52
Dutor – chertib chalinadigan torli musiqiy asboblar sirasiga mansub
bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlarining deyarli barcha o‘lkalarida,
shuningdek, ko‘pgina xorijiy sharq mamlakatlarida tarqalgan.Dutor
chalish san’atining puxta egallagan sozandalar ijrochiligi hamda kasbiy va
havaskorlik
ijodi
namunalari
avlodlardan-avlodlarga
o‘taverib
sayqallashgan va O‘zbekistonda azaldan o‘troq holda yashagan aholi
orasida qiyomiga yetkazib ijro etish an’anaga aylana borgan. Dutorda va
dutor jo‘rligida ijro etilgan qo‘shiq, ashula va cholg‘u kuylarining
ohanglari zamirida sharq mumtoz adabiyotining
namoyondalari Lutfiy,
Navoiy, Atoiy, Bobur, shuningdek, Zebuniso, Uvaysiy, Nodira, Maxzuna,
Ojiza va boshqalarning ijodidan rang olgan lirik-falsafiy mazmun yotadi.
Dutor ohanglarining rang-barangligi va boyligi xalqning turmush tarzi,
madaniyati qirralarini o‘zida aks ettirgan bo‘lib, sharq xalqlari musiqiy
tafakkurining nafis jilolarini o‘zida mujassamlashtirgan. Yuksak estetik
fazilatlarga, mohirona ijrochilik an’analariga ega bo‘lgan va o‘ziga xos
milliy tarovatni yorqin ifodalab kelayotgan dutor musiqasi shu davrgacha
illmiy asosda maxsus tadqiqot obyekti sifatida e’tibordan chetda edi. Shu
bois, mazkur kitobda o‘zbek xalq an’anaviy ijrochiligida keng tarqalib,
alohida e’tiborga loyiq bo‘lib kelgan dutor chalish san’atining turli-tuman
usullari va uslublarini o‘rganish asosiy maqsad qilib belgilanadi.
Dutor O‘zbekistonda va qo‘shni Sharq
mamlakatlarida yashayotgan
o‘zbek, tojik, uyg‘ur, turkman va qoraqalpoq xalqlarida keng
tarqalgandir.”Dutor “ atamasi forscha “du”-ikki va “tor” ma’nolarini
bildiradi. Ijrochining o‘ng qo‘li barmoqlari dutor torlarini chertish orqali
musiqiy tovushni hosil qiladi. Chap qo‘l barmoqlari bilan esa tovush
pardalari boshqariladi. .Boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi o‘zbeklarda ham
turli hududlarning mahalliy sheva guruhlarida dutorning tarkibiy qismini
tashkil qiluvchi atamalar turlicha ifodalanadi.Uning ayrim qismlarining
nomlari maxsus tub ma’noga ega. Masalan, “quloq”,”xarrak”,”kosaxona”
va h.k atamalarda ana shunday ma’no mavjud.
Qadim zamonlardan buyon ustalar dutorni , asosan, tut daraxtidan
yasaganlar. Bu to‘g‘rida Darvesh Ali “ Risolai musiqi”
asarining dutor
ta’rifiga
bag‘ishlagan
qismida
quyidagicha
yozadi:”Dutorlarning
ko‘pchiligi tut yog‘ochidan ishlanadi, torlari esa ipakdan eshiladi. Shuning
uchun ham cholg‘uchining tovushi shirador va mayin, bu hol tut va
ipakning bir-biriga ohangdoshligi, ko‘rinmas rishtalar bilan bog‘liqligi va
nihoyat, bir vujudning mahsullari ekanligining natijasidir”.Tut daraxti
nomlari har xil ataladi. Masalan, Farg‘ona vodiysida bedana tut, marvarid
tut,xas tut, qora tut, shotut, oq tut, xo‘roz tut, xashaki tut, qo‘noq tut
deyilsa, Samarqand-Buxoro
tomonlarida baliq tut, xashaki tut, oq tut deb
atashadi. Kamdan kam hollardagina,asosan, Samarqand va Buxoroda
dutor dastasinng olma yoki yong‘oq daraxtidan yasalganini uchratish
53
mumkin.Andijonlik bastakor Mirzajon Tilla o‘g‘li bergan ma’lumotlarga
qaraganda, dutor kosaxonasining tol daraxtidan yasalish hollari ham
mavjud ekan. Ammo cholg‘uning sozi ancha kuchli bo‘lsa-da, odatda,
tembri ko‘ngildagidek nafis va jozibador bo‘lmas ekan.Dutor
yasovchi
ustalar boshqa xom ashyolardan ham foydalanishgan. Masalan, dutorning
asosiy qismlarini tutdan, “quloq” ,“dasta”,”xarrak” va “shayton xarrak”
kabi kichik bo‘laklarini esa o‘rik daraxtidan yasashgan. Cholg‘uning
asosiy qismlaridan bo‘lmish qovurg‘ani esa yarim doira shaklida bukish
murakkab bo‘lganligi uchun ustalar o‘zlari yasagan maxsus qoliplardan,
ayrimlari esa qovurg‘alarni bukish uchun moslab qo‘lda yasalgan elektor
stanogidan foydalanishadi. Stanoklar yordamida bir necha qovurg‘a egilib
tayyorlangach,
ularni
o‘zaro
bir-biriga
mahkamlab,
dutorning
“kosaxona”si yasaladi.
“Kosaxona “ asbobning eng muhim, asosiy qismlaridan hisoblanadi.
Mashhur cholg‘u ustasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi,
usta Usmon Zufarovning Toshkentcha uslubda yasalgan dutorlari, asosan,
o‘n qovurg‘ali bo‘lib, qalinligi salkam 3mm, eni salkam 4,5sm,
kosaxonalarining umumiy eni 20smga yaqin, uzunligi esa 40dan 45sm
oralig‘ida bo‘lgan. Dutorning yana bir tarkibiy qismi dastadir. U asosan
tut, o‘rik, olxo‘ri yoki yong‘oq daraxtlaridan yasaladi. Dutor yasovchi
ustalar cholg‘u dastasi uchun tut yog‘ochida tashqari o‘rik yog‘ochini ham
maqbul
xomashyo deb hisoblaydilar, chunki u O‘zbekiston iqlimida
o‘sadigan pishiq, qattiq va ancha-muncha namlikni pisand qilmaydigan
xomashyo hisoblanadi. Farg‘ona-Toshkent (ya’ni eng ko‘p tarqalgan)
dutorlarning uzunligi dastasi bilan birgalikda 106-110sm oralig‘ida bo‘ladi.
Cholg‘uning menzurasi 100smni tashkil etadi. Xorazm dutorlarining
umumiy uzunligi dastasi bilan birgalikda qariyb 90sm, menzurasi esa
80sm. Dasta yo‘g‘onligi dutorni buyurgan dutorchining istagi va
imkoniyatiga mos yo‘g‘onlikda bo‘ladi va asbobning sirtqi ko‘rinishi ham
hisobga olinadi. Ijroga tayyor bo‘lgan cholg‘u bilan qilinadigan dastlabki
“muomala” cholg‘uni “sozlash”dan boshlanadi.Dutor altning 1-tori 1-
oktava “lya’’ 2-tori 1-oktava “mi” notasiga soslanadi.
Dutor alt mungli,
mayin va o‘zining yoqimli tovushi bilan ajralib turadi.Tovush jihatdan
ancha past, texnik imkoniyati ham kichkina, lekin oxirgi yillar davomida
tajribali mohir ijrochilar bu asbob imkoniyatlarining barcha qirralarini
ochib berishdi. Dutor prima asbobida rus, chet el akademik musiqa
asarlarining virtuoz qismlarini yorqin ijro etishmoqda. Orkestrda dutor alt,
dutor primaning, albatta, o‘z o‘rni bor. Dutor altda o‘ziga
xos har xil
shtrixlarda (terma zarb, chertma zarb, teskari zarb, bilak zarb, pitsikato)
kuy chalinadi. Dutor chalish usullari boyligi, tuli-tumanligi tufayli
orkestrda uning o‘rni muhimdir. Dutor yakkasoz ijro etayotgan cholg‘uga
jo‘rnavoz bo‘lib, o‘zining yoqimli va mayin tovushi bilan moslashadi.