O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

Adabiyotlar ro‘yxati: 
1.
Boymatov B., Tolipova N. Maktabda tasviriy san’at to‘garagi. O‘quv 
dastur. –Toshkent, 1995.
2.
Bulatov S.S., Jabborov R.R.
 
Tasviriy san’at asarlarining falsafiy va 
psixologik taxlili (Monografiya). – T.: Fan va texnologiya, 2010. – 80 b. 
3.
Abdirasilov.S “Tasviriy san’at va o‘qitish metodikasi” Toshkent - “Fan va 
texnologiya” – 2012 
 


44 
TALABA-YOSHLARNING ESTETIK MADANIYATINI 
OSHIRISHDA MUSIQALI TEATRNING AMALIY 
AHAMIYATI 
M.Davletov 
Buxoro davlat Pedagogika instituti I bosqich 
magistranti 
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi davrda yoshlar 
ma’naviyati, ularni tarixiy an’ana va qadriyatlar ruhida tarbiyalash, 
ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlaridan himoya qilish dolzarb 
masala sanaladi. Bu xususda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘z nutqlaridan 
birida shunday ta’kidlaydi: “Bugungi kunda mamlakatimizda olib 
borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, 
mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni 
o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita 
bog‘liq”
6
. Darhaqiqat, ushbu maqsadlarni ko‘zlagan holda davlatimizda 
“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston 
Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmon qabul 
qilindi. 
Yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid masalalar bugun siyosat darajasiga 
ko‘tarilgan bir pallada, ta’limda estetik tarbiya mavzusiga alohida urg‘u 
berish kerak. Buyuk ajdodlarimiz yozib qoldirgan benazir asarlardan ham 
ma’lumki, inson kamolotida estetik tarbiyaning o‘rni yuksakdir. San’at, 
adabiyot, ijodkorlik, yaratuvchanlik hissi komillikning muhim ustunlari 
hisoblanadi. Estetik tarbiya tizimida esa musiqa, xususan teatr san’ati 
yetakchi o‘rinda turadi. 
“Bugun Vatanimiz, yurtimiz XXI asrga qadam qo‘yib, o‘zining buyuk 
kelajagi sari intilayotgan, bu yo‘ldagi barcha harakatlarimiz iymon-e’tiqod 
tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilib borayotgan bir paytda, o‘z tarixiy ildizlarimiz, shu 
jumladan, san’atimiz, milliy teatrimiz tarixini chuqur anglash, undan saboq 
olish haqida gapirish har jihatdan o‘rinli bo‘ladi”.
7
Talaba-yoshlarning estetik madaniyatini rivojlantirishning samarali 
usullaridan biri – bu har bir oliy talim muassasalarida badiiy to‘garaklar 
6
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
qabul qilinganining 25 yilligiga bag’ishlangan “Konstitutsiya- erkin va farovon hayotimiz, 
mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” mavzusidagi ma’ruzasi // 
www.constitution.uz
7
S.Tursunov. Teatr tarixi. O’quv qo’llanma. –T.: “Bilim”,2005. 3-b.


