13
dunyoqarashi, musiqa sohasida fikrlashi, tushunchasini boyitib borishi
muhim ahamiyatga egadir. O‘qituvchi musiqa kishi xissiyotini, ayniqsa
emotsional estetik xissiyotini faol rivojlantira olishini unutmasligi kerak.
Musiqa o‘qituvchisi mahoratli sozanda va yaxshi san'atkor bo‘lishi
lozimdir. U musiqa cholg‘usida yaxshi chalish malakasiga, qo‘shiqni
chiroyli va yoqimli kuylash ovozga ega bo‘lishi, notaga qarab yaxshi ijro
qilishi, o‘quvchilar qobiliyati, bilim saviyasi, mahoratini bir-biridan ajrata
bilishi lozimdir. Musiqa o‘qituvchisining musiqa asbobida mahorat bilan
ijro etishining juda muhimligini quyidagicha alomatlarni belgilanadi.
Birinchidan: Jonli ijro etish - sinfda kayfiyatni yaxshilaydi.
Ikkinchidan: Jamoa bo‘lib (xor) ijro etayotganda istalgan jumla yoki
(takt) qismlarni takrorlash mumkin.
Uchinchidan: Musiqa asbobida ijro eta oladigan musiqa o‘qituvchisi
o‘z tarbiyalanuvchilariga musiqani qiziqarliligi va muhimligini amaliy
jihatdan ko‘rsatib beradi.
Musiqa o‘qituvchisi musiqa asbobini mahoratli ijro etishi bilan
cheklanib qolmay yoqimli tovush, dirijyorlik hattiharakatlarini, musiqa
nazariyasini mukammal bilmog‘i va ijod qilishi mahoratiga ham ega
bo‘lishi lozimdir. O‘qituvchining shaxsiy namunasi va bilim darajasi
musiqa fanining taqdirini hal qiladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkimki, musiqa madaniyati darsida
o‘qituvchining mahorati har tomonlama yuksak darajada bo‘lishi o‘ta
muhim hisoblanadi. Uning asar haqidagi kirish so‘zi va dars mavzusini
tushuntirib berishi, o‘quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa san’ati olamiga
olib kirib, badiiy hamda ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi.