• FOLKLORSHUNOSLIK SAN‘ATINING TARIXI, XALQ OG‘ZAKI IJODI VA ADABIYOTDAGI O‘RNI Ahrorov Asrorbek Aminjon o‘g‘li
  • Annotatsiya
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston 
    Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan 
    “Konstitutsiya- erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy 
    ettirishning mustahkam poydevoridir” mavzusidagi ma’ruzasi // www.constitution.uz
    2. S.Tursunov. Teatr tarixi. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Bilim”,2005. 3-b.
    3. Amanbayev B. Xorazm viloyat musiqali drama teatri tarixi va buguni haqida. 
    Monografiya. 2023. 8-b. 
    4. O‘zbekiston teatrlarida//Ogahiy nomli Xorazm viloyati musiqali drama va 
    komediya teatri. Xorazm:”Matbuot”. 1982. 8-bet. 
    9
    O’zbekiston teatrlarida//Ogahiy nomli Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri. 
    Xorazm:”Matbuot”. 1982. 8-bet. 


    48 
     
    2-sho‘ba 
    Xalqimizning boy madaniy-
    tarixiy merosi hamda milliy 
    va umuminsoniy qadriyatlar 
    uyg‘unligi muammolari va 
    yechimlari 
     


    49 
    FOLKLORSHUNOSLIK SAN‘ATINING TARIXI, XALQ 
    OG‘ZAKI IJODI VA ADABIYOTDAGI O‘RNI 
    Ahrorov Asrorbek Aminjon o‘g‘li 
    Buxoro viloyat Barkamol Avlod Bolalar maktabi "Folklor, 
    O‘zbek va Jahon xalq cholg‘u ijrochiligi" to‘garak rahbari 
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada Folklorshunoslik san‘atining tarixi, uning adabiyotdagi 
    tutgan o‘rni shu bilan birga Xalq og‘zaki ijodi ham yoritilga. 
    Kalit s
    o‘
    zlar:
    Folklorshunoslik san'ati, Xalq og‘zaki ijodi, maqollar, topishmoqlar, 
    an‘anaviylik va matallar. 
    Badiiy so‘z san‘ati ya‘ni so‘z dunyodagi barcha narsalarning asosi 
    hisoblanadi. Tangri o‘zing qudrati va go‘zalligiga ko‘zgu bo‘ladigan 
    yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kunlarning birida :"Yaral!" degan so‘zni 
    aytadi. Yaratganning amri ifodasi bo‘lmish ana shu birgina so‘zning kuch-
    qudrati bilan o‘n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga 
    keladi. So‘z olam va undagi narsalardan oldin paydo bo‘lganligini yana bir 
    bor amini bo‘lamiz. So‘z san‘atining kurtaklari ibtidoiy jamoa tuzumi 
    davrlaridayoq vujudga kelgan ya‘ni so‘z san‘ati rivojlanib o‘sa borgan. 
    Mehnat jarayonlarining borishi kishilar tajribasi va ongining taraqqiyoti, 
    og‘zaki adabiyotning rivojlanishi uchun zamin yaratgan. Insonlar asta-
    sekin turmush tajribalarini, tabiat va jamiyat haqidagi fikr, tushunchalarini 
    obrazli so‘z orqali tasvirlash, bayon etish ko‘nikmalarini yarata boshlaydi. 
    Folklorshunoslik san‘atining so‘z san‘atiga asoslangan janrlari: 
    doston, ertak, mif,afsonadan iborat. Doston, poema-liro-epik janr; shu 
    janrdagi badiiy asar hisoblanadi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi va o‘zbek 
    mumtoz adabiyotida keng tarqalgan.Dostonda muayyan voqea liro-epik 
    tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Dostonda hayot, voqealik keng 
    ko‘lamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, 
    personajlar esa juda ko‘p bo‘ladi. Syujeti sertarmoq, rang-barang 
    hisoblanadi. 
    Qahramonlik dostonlarida xalq, jamiyat taqdiri tasvirlansa, ishqiy-
    romantik dostonlarda oshiq va mashuqlarning sarguzashtlari bosh o‘rinda 
    turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-biografik dostonlarda biror tarixiy 
    shaxslar ramziylashtirilib, bo‘rttirilib tasvirlanadi. Umuman, dostonlarda 
    ideallashtirish, mubolag‘ali tasvir ustun bo‘ladi, ularda turli afsonalar, 
    asotirlar, hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar, ajabtovur otlar 
    ("Alpomishdagi Boychibor") sehr-jodu ko‘p ishtirok etadi. Xalq dostonlari 
    baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, do‘mbira va xalq 
    cholg‘u asboblari jo‘rligida ijro etiladi. Folklordagi dostonlar bilan yozma 
    adabiyotdagi dostonlar yozuvchining dunyoni o‘ziga xos tarzda idrok 


    50 
    etishi, baholashi va o‘z fikr-g‘oyalari, orzu-armonlarini ifodalash tarzi 
    usulida farqlanadi. 
    Ertak- xalq og‘zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri 
    hisoblanadi. To‘qima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va 
    maishiy xarakterdagi badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. 
    Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asarida etuk shaklida 
    uchraydi va biror voqeani og‘zaki tarzda hikoya qilish ma‘nosini bildiradi. 
    Ertaklarda uydirma muhim mezon bo‘lib, syujet voqealarining asosini 
    tashkil etadi, syujet chizig‘idagi dinamik harakatning koniklift yechimini 
    ta‘minlaydi. 
    Mif - yunonchadan mithos-afsona, rivoyat, asotir - qadimgi 
    odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tassavvurlari majmui bo‘lib, 
    koinotning yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga 
    kelishi, samoviy jismlarning paydo bo‘lishi, tabiiy hodisalarning sabablari 
    va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma‘budlar va ilohlar to‘g‘risidagi 
    e‘tiqodiy qarashlarni o‘z ichiga olagan. Miflarning asosiy qismi so‘z 
    san‘atining turli janrlariga singib ketgan o‘zbem xalq og‘zaki badiiy 
    ijodiyotidagi, ko‘plab epik syujet va an‘anaviy motivlarning, genetik 
    ildizlari bevosita mifik tasavvurlar qatlamiga borib taqaladi. Miflar 
    "Avesto", "Iliada", "Ramayana", "Shohnoma", "Kalevala", "Alpomish", 
    "Go‘ro‘g‘li" kabi adabiy yodgorliklarning yaratilishida ham salmoqli o‘ri 
    tutgan. 
    Afsona - bu xalq og‘zaki ijodining folklor janri hisoblanadi. U 
    xayolot, uydirma va to‘qimadan iborat bo‘lsada, so‘zlovchi va tinglovchi 
    tomonidan haqiqatdek tasavvur etiladi, hatto bo‘lib o‘tgan davri, makoni 
    ham ko‘rsatiladi. Afsonalar og‘izdan-og‘izga, eldan-elga o‘tib kelgan ifoda 
    usuli, bayon tarzida og‘zaki hikoyat bo‘lib, u xayoliu obraz yoki tasavvur 
    asosida qurilgan, hikoya qiluvchilar va tinglovchilar tomonidan 
    qachonlardir shunday bo‘lgandek qabul qilinadi. Rivoyatdan farqli o‘laroq, 
    afsona zamirida albatta mo‘jiza, sehr-jodu bo‘ladi. Afsonalarning hajmi 
    kichik, bayon qilinishi sodda, badiiy tasvir vositalaridan deyarli xoli 
    bo‘ladi, tuzilishiga ko‘ra ertak, naql, rivoyatlarga o‘xshab ketadi. 
    Folklor san‘ati har bitta xalqning ma‘naviy boyligi va o‘zining 
    an‘anaviy urf-odati hisoblanadi. Insonni kamol toptirishda, ma‘naviy 
    yuksaltirishda xalq og‘zaki ijodi haqida gap ketganda, eng avvalo bola 
    tug‘ilishidan boshlanadi. Onalarimiz, momolarimiz aytgan allalar misol 
    uchun: 
    Men seni alla qilay, alla, 
    Ko‘tarib sani katta qilay, alla. 
    Alla jonning rohati, alla, 
    Uyqu ko‘zning quvvati, alla. 
    Qora ko‘zim alla, 


    51 
    Shirin so‘zim alla. 
    hamda qo‘shiqlar bola tili, dunyo qarashi yuksalib, shakllanishida 
    alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir xalqning til boyligi birinchi navbatda, 
    folklor san‘atida namoyon bo‘ladi. Folklor san‘atida xalqning til boyligi 
    imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan bo‘ladi. Alloma 
    Hodi Zarif: "Folklor asarlarining ilmiy va badiiy qiymati ularning lug‘at 
    boyligi bilan belgilanadi"- degan edi. Mahmud Koshg‘ariy zamonidan to 
    bugunga qadar, xalq og‘zaki ijodi haqida nimaki aytilgan bo‘lsa, bularning 
    hammasi buyuk merosni o‘rganishda o‘zini hissasini qo‘shgan. 
    Folklor asarlar san‘at turlaridan o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra 
    ajralib turadi. Folklor san‘atiga xosva mos bu xususiyatlar, eng avvalo, 
    uning jamoaviy ijod ekanligidadir. Shunga ko‘ra, folklor san‘atiga xos 
    xususiyatlar sifatida jamoaviylik, og‘zakilik, an‘anaviylik ko‘rsatiladi. 
    Jamoaviylik - o‘zbek xalq og‘zaki ijodi xalq tomonidan yaratiladi. 
    Og‘zakilik - xalq ijodiyotining yashash va yaratilish tarzi hisoblanadi. 
    Folklor xalqning xotiraanbaidan, xotiraning avloddan-avlodga, og‘izdan-
    og‘izga ko‘chisidan paydo bo‘ladi. Zotan folklor og‘izdan-og‘izga o‘tib 
    yashasa, adabiyot yozuv vositasida yashaydi. 
    An‘anaviylik - folklorning o‘ziga xos yashash tarzini, uslubini, ifoda 
    etuvchi yetakchi belgilardan biri hisoblanadi. An‘anaviy xalq ijodida 
    ma‘lum bir asar matnining, ijro usullarining og‘izdan-og‘izga o‘tish 
    jarayoniga nisbatan barqarorligini anglatib qolmaydi, balki o‘sha asarning 
    avloddan-avlodga o‘tish jarayonida dastlabki ijroga xos xususiyatlarini 
    nisbatan o‘zgarmagan holda saqlab qolganini ham anglatadi. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish