OLIY TA’LIM TIZIMIDA SAN’ATNING O‘RNI




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

OLIY TA’LIM TIZIMIDA SAN’ATNING O‘RNI 
A.K. Niyozov 
Buxoro davlat pedagogika instituti, o‘quv-uslubiy 
boshqarma boshlig‘i 
Muhtaram prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan 2019-yil 
19-martda ilgari surilgan “Yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada 
kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng 
jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini 
shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, 
xotin-qizlar bandligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 5 ta muhim tashabbusning 
birinchi bandi aynan biz, tasviriy san’at fani mutaxassislari oldiga 
mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. 
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ta’lim tizimini 
rivojlantirish masalalarini hukumat tomonidan belgilanib, yuksak talablar 
asosida muhokama etilishi uning naqadar dolzarbligidan dalolat beradi. 
Jumladan, 2020-yil 23-sentabrdagi 637-sonli O‘zbekiston Respublikasi 
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunining 15-moddasida ta’lim olish shakllaridan 
kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllari bilan bir qatorda masofaviy ta’lim, 
dual ta’lim hamda mustaqil ta’lim shaklini ham joriy etish maqsadga 
muvofiq, deb topilgan. 
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qaroriga 
asosan 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim 
muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich Yevropa tizimi 
(European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida 
ta’limning kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etila boshlandi. 
Kredit-modul tizimi joriy etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 
magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejasi va fan 
dasturlari takomillashtirildi. Talabaning muayyan fandan tegishli 
kreditlarni to‘plashi uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini 
o‘zlashtirish zarurligi yuzaga keldi. Shunga ko‘ra o‘quv yuklamaning 
bakalavriatda 50 - 60% mustaqil ish soatiga bo‘lib berilganligi ta’lim 
berishga bo‘lgan qarashlarni tubdan o‘zgartirishni talab etdi. 
Ma’lumki, musiqa hamda tasviriy san’at sohasida talabalarga barcha 
ta’lim shakllari bo‘yicha muayyan DTS, malaka talablari, o‘quv reja va fan 
dasturlari asosida bilim berib boriladi. Musiqa sohasining qaysi ta’lim 
yo‘nalishi bo‘lishidan qat’iy nazar, yo‘nalishlarning o‘quv rejalarida 
auditoriya soatlaridan tashqari talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun 
ajratilgan soatlar ham o‘rin egallaydi. Namunaviy fan dasturlarida esa 
mustaqil ta’lim mavzulari o‘z aksini topgan bo‘ladi. Har bir professor-



o‘qituvchi o‘quv reja hamda fan dasturi asosida mustaqil ta’lim soatlari va 
mavzulari fanning o‘quv dasturi (sillabuslari)ga kiritadi hamda shu 
asosida o‘qituvchi o‘zining o‘quv-uslubiy majmualarini ishlab chiqadi.
Hozirgi zamon musiqa pedagogikasi fani oldida turgan muhim 
muammolardan biri-ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish 
hisoblanadi. Zero, san’at ta’lim-tarbiyasi inson ma’naviy kamolotini 
ta’minlovchi omillardan biri bo‘lib, nafaqat inson tuyg‘ulariga, uning 
ma’naviy – axloqiy jihatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 5,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OLIY TA’LIM TIZIMIDA SAN’ATNING O‘RNI

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish