Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Jo‘rabek Yarashev, Dilnavoz Murodova “Musiqa o‘qitish metodikasi”
2.
Dildora Soipova “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi”
3.
Tohirjon Ortiqov “Musiqa o‘qitish metodikasi”
29
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MUSIQA
FOLKLORINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK
IMKONIYATLARI
Hamidova Hafiza Nabiyevna
Buxoro davlat Pedagogika instituti 2-bosqich
magistranti
Annotatsiya:
O‘quvchilarga estetik tarbiya berishda boshqa vositalar qatorida xalq
san’atining eng ommaviy va ta’sirchan turlaridan bo‘lgan folklor qo‘shiqlarining roli va
ahamiyati beqiyos bo‘lgani holda, ulardan foydalanishda ham o‘ziga xos me’yorlar bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarga har qanday xalq qo‘shig‘ini, termasini, laparlari va o‘lanlarini, maqom yo‘llarini,
uning sho‘balarini o‘rgataverish, mashg‘ulot va konsert repertuarlariga kiritaverish yaramaydi,
albatta. Bunda barcha ishlar maqsadga yo‘naltirilgan holda muayyan pedagogik asos, pedagogik
aprobatsiyadan o‘tgan metodika zamirida olib borilishigina kutilgan samarani berishi mumkin.
Shuning uchun ham bu borada birmuncha ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Bular, o‘z
navbatida, estetik tarbiya sohasidagi bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar jumlasiga kiradi.
Tayanch s
o‘
zlar:
bolalar folklori, musiqiy meros, madaniyat, alla.
Hozirgi paytda xalqning milliy madaniyatiga e’tibor kuchayayotgan
ekan, buni chuqur his etgan holda havaskorlik ansambllari, folklor-
etnografik dastalarigina emas, balki professional san’at uyushmalari
a’zolari ham o‘z repertuarlarida xalq san’ati namunalariga keng o‘rin
bermoqdalar. Shunday bo‘lgach, folklor qo‘shiqlaridek bebaho boyliklarga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ulardan tarbiya tizimida unumli
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu muvofiqlikni ta’minlash esa aynan
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari bilan olib borilayotgan
musiqiy ta’lim mazmuniga bog‘liq. Zero, ular, bo‘lajak musiqa
o‘qituvchilari, turli ansambllarning rahbarlari sifatida mas’uldir.
Biz o‘quvchilarni folklor qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalash,
shu orqali ularning ma’naviy olamini boyitish va dunyoqarashlarini
shakllantirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganimizda, avvalo,
o‘quvchilarga atalgan folklor qo‘shiqlarini ko‘zdan kechirish, ulardan
moslarini ajratish, shundan so‘ng ashula to‘garagi qatnashchilarining
badiiy tayyorgarliklari, ovoz va kuylash imkoniyatlarini hisobga olgan
holda o‘rgatish, tanishtirib borishni lozim topdik. Bu esa osongina
kechadigan ish emas edi. Chunki hozirgacha mutaxassislar tomonidan
aniqlangan, yozib olingan folklor qo‘shiqlari ancha serob, janr jihatidan
xilma-xil bo‘lib, agar ular bir boshdan repertuarga kiritiladigan bo‘lsa,
unda kutilgan natijaga erishish ancha mushkul bo‘lib qolishi mumkin.
Folklor qo‘shiqlarining hududiy xususiyatlari ayrim davrlarda
nisbatan ommalashib ketish hollari ham uchraydi va butun O‘zbekiston
uchun mushtaraklik kasb etadi. Bu xulosani faqat XXI asr boshlariga
nisbatan aytadigan bo‘lsak, Xorazm usulidagi qo‘shiqlar endilikda musiqa
30
san’atining barcha sohalari - estrada, zamonaviy ommaviy qo‘shiqlar, lirik
va folklor qo‘shiqlariga ham tadbiq etilmoqda. Demak, bu bugungi
kunning ohangi sifatida respublikamizning barcha hududida amalga
oshirilayotgan estetik tarbiya mazmunida o‘z aksini topishi mumkin. Zero
o‘quvchi-yoshlarning qiziqishlari ham estetik tarbiya samaradorligini
ta’minlovchi pedagogik omillardan biridir.
Folklor qo‘shiqlarining tarmoqlari, shakllari va janrlari ko‘p bo‘lib,
ulardan quyidagi turlar musiqashunoslikda yetakchi hisoblanadi.
1. Yalla-hazil-mutoyiba yoki ishqiy mavzudagi qo‘shiq.
2. Ashula-so‘zi folklor yoki she’riy namunadan iborat lirik qo‘shiq.
3. Katta ashula-yakka yoki ko‘pchilik xonandalar tomonidan musiqa
jo‘rligisiz ijro etiladigan qo‘shiqlar.
4. Lapar-ishqiy yoki xazil mavzuidagi yakka yoki ikki kishi, ba’zan
undan ham ko‘proq ijrochilar tomonidan aytishuv tarzidagi raqs bilan
aytiladigan qo‘shiq.
5. Terma-kichik hajmli, sho‘x qo‘shiqlar.
6. Mehnat qo‘shiqlari - ma’lum bir ish yoki xizmatni bajarish
davomida aytilib kelingan qo‘shiqlar.
7. Marosim qo‘shiqlari - turli marosim va udumlarda aytiladigan
qo‘shiqlar.
8. Allalar.
9. Bolalar qo‘shiqlari.
Bularni, o‘z navbatida, ikki katta guruhga bo‘lish mumkin:
1. Mavsum va marosim qo‘shiqlari. Bu qo‘shiqlar yilning turli
fasllarida, bayramlarida, turli shodiyonalarda, to‘ylarda va boshqa
tadbirlarda ijro etiladi. Xalq orasida bunday qo‘shiqlarning o‘z ijrochilari
bo‘lib kelgandir. Bunday qo‘shiqlar jumlasiga yor-yorlar, yig‘ilar, allalar,
tegishli biror sana munosabati bilan aytiladigan qo‘shiqlar va mehnat
qo‘shiqlari kiradi.
2. Turli mavzularda har doim ijro etish mumkin bo‘lgan qo‘shiqlar.
Bunga termalar, cho‘blamalar, lapar, yalla, katta ashula va boshqalar
kiradi. Maqomlar musiqa sohasiga mansub bo‘lgani uchun ular to‘g‘risida
to‘xtalmaymiz. Biroq klassik shoirlarning g‘azallari bilan aytiladigan ba’zi
bir maqom tarkibidagi qo‘shiqlardan ham estetik tarbiyada foydalanish
mumkin.
Tarixiy folklor qo‘shiqlari o‘tmish xalq hayotini o‘rganish, to‘g‘ri
baholash, xalq urf-odatlarini, marosimlarini to‘g‘ri idrok etishda ajoyib
san’at ko‘zgusi va tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham
ularga murojaat qilganda tarixiy qo‘shiqlarning tarixiy-tarkibiy tuzilish
xususiyatlarini hisobga olish lozim. Folklor qo‘shiqlari bo‘yicha tadqiqotlar
olib borgan U.Jumanazarov tarixiy qo‘shiqlarning mualliflari noma’lum,
ya’ni xalq tomonidan yaratilgan va mualliflari ma’lum bo‘lgan, xalq
31
baxshilari tomonidan ijro etib kelinayotgan qo‘shiqlarga bo‘lishi tarixiy
haqiqatga to‘g‘ri keladi. U folklorshunoslikda yangilik bo‘lgan bir fikrni
oldinga suradiki, ya’ni xalq baxshilari tomonidan turli voqealar
munosabati bilan yaratilgan, tarixiy va aniq shaxslarga aloqador
qo‘shiqlarni ham tarixiy qo‘shiqlar safiga kiritish, ularni ham shu qatorda
sanashni taklif qiladi. Shuning uchun ham uning o‘zbek tarixiy qo‘shiqlari
mustaqil yuzaga kelgan bo‘lib, uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan,
shu evolutsion jarayonda u xalq eposi bilan yonma-yon yashab keldi va
epos taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqidagi fikrlari diqqatga
sazovordir. Shuningdek, U.Jumanazarovning o‘zbek folkloridagi tarixiy
qo‘shiq janri, uning tiplari, xususiyatlari, g‘oyaviy kompozitsion
tuzilishlariga oid tadqiqotlari (38) ham folklor qo‘shiqlaridan estetik
tarbiya vositasida tanlab olishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Biz o‘quvchilarga folklor qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiya berish
yuzasidan ish olib borish jarayonida faqatgina matbuotda bosilgan,
kitoblar holida nashr qilingan folklor qo‘shiqlari bilan cheklanmay,
havaskorlarni ishga solgan holda joylarda yashovchi keksalar xotirasida
saqlanib qolgan xalq og‘zaki folklor qo‘shiqlarini ham to‘plashga va
ularning eng yaxshilaridan foydalanishga harakat qildik.
O‘quvchilar bilan folklor qo‘shiqlari, jumladan, uning «yor-yor» janr
xususida suhbatlashganimizda, ularning 97%i «yor-yor» qo‘shiqlari faqat
to‘yda aytiladi deb javob berishdi. Biz keltirgan misollar esa to‘y
marosimining holati borasida ma’rifiy ma’lumotlar berishdan tashqari
«yor-yor»ni
duch
kelgan
joyda
aytavermasligi,
undagi
so‘zlar
marosimning
mazmunini,
undagi
go‘zallikni
ochishga,
ahillikni
mustahkamlashga xizmat qilmog‘i uchun o‘rnida aytilishi lozimligini
ko‘rsatadi. Demak, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan har bir qo‘shiq haqida
suhbat o‘tkazganda, avvalo, qo‘shiq haqida iloji boricha to‘laroq ma’lumot
berish bilan birgalikda uning qay holatlarda aytilishi va bajaradigan aniq
vazifasini alohida ko‘rsatish zarurligini unutmasligi lozim. Shundagina u
kutilgan natijani beradi va tinglovchilarda iliq taassurot qoldiradi. Bu
fikrlar faqat «yor-yor»larga emas, folklor qo‘shiqlarining boshqa turlariga
ham to‘la taalluqlidir.
|