3
FAN VA INNOVATSIYALAR UYG‘UNLIGIDA SAN’AT, TIL
VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O‘RGANISH
M.I. Daminov
Buxoro davlat pedagogika instituti direktori
Fan taraqqiyotida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash dolzarb
masalalardan biri sanaladi. Fan va innovatsiyalar uyg‘unligida san’at, til
va madaniyat masalalarini ilmiy o‘rganish ayniqsa, muhim ahamiyat kasb
etadi.
San’at, til va madaniyat sohalarini rivojlantirish,
jahon miqyosidagi
ilg‘or tajribalar asosida malakali kadrlar tayyorlash, yoshlarning madaniy
saviyasini yuksaltirishga qaratilgan ko‘plab qaror va farmonlar imzolanib,
hayotga tatbiq etilmoqda. Respublikamizda ayni shu soha bo‘yicha
malakali kadrlar tayyorlovchi yetakchi oliy ta’lim muassasaslari
tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini ta’minlash
borasida
alohida ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi davr taraqqiyotida o‘zbek xadqining istiqlolga erishishi
munosabati bilan milliy qadriyatlar, urf-odatlar va marosimlarni tiklash,
o‘z tarixini, ma’naviy va madaniy merosni, shu jumladan, musiqa merosini
atrofliga o‘rganish hamda undan bahramand bo‘lish
va yosh avlod
tomonidan ularni o‘zlashtirish masalalari keng kutarilmoqda. Xususan, bu
o‘rinda xalq musiqasi ijodini chuqurroq ilmiy-amaliy tadqiq va hayotda
tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. O‘zbek xalq ijodi (so‘z, musiqa, raqs,
tomosha, uyin, tasviriy va amaliy-bezak san’atlari) – ommaviy ijod; xalq
badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, o‘ziga xos xususiyatlari (ommaviylik,
og‘zakiylik, an’anaviylik, badihago‘ylik, funksionallik, lokallik, sinkretizm)
va janrlar tarkibi (amaliy, noamaliy) bilan ajralib turadi. Xalq (omma)
tomonidan og‘zaki
yaratilib, xalqning iste’dodli namoyandalari (sozanda,
xonanda, guyanda, termachi, qo‘shiqchi, yallachi, xalfa, baxshi) ijrosida
sayqal topib, avloddan-avlodga o‘tib
kelayotgan badiiy asarlar, masalan,
musiqa san’ati bilan bog‘liq qo‘shiqlar va kuylari (aytim va cholg‘u
yo‘llari), o‘zbek xalq musiqa ijodini tashkil etadi. Uning yaratilishi va
tarqalishi jonli og‘zaki an’ana bilan bog‘liqdir.
Dunyoning rivojlangan davlatlari oliy ta’lim muassasalarining
rasmiy veb-saytlari talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik bilan tom
ma’noda fikr almashish va o‘zaro muloqot maydoniga aylangan. Afsuski,
yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalalarining
bu boradagi intilishlarini
yetarli, deb bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda olimlarimiz ommaviy axborot
vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa turli axborot tarqatuvchi
manbalarda faol bo‘lishlari, fan-texnika yutuqlarini muntazam targ‘ib etib
borishlari lozim.
4
Innovatsiya va texnologik g‘oyalar, fikr va muloqotlar san’at, til va
madaniyat sohalari muammolarni bartaraf
etish yuzasidan tahlil va
takliflar, yosh olim va talabalarda tashabbuskorlik bo‘lishi kerak. Mazkur
anjumanni o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsad ham shunga qaratilgan.
Mazkur anjuman, birinchi navbatda, fan va innovatsiyalar uyg‘unligida
san’at, til va madaniyat masalalarini ilmiy o‘rganishga xizmat qilsa,
ikkinchidan, ko‘plab tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun yo‘l ochadi.
Fan va innovatsiyalar uyg‘unligida san’at,
til va madaniyat
masalalarini ilmiy o‘rganishga bag‘ishlangan anjumanlar kelajakda
an’anaga aylanishiga va xalqaro miqyos kasb etishiga ishonaman. Chunki
bunday ilmiy tadbirlar orqali mutaxassislar bilimlarni yanada
kengaytirishga erishiadi, deb o‘ylayman.