Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Madrimov B., Rajabov T.Tarbiyaning jonbaxsh vositasi. Buxoro, “Durdon
nashriyot,”
2.
Atoyev O.Ko‘hna va Navqi Atoyev O.Ko‘hna va Navqi ron Buxoro
taronalari.T.;2011.237b
3.
Nurullayev F.G. Formation of aesthetic education of children on the example
of bukhara folklore songs. Euro-Asia Conferences 1 (1), 34-36.
4.
Nurullayev F.G.
Узлуксиз таълим тизимида Бухоро
фольклор
қўшиқларини ўргатишнинг ўрни ва аҳамияти// O‘zbekiston Milliy Universiteti
xabarlari, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2021-yil 6-son.- Toshkent. B.177-186.
5.
Hamidov H. O‘zbek an’anaviy qo‘shiqchilik madaniyati tarixi. -T.: O‘qituvchi,
1996. -174 b.
6.
.Safarov., Atoyev O., F.To‘rayev. “Buxorcha” va “Mavrigi” taronalari. -T.: Fan.
2005.-360 b.
7.
Safarov O. Folklor bebaho xazina. - T.: “Muharrir” nashriyoti. 2010. – 176 b.
64
BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA MILLIY MUSIQIY
MEROSDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Qudratov I.
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti
Hamroqulov N.
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi
Annotasiya:
Milliy xalq musiqasi o‘z mazmunida xalq hayoti, turmush tarzi, urf-odat
va an’analarini ifoda etish bilan qudratli tarbiya vositasi hisoblanadi. Maqolada xalq musiqa
merosi namunalaridan yosh avlod ta’lim - tarbiyasida foydalanish imkoniyatlari va bu boradagi
ayrim muammolar xususida fikr yuritiladi.
Tayanch iboralar:
Yosh avlod, tarbiya, xalq musiqasi, moddiy meros, mumtoz va
maqom, folklor, estetika, axloq
.
Respublikamizda ta’lim tizimi va mazmunini yangicha, milliy asosda
shakllantirish ilg‘or mamlakatlarda qo‘llanilayotgan yangi texnologik
jarayonlarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda, xalqimizning tarixiy an’analari,
ma’naviy va madaniy merosidan oqilona foydalanish ko‘lami va sifati
hamda samaradorligiga ko‘p jixatdan bogliqdir.
O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyoti va istiqbolini ta’minlash,
ijtimoiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi jadal o‘zgarishlarni
yanada yuqori sur’atlarda amalga oshirish zaruratini vujudga keltirdi.
Bunday ijtimoiy zarurat asosida yosh avlod tarbiyasiga mas’ul talim
muassasalari
zimmasiga
qo‘yilayotgan
vazifalar
Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev tomonidan qabul qilinayotgan qaror, farmon va amaliy
ishlar mazmunida o‘z aksini topmoqda.
Mazkur yangilanishlar, avvalo milliy-madaniy merosimizni keng
targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizni yoshlar ma’naviyatiga chuqur
singdirish bilan ta’lim sohasiga innovatsion texnologiyalar va taraqqiy
etgan mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini keng tadbik etish, yoshlarnin
kamoloti yulida barcha imkoniyatlardan samarali foydalanish kabilarda
namoyon bo‘lmoqda.
Haqiqatdan ham uzoq yillar davomida bizda ta’lim-tarbiya ishlari
jahon sivilizasiyasining ilgor yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy
ildizlaridan uzib qo‘yilgan edi. Mustaqilligimiz sharofati bilan barcha
jabxalarda bo‘lgani kabi musiqa ta’limi va tarbiyasini milliy negizda
shakllantirish va rivojlantirishga davlat siyosatining ustuvor yunalishi
sifatida qaraldi, uni xalqimizning milliy madaniyati, an’analari negizida
barpo etishning keng imkoniyatlari yaratildi.
Xalq musiqa merosi o‘z mazmunida xalqimizning muayyan tarixiy
bosqichlari, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy turmush tarzi, hayotiy qarashlari,
65
orzu -umidlari, urf-odatlari, umuminsoniy goyalarni mujassamlashtiradi.
Shu bois ulardan yosh avlodni milliy g‘oya va mafkura ruhida, qolaversa
barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda foydalanish hech qachon o‘z
dolzarbligini
yo‘qotmaydigan
vazifalar
sirasiga kiradi.
Bu esa
Respublikamizda amaldagi ta’limning barcha bo‘g‘inlarida, xususan,
ta’limning eng muhim shakllantiruvchi bosqichi bo‘lgan umumta’lim
maktablarida o‘quvchi-yoshlarni milliy musiqa merosimizning eng noyob
namunalari bo‘lmish xalq qushiqlari, ashulalari, kuylari, mumtoz va
maqom asarlari bilan chuqur tanishtirib borishni taqozo etadi.
Mustaqil rivojlanish yillarida musiqa ta’limi sohasida, uni milliy
asoslarda shakllantirish borasida o‘lkan o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar bu
ishlarni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish zaruriyatini
yuzaga keltirmoqda. Bu o‘rinda quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishni joiz deb
xisoblaymiz:
1. Umumta’lim maktablarining «Musiqa madaniyati» fani bo‘yicha
o‘quv dasturlari va darsliklariga kiritilgan kuylash va tinglash uchun
tavsiya etilgan asarlar repertuarini qayta ko‘rib chiqish, o‘zbek halq
qo‘shiqlari, mumtoz va maqom musiqasi haqida bilim va malakalar hosil
qilishga muljallangan o‘quv materiallarni muayyan sinf, chorak mavzulari
doirasida cheklanib qolmasligiga e’tibor qaratish lozim.
2. Yuksak va murakkab ijod namunalari bo‘lgan mumtoz qo‘shiqlar
vositasida olib boriladigan ta’limiy - tarbiyaviy ishlarni sinfdan tashqri
shakllarini uzviylik va tizimlilik tamoyillari asosida yo
ʻ
lga qo
ʻ
yish.
3. Xalq musiqa merosi (folklor, mumtoz va maqom) haqidagi o‘quv
materiallari va ular uchun ajratilgan o‘kuv soatlari hajmini ko‘paytirish,
mazmunan yanada boyitish zarur.
Shuni e’tirof etish joizki, o‘zbek xalq musiqa merosi o‘lkan ma’naviy
xazina bo‘lib, uning tartkibidagi og‘zaki an’anadagi folklor kuy-qo‘shiqlari,
mumtoz va maqom ashulalari negizida xalq og‘zaki ijodi yoki mumtoz
she’riyat namunalariga xos adabiy matn yotadi. Bu bebaho xazinaning
yana bir qimmatli jihati zamonaviy kompozitorlarning ko‘pchiligining
ulardan
ilhomlanib
umrboqiy
yangi-yangi
asarlar
yaratib
kelishayotganligida ko‘rinadi.
Mumtoz adabiyot namoyandalari yaratgan she’riy asarlar xalqimiz
tomonidan asrlar davomida yuksak ijod namunalari sifatida e
ʼ
zozlanib
kelinadi. Ularning badiiy asar sifatida yuksak mahorat va iste’dod mevasi
ekanligi,ular mazmunida ifodalangan g‘oyalar, ishq ta
ʼ
rifida bayon etilgan
lirik kechinmalar, nozik his-tuyg‘ular, g
ʻ
oyat nafis tasvirlar, o‘xshatishlar,
ranglar tavsifi har qanday kishi qalbida o‘ziga xos ajib hissiyotlar
uyg
ʻ
otadi. Bunday asarlarni har gal o‘qiganda bir - birini
takrorlamaydigan tuyg‘ularni tuyasan kishi. Shoirning betimsol hayoloti,
66
o‘z hayolotida siymosini chizgan mashuqasining olijanob fazilatlari-yu,
kishi erkini zabt etuvchi tashqi ko
ʻ
rinishi, harakatlari beixtiyor o‘quvchi
qalbini o
ʻ
ziga rom etadi. Bunday she’riy matnga bastalangan kuy,
musiqaning sehrli ta’siri bilan uyg
ʻ
unlashib, inson hissiyotiga kuchli
emotsional ta
ʼ
sir etishi bilan estetik tarbiya vositasiga aylanadi. Shuning
uchun ham xalq musiqa merosidagi folklor, mumtoz va maqom musiqa
namunalaridan, ularning ma’naviy- estetik tarbiyaviy imkoniyatlaridan
pedagogik maqsadlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir yaxshi samara
beradi.
Inson o‘z tabiatiga ko‘ra doimo guzallikka intilib yashaydi.
Guzallikka intilish mayli bilan yashaydigan insonni yoshligidan go‘zallik
qonunlari bo‘yicha tarbiyalash, ularda go‘zallikni his etish, baholash, unga
o‘z munosabatini bildira olishga o‘rgatish, go‘zallik yaratishga bo‘lgan
iste’dodini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish, estetik tarbiyaning
bosh maqsadi va vazifasini belgilaydi. Milliy nafosat va milliy axloq, milliy
etika o‘zbek xalqining. respublikamiz ma’naviy-ma’rifiy hayotining
ravnaqida naqadar muhim va salmoqli ahamiyatga ega bo‘lsa, estetik va
axloqiy tarbiya ham yoshlarning manaviy barkamol, aqlan yetuk, milliy
qadriyatlarni teran his etuvchi shaxs sifatida kamol topishida bebaho
vositadir. Shuning uchun ham ma’naviy estetik an’analardan, milliy
qadriyatlar, milliy musiqiy merosdan unumli va o‘rinli foydalanish
bugungi kunda ta’lim-tarbiya oldiga qo‘yilayotgan ijtimoiy buyurtmani
muvaffaqiyatli bajarishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda turli texnik
vositalar (internet tarmoqlari, telefon) orqali behayolikni, sharmsizlikni,
quruk ohang bilan yo‘g‘rilgan «raqslar, shovqinli, baqirok, yig‘loki
nolalarni «ommaviy madaniyat» niqobi ostida yoshlar hayotiga kirib
kelayotganligi,
zamonaviy
estrada
san’atidagi
qo‘shikchilikni
«internasionallashuvi» (boshka xalqlar musiqasiga taqlid, o‘zbekchaga
o‘girish, ohangidan foydalanish, shularga mos hatti-harakat, qiliqlar bilan
“bezalgan” kliplar) natijasida xalqimizning chinakam milliy, betakror
jozibasiga ega bo‘lgan musiqiy an’analari, ijrochilik uslublariga ega bo‘lgan
san’at o‘rnini soxta, yengil - yelpi ohanglarga qiziqish mayillari egallab
olayotganligi achinarli holdir. Bularning barchasi bugungi kunda
ta’limning barcha bo‘g‘inlarida, xususan, umumta’lim maktablarida
o‘quvchi yoshlarni milliy ma’naviy qadriyatlarga munosabatini milliy goya
va mafkura mazmu- mohiyatiga monand shakllantirish, muammolarning
nazariy asoslarini tahlil qilish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash
choralari,
ish
usullari,
vositalari,
pedagogik
shart-sharoit
va
imkoniyatlarini aniqlash, birinchi navbatda milliy musiqa merosimizni
chuqur