71
2.Umumiy ta’lim maktablarining 7-sinf
musiqasi darsi uchun
metodik tavsifnoma (mualliflar: O.Ibroximov, X.Nurmatov). T.1994 yil.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA QO‘SHIQ
IJRO ETISHDA BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH
UCHUN TOVUSH JIHATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
SH.M.Majitov
Nav DPI musiqa ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga qo‘shiqijro etishda
bolalar nutqini rivojlantirish uchun tavsiyalar berilgan.
Kalit s
o‘
zlar:
diksiya,mantiqiy urg‘usi,tembr, aloqa funksiyasi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari maktabgacha
davrdagi kichik yosh (3-4 yosh) dan, ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan
davr nutqiy rivojlanishdagi ahamiyatiga ko‘ra o‘ziga xosdir:ushbu davrda
bola tilga, uning tovush va mazmun
jihatlariga yuqori darajada
beriluvchan bo‘ladi. Tilni boyitish muomalada va o‘z faoliyatida vujudga
keladigan yangi vazifalar bilan rag‘batlantiriladi va o‘z navbatida ularni
yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.
Ushbu yoshda nutqning asosiy vazifasi – aloqa funksiyasi,
ijtimoiy
aloqalar va atrofdagilarga ta’siridan iborat.O‘yin faoliyatini rivojlantirish,
predmetli-manipulyativ va individual syujetli aks ettirish o‘yinlaridan
birgalikda rolli, syujetli rolli o‘yinga o‘tish munosabati bilan muloqotga
yangi ehtiyoj paydo bo‘ladi, bu esa nutqiy faoliyatga qo‘shilishning yangi
usullariga fikr bildirishga bola faoliyatiga oid vaziyat tuzilmasiga olib
keladi. Fikr bildirishning yangi vazifaviy turlari:o‘z o‘yin
faoliyatini
sharhlovchi, sherik xulqini tartibga soluvchi, yaqin harakatlarni
rejalashtiruvchi va rollarni taqsimlovchi turlari paydo bo‘ladi.
Tushunarli so‘zlaydigan, iboralarni to‘g‘ri qo‘llaydigan,talaffuzi
(diksiyasi) va aniq bo‘lgan pedagog yordamida bolalar ona tilidagi
tovushlarni
muvaffaqiyatli
ravishda
o‘zlashtiradilar.Aksariyat
pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo‘ladi, ular
tovushlarni va og‘izlarni yetarli darajada
ochmasdan talaffuz qiladilar,
ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.
Pedagog talaffuzning adabiy meyyorlariga rioya qilishi, o‘z nutqida
turli
shevalar, mahalliy so‘zlashuvlar ta’sirini bartaraf etishi, so‘zlarda
urg‘uni to‘g‘ri qo‘yishi lozim. Nutqda hissiyotlar, fikrlarning eng nozik
qirralarini ham ifodalash mumkin.Bunga nafaqat tegishli so‘zlar
yordamida, balki ifodalilikning
intonatsion vositalari, ovoz kuchi, surati,
mantiqiy urg‘usi, pauza, ritm, tembr, ohangdan to‘g‘ri foydalanish tufayli
erishiladi.Ushbu vositalardan foydalangan holda tarbiyachi tomonidan
72
berilgan she’rlar, hikoyalar bolalarga ularning mazmunini yaxshi
tushunish, ona tilining qudrati va go‘zalligini his qilish imkonini beradi.
Bir xil ohangdagi nutq kichik tinglovchilarni toliqtirib qo‘yadi, matn
mazmuniga bo‘lgan qiziqishni pasaytiradi. Bolalar bunday nutqni tinglash
davomida
tez toliqib qoladilar, boshqa tomonlarga qaraydilar,chalg‘iy
boshlaydilar, keyinroq esa umuman tinglamay qo‘yadilar.
Tarbiyachining nutqi emotsional to‘liq, intonatsiyalarga boy, yetarli
darajada baland va tezligi bir maromda bo‘lishi lozim.
Bolalar bilan
muloqotda xuddi tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etib bo‘lmaganidek,
nutqning shoshqaloqligiga ham yo‘l quyilmaydi. Agarda nutq biroz ohista
sur’atda davom etsa, u yaxshi qabul qilinadi. Bunday sur’at nutqning
aniqligini oshiradi va aksincha, tezlashtirilgan
nutq qabul qilishni
qiyinlashtiradi.