O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

Foydalangan adabiyotlar: 
1. Xudoyev G‘. G‘ijduvon xalq teatri. Teatr jurnali. – T., 2011. № 5. – B.18. 
2. Xudoyev G‘. G‘ijjak cholg‘usi ijrochilik an’analari. – T.: Muharrir nashr., 2014. – 
B.164. 
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARINING 
SHAXS SIFATIDA KAMOL TOPISHIDA DARSDAN 
TASHQARI MASHG‘ULOTLARNING AHAMIYATI 
Shukurov Avaz Ro‘ ziboyevich
Buxoro davlat pedagogika instituti “Musiqa va 
tasviriy san’at” kafedrasi dotsenti
 
Aslanova Nargiza Xakimovna 
Buxoro davlat pedagogika instituti II-bosqich 
magistranti 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, 
uning barkamol inson sifatida o‘sib kamol topishida darsdan tashqari mashg‘ulotlarning 
ahamiyati hamda sinfdan tashqari ishlarning turlari haqida so‘z yuritilgan.
 
Kalit so‘zlar:
 To‘garak, ma’naviy tadbirlar, vazifalar, integratsiya, sinddan va darsdan 
tashqari mashg‘ulotlar
 
Hozirgi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida qator samarali qaror va 
qonunlar qabul qilinmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 
20-dekabr kuni xalqqa qilgan murojaatnomasida maktab o‘quvchilarini 
xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘rgatish zaruratini aytgan edilar. 2023-yil 20-
yanvar kuni bu boradagi vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda esa 
tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar 
maktabning o‘ zida 64 xil ishchi kasblarga o‘ rgatilishi rejalashtirildi.
3
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda o‘quvchilarning 
3
Sh.M Mirziyoyevning Oliy majlis va O’zbekiston xalqiga murojaatnomasi ttps://president.uz/uz.20.12.2022


19 
bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mamlakatimizda turizmni 
rivojlantirish,uchun qabul qilinayotgan bunday qarorlar ayni muddaodir. 
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar ni to‘la qamrab olgan to‘garaklar bir necha 
xilda bo‘lishi mumkin:

fan to‘garaklari;

mohir qo‘llar to‘garaklari;

duradgorlik to‘garaklari;

sport to‘garagi;

badiiy havaskorlik to‘garagi.
O‘ rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va 
tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to‘garak 
rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil 
bo‘lgan o‘z o‘quvchilarini biror to‘garakka a’zo bo‘lishga chorlaydi.
Darsdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi 
tarbiyaviy 
faoliyatni 
to‘ldiradi. 
Ularni 
dunyo 
qarashini 
to‘g‘ri 
shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni 
amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘lanishiga zamin yaratadi. 
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga 
quyidagilar kiradi:

darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga 
oshirishni nazorat qilish;

o‘quvchilarning darsdan tashqari ko‘ p qirrali ishlarni pedagogik 
jamoa, o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘ yish;

darsdan tashqari mashg‘ulotlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik 
qilgan holda, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o‘quvchilar 
tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish; 

umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim 
tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish; 

o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va 
madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish; 
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar ning tarbiyaviy ta’siri ko‘p darajada 
o‘quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o‘quvchilar jamoachining 
xilma-xil ishlarni qanday yo‘ lga qo‘yishga bog‘liqdir. Darsdan tashqari 
faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil 
o‘quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. 
Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga 
qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. 
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy 
ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu 
faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli 
mavzularda o tkaziladigan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar, 
siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va 


20 
suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayoram kechlari va 
ertaliklari, to‘garak mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. 
O‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlar i o‘z mazmuniga 
ko‘ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki darsdan 
tashqari mashg‘ulotlar da olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va 
shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. 
O‘quvchilar darsdan tashqari mashg‘ ulotlar da qatnashib, turli 
kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch 
keladilar. Shuning uchun ham o‘quvchilarning faoliyatlari qanchalik 
xilma-xil bo‘ lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat 
doirasi keng va ma’naviy o‘sishi samarali bo‘ ladi. Sinfdan tashqaridagi 
tarbiyaviy ishlarda o‘ quvchilar jamoada ishlashni o‘rganadilar ijtimoiy 
mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo‘shiladilar, 
jamoatchilik fikriga bo‘ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga 
odatlanadilar. Darsdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning 
ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko‘ra 
belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham 
ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari 
bir bo‘lsa-da, o‘sha maktablarning o‘ziga xos xususiyatlari bor va bu 
xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko‘rinadi.

Download 5,14 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish