib, uning portretchilikka mayli zo‘rligini
ko‘rsatib berdi. Bu asarda rassom ona Vatan tabiatining go‘zal manzarasiga
bo‘lgan muhabbatini aks ettira oldi. Asar Butunittifoq diplom ishlari
vistavkasida ko‘rsatildi va ko‘p nusxada reproduksiya qilindi.
Rassom ijodiga xos belgilar uning diplom ishidayoq ko‘zga yaqqol
tashlangan edi. Bu individuallik keyinchalik yana o‘sa bordi.
Institutni tugatgach rassomlik faoliyatini boshladi. 1953 yildan
Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida o‘qituvchi, 1976 yildan
O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi raisi lavozimida ishladi. U
ijod qilib Toshkentdagi rassomchilik san’at institutida ko‘pgina shogirdlar
tayyorladi.
Axmedov inson bilan tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni ko‘rsatishga,
tashqi ko‘rinishdan yoqimsiz, hatto xunuk bo‘lgan,
lekin aqlli va qalbi
insoniy tuyg‘ularga to‘la bo‘lgan xarakterlarni ochib berishga harakat
qiladi. R.Ahmedovning peyzajlari “Tog‘larda oqshom payti” hamda
O‘zbekistonning tog‘li rayonlarini aks ettiruvchi etyudlari juda go‘zal va
zo‘r mahorat bilan ishlangan.
196
Raxim Axmedov oldin o‘tgan rassom asarlarini ko‘rarkan men ularga
taqlid qilmasdan, o‘zimni tasavvurimda hayotni qanday ko‘rsam,
shundayligicha qog‘ozga tushuraman derdi. Musavvirlar R.Axmedovning
san’at asarlaridan biri “Tong, onalik” kartinasidir. Ushbu kartinada rassom
ranglar uyg‘unligiga e’tibor qaratib manzarani havo rang koloritda
bajargan.
Asarning tabiat qismiga qarasak asosan sovuq ranglardan foydalanib
bajarilgan. Uning onalik ya’ni birinchi planda berilgan oila tasviri qismi esa
iliq rang koloritida bajarilgan. Lekin manzara koloriti ham, oila qismidagi
iliq kolorit ham shunday uyg‘unlikda topilganki,
natijada asar yaxlitligi
ta’minlangan. Birinchi plandagi mato, sholcha, ko‘rpa va boshqalar
tabiatdagi ranglar bilan uyg‘unlikda ishlangan. Tongdagi tabiat tasviri
go‘yo yupqa, harir parda orqali ko‘rinayotgandek taassurot qoldiradi.
Birinchi planning iliq koloritda bajarilganligi tomashabinni o‘ziga jalb
etadi va o‘yga toldiradi. Unda ranglardan kontrast ranglar deyarli
foydalanilmagan. Shuning uchun ham asar mayin, sokin holat taassurotini
beradi. Tabiat va inson uyg‘onish arafasidagi laxzaga ishora qiladi. Birinchi
plandagi turli-tuman ranglar ikkinchi va orqa
plandagi narsalar rangi
bilan xavo perspiktivasi asosida uyg‘unlashib ketgan.
Hozirda Raxim Axmedovning ko‘pgina asarlari xorijiy mamlakat
muzeylarida saqlanmoqda. Bunga bir qancha yaratgan manzarali
asarlaridan “Tog‘ vodiysi”, “Oq toshda qish”, “Qish”, “Keksa daraxt
tagida”, “Oqtosh”, “Bahor”, “Quyoshli kuz”, “Vinetsiya” shahri ko‘rinishi,
“Kuz ranglari” kabilar misol bo‘la oladi.
R.Ahmedov chet el safarlarida ham bir necha turkum asarlar yaratib
kelgan. Uning “Vinetsiya oqshomi” shahar manzarasi, “Rim ko‘rinishlari”
kabi asarlari shular jumlasidandir. U ishlagan manzara asarlari o‘zining
yorqin ranglari bilan yodda qoladi. Uning kartinalarida manzaraning
tabiiyligi, ranglarning uyg‘unligi saqlanadi.