45 
faoliyatini tashkil etish va uni izchil yo‘lga qo‘yishdir. Bu kabi 
to‘garaklarda o‘quvchi-yoshlar amaliy-badiiy san’atning turli ko‘rinishlari 
bilan shug‘ullanibgina qolmay, balki ushbu san’at tarixi, bugungi kun 
madaniyati rivojidagi o‘rni va ahamiyatini atroflicha tahlil qiladilar. 
Xususan, teatr, aktyorlik mahorati, musiqa kabi yo‘nalishlarni olsak, 
talabalar ushbu san’at sohasining buguni va tarixi, an’ana va zamonaviy 
jihatlarini yetarlicha o‘rganadilar.
Shu jumladan, ishq-muhabbat, halollik, do‘stlik odamiylik kabi 
yuksak tuyg‘ularni o‘z sahna asarlarida tarannum etib kelayotgan, 
odamlarning qalbiga beqiyos ta’sir o‘tkazib, ularni mudom ezgulik va 
oliyjanoblikka chorlab kelayotgan Xorazm musiqali-drama teatri bugun 
ma’naviy hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. “Sahna 
madaniyati” kabi fan to‘garaklari, darslarda talaba-yoshlarga ushbu 
teatrning tarixi, unda faoliyat yuritgan soha xodimlarining sharafli mehnat 
yo‘li va teatrning bugungi kundagi faoliyati, davlatimiz tomonidan 
teatimizga qaratilayotgan e’tibor haqida muhim ma’lumotlar taqdim 
etilishi joiz.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ziyolilar harakati bilan 1922- yil 
Xiva shahrida 12 kishidan iborat Xorazm “Hukumat teatri” tuziladi. “Xalq 
uyi” nomini olgan yangi bino “Hukumat teatri”ga beriladi. Yetuk 
san’atkorlar Masharif Polvonov boshliq “Hukumat teatri” о‘z ishini kichik 
sahna asarlaridan boshlab, tez orada tо‘laqonli dramatik sahna asarlarini 
sahnalashtirish orqali xalq orasida hurmat qozona boshlaydi.
1933-yil teatrning asosiy jamoasi Xorazmning yangi poytaxti 
Urganchga keladi va musiqali drama tearti nomini oladi. Ijodiy jamoaga 
Salim Xo‘jayev, Salohiddin Kamolov, Karim Rahimov, Vahobjon Fayozov, 
Solih Devonov, Ohunjon qiziq Huzurjonov, O‘rozgul G‘oyipova, Rajabbibi 
Boyjonova, Rahmon Olloberganov, Mahmud Safoyev, Onabibi Polvonova 
va rassom V.F.Kaminskiylar kelib qo‘shildi. 
Teatr jamoasi o‘z tomoshabinlariga hozirjavob asarlar yaratish 
maqsadida sahnaga olib chiqilgan K.Yashinning “Nomus va muhabbat”, 
o‘zbek xotin-qizlarining ozodlik kurashini tarannum etuvchi “Gulsara” 
(K.Yashin, M.Muhammedov asari, T.Jalilov musiqasi), uzoq o‘tmishga 
qaytish bilan yangi avlodni o‘z xalqiga sodiq qilib tarbiyalashda “Tor-mor” 
(K.Yashin), “Uyg‘onish” (N.Safarov) asarlari katta hissa qo‘shdi.
Xurshidning A.Navoiy poemasi asosida yaratilgan “Layli va Majnun”, 
“Farhod va Shirin” musiqali dramalari tomoshabinlar tomonidan zo‘r 
qiziqish bilan kutib olindi. Xorazm xalqi madaniy hayotidagi unutilmas 


46 
sahnalardan biri teatr sahnasida H.H.Niyoziyning “Boy ila xizmatchi”, 
“Maysaraning ishi” va “Xolisxon” pyesalarining qo‘yilishi bo‘ldi. Teatr 
jamoasi o‘z spektakllarini nafaqat Urganch shahrida emas, balki uzoq tog‘li 
qishloqlarda ham ko‘rsatib keldi.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida Xorazm teatri bir qancha konsert 
dasturlari va o‘zbek xalqining mardligini tarannum etuvchi o‘nlab 
spektakllar yaratdi. Ular orasida “Qurbon Umarov” (S.Abdullo, L.Chustiy; 
T.Jalilov musiqasi), “Davron ota” (K.Yashin, S.Abdullo; T.Jalilov musiqasi), 
“O‘lim bosqinchilarga” “Oftobxon” (K.Yashin) va o‘z yurtdoshlarining 
qahramonli haqidagi V.Fayozovning “Qasam” spektakllari shuhrat 
qozongan edi. 
Urushdan keyin teatr repertuari yanada yangi asarlar bilan boyitilib, 
elga manzur sahna asarlari yaratildi. Teatrga K.Otaniyozov, H.Boltayev, 
S.Devonov, 
R.Xudayorov, 
N.Boltayev, 
B.Rahimova, 
Z.G‘affarova, 
L.Abdullayeva, S.Rahimova, M.Rahimov, A.Otajonov, R.Otajonova, 
R.Ollaberganovdek qator talantli, zabardast gо‘yandalar, aktyorlar, 
musavvir-u sozandalar, raqqosalarning kelib qо‘shilishi teatrning 
dovrug‘ini yanada yuksaklarga kо‘tardi. 
1949-yili Toshkent va Farg‘ona vodiysi bо‘ylab qilingan ijodiy safar 
Xorazm teatri uchun juda samarali va muvaffaqiyatli bо‘lgan. Guruhning 
tayyorgarlik ishlari viloyat rahbari Madrahim Rahmonov tomonidan 
nazorat qilinib, moliyaviy-tashkiliy ishlarga shaxsan o‘zi bosh-qosh 
bo‘lgan. Guruhning konsert dasturi Xorazm xalq kuylari, suvora 
turkumidagi qо‘shiqlar, maqomlarning ashula va cholg‘u qismlaridan 
namunalar, aytishuvlar, dostonlardan parchalar, raqs kuylari va xalq 
о‘yinlaridan tashkil topgan edi.
8
O‘z zamonasining muhim masalalarini hal etuvchi milliy 
dramaturgiyaning durdonalari bilan teatr repertuari yanada boyidi. 
Uyg‘unning “Hayot qo‘shig‘i”, “Navbahor”, “Oltinko‘l”, A.Qahhorning 
“Yangi yer”, “Og‘riq tishlar”, B.Rahmonovning “Yurak sirlari”, 
“Surmaxon”, O.Yoqubovning “Chin muhabbat”, R.Bobojonovning “Tog‘a 
va jiyanlar” kabi asarlari shular jumlasidandir. Tarixiy mavzudagi asarlar 
ham ko‘plab sahnalashtirildi. N.Safarovning “Sharq tonggi”, Oybekning 
“Qutlug‘ qon”, Uyg‘un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy”, 
S.Abdullaning “Muqimiy”, K.Yashin va A.Umariyning “Hamza” kabi 
asarlariteatr repertuaridan munosib o‘rin oldi. Shuningdek, repertuardan 
8
Amanbayev B. Xorazm viloyat musiqali drama teatri tarixi va buguni haqida. Monografiya. 2023. 8-b.


47 
mifologik-afsonaviy mavzudagi pyesalar ham joy oldi. Xurshidning 
mashhur “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, keyinchalik 
S.Abdulloning “Tohir va Zuhra”, “Alpomish, H.Olimjonning “Semurg‘”, 
Y.Yusupovning “Oshiq G‘arib va Shohsanam” musiqali dramasi kabi 
asarlar shular jumlasidandir.
9
Keyingi yillarda Xorazm musiqali drama teatri jamoasi original sahna 
asarlari bilan o‘z repertuarini boyitib kelmoqda. Ijodiy jamoa 
tomoshabinlarni estetik va axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularni Yangi 
O‘zbekiston davlatini barpo etishda munosib hissasini qo‘shuvchilar qilib 
yetishtirish uchun astoydil mehnat qilmoqda. 
Shu jihatdan olib qaraganda, kelajak bunyodkori bo‘lgan talaba-
yoshlar o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita teatr tarixi vabugungi faoliyati, 
musiqa umuman san’at bilan chambaras bog‘lash asosiy maqsadimizdir.
Bu orqali:
-
talaba-yoshlarning estetik madaniyatini rivojlantirish; 
-
talabalarda Sharq milliy san’ati asarlariga bo‘lgan qiziqishni 
orttirish; 
-
talabalar bilan sahna madaniyati, xususan sahna nutqi, 
aktyorlik mahorati va musiqiy bilimlarni oshiruvchi amaliy darslar olib 
borish; 
-
Xorazm musiqali-drama teatri faoliyati bilan yaqindan 
tanishtirish asosiy vazifalar qilib belgilanadi. Bu bilan talabalarda 
ommaviy madaniyatga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmasi shakllanadi. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish