• SHASHMAQOM VA KULLIYOT BOG‘LANISHIDAGI USULLARNING SEMANTIK TALQIN S.B.Saidiy NavDPIprofessori, s.f.n. Annotatsiya
  • Kalitli s o‘ zlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. Sh.Mirziyoyev. «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib 
    tarbiyalash, ularga tar’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga 
    ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori. 2018 yil, 14 avgust. 
    2. Umumiy o‘rta ta’limning DTS va o‘quv dasturi. Musiqa T.: Ta’lim tarakkiyoti, 
    axborotnoma, 6, 7-maxsus sonlar yil. 
    3. Estetik tarbiya asoslari. O‘quv qo‘llanma. N. Kushaev tahriri ostida. T.: 
    O‘qituvchi, 1988 yil. 
    SHASHMAQOM VA KULLIYOT BOG‘LANISHIDAGI 
    USULLARNING SEMANTIK TALQIN 
    S.B.Saidiy 
    NavDPIprofessori, s.f.n.
    Annotatsiya: 
    Maqolada Shashmaqom usullari semantik talqinlanishi va ularning 
    qo‘llanish ta’rifi haqida misollar ba’zi keltirilgan 
    Kalitli s
    o‘
    zlar:
    shashmaqom, Zarb-ul qadim, Bulujiy, “qadim” atamasi “sara”, 
    “mumtoz”, niqra, zarb, bo‘g‘in, bahr. 
    Darvesh Ali Changiy yirik mutaffakir aloma va o‘z davrining piri- 
    ustozi sifatida jahonga mashhur nom qoldirgan. Uning ilmiy-musiqiy
    qarashlaridagi kitobatlarida boshqa bir qiziqarli jihati, mumtoz 
    usullarning jonzotlar harakati bilan bog‘liq ekanligi haqidagi naqllar misol 
    keltirilishidadir. Jumladan, «Zarb-ul qadim»deb nomlanadigan ibtidoiy 
    usul yurak tomirlarining urishidan olinganligi to‘g‘risidagi mulohaza 
    san’atshunos olim S.Saidiy tomonidan keng misollarda yoritilgan. Duyak 
    usuli xo‘roz ovozidan, Foxitiy-yovvoyi kabutar, Saqiyl-to‘ti, Ramal 
    jul(tovus) qushi navosidan, Gaxvogiy-go‘dak sadosidan, Bulujiy-misgarlar 
    damining tovushidan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi chiroyli gaplar ham 
    muxlis va shinavandalar orasida maroq bilan hangoma qilingan. 
    Darvesh Ali risolasida barqaror odat tusini olgan maqom atamalari 
    bilan bir qatorda, amaliyotga tadbiq qilinmaganlari ham mavjudligi e’tirof 
    etiladi. Faqat Husayniyni-Zerkash, Kuchakni-Zerafkand, Iroqni-Qavro, 
    Zangulani-Nahovand, Rostni-Ummul advor, Hijozni-Nigoriy, Busalikni-
    Chakoviy, Navoni-Nag‘mai Dovudiy, Ushshoqni-Tarona, Buzrukni-Avj 
    deyilganligi tilga olinadi. Ushbu nuqtai nazardan iyqo‘ masalalariga 
    bag‘ishlangan 4-bobni “Mutaorif 17 usul bahri va 24 g‘ayri mutaorif usul 
    ma’rifati haqida” - deb nomlanishining o‘zi alohida diqqatga savozor. 
    Mazkur bob- “Bilginki, 12 usul qadimiydir” - deb boshlanadi. Bundagi 
    “qadim” atamasi “sara”, “mumtoz” ma’nosini anglatadi. Ya’ni, tajribada 


    68 
    pishib yetilgan, ajdodlar tomonidan e’zozlangan mo‘tabar usullar 
    demakdir. 
    Qancha rivoyat va afsonalar pesh qilinmasin, urf etilgan usullar 
    aslida ilmi musiqiyni o‘ziga yaqin tutgan ulamolar ijodiga mansubligi 
    jiddiy qayd etiladi. Xususan, Mirzo Ulug‘bek usul ilmiga baland havas 
    qo‘yganligi, Sulton Husayn Boyqaro yaratgan 17 usul hamda Vazir Alisher 
    Navoiy ijodiga mansub 7 usul elda ma’lumu mashhur bo‘lgan, deganligi 
    ham diqqatga sazovordir. Ammo mumtoz musiqa negizidagi usullar advor 
    ta’limotining peshvolari tomonidan ushbu fanning ilmiy-nazariy 
    tamoyillari asosida ishlanganligi va bu sohada Xoja Abdulqodir “saromadi 
    advor” martabasini egallaganligi alohida ta’kidlanadi. Sarlavhada 
    ko‘rsatilgan 17 mutaorif usul aynan shu Xoja Abdulqodir merosi va qolgan 
    24 g‘ayri mutaorif usullar boshqa ustozlar tomonidan yaratilganligini 
    Darvesh Ali ko‘rsatib o‘tadi. 
    Nihoyat, Darvesh Alining musiqiy risolasi ilmi, nazariy yo‘nalishi 
    Kavkabiynikidan farqli ravishda musiqiy ilmlarga qaratilganligining yana 
    bir isboti shundaki, mazkur bobda oldin amaliy bilimlar sarhisob etilib, 
    mumtoz 17 usul mundarijasi keltirilgandan so‘ng, nazariy tushuncha 
    (niqra, zarb, bo‘g‘in, bahr)lar qo‘shimcha o‘rnida beriladi. Bu bo‘lak foyda 
    (ya’ni “qo‘shimcha”) deb nomlanadigan alohida sarlavha bilan ajratiladi. 
    Musiqaning shakl tuzilishi (tasnifot) yuqorida zikr etilgan tartibdan 
    kelib chiqadi. Ya’ni, oldin ilmi musiqiyda urf etilgan navlarning ta’rifu-
    tavsiflari beriladi. Keyin ularning tarixi va nazariy asoslariga doir 
    masalalarga to‘xtalib o‘tiladi. Darvesh Ali bayonidagi tasnifotlarning 
    barchasi Marog‘iy va Kavkabiy asarlarida mavjud navlardan iborat bo‘lsa-
    da, lekin ularning orasida navba va navbati murattab atamalari negadir 
    uchramaydi. 
    Tasnifot masalalarida Darvesh Ali o‘zidan oldin o‘tgan Marog‘iy va 
    Kavkabiylarga payravlik qilsa-da, ayrim holatlarda juda muhim nuqtalarni 
    uqtirib o‘tgan. Ana shunday e’tiborli mavzulardan biri peshrav shakli va 
    uning xonalarining ichki tuzilishiga oid fikrlarga doirdir. Marog‘iy va 
    Kavkabiy peshravni amal navining cholg‘u shakli sifatidagi ko‘rinishi deb 
    ta’riflaydi. Darvesh Ali ham peshravni xuddi shunday tushuntiradi. Lekin 
    ichki 
    tuzilishiga 
    kelganda, 
    Marog‘iy 
    va 
    Kavkabiy 
    ta’riflarida 
    uchramaydigan narsalarni tilga oladiki, ular eski tasnifot ta’limoti hamda 
    bugungi maqom amaliyotidagi kuy va ashulalarning tuzilish nizomlarini 
    tushunish uchun nihoyatda muhim. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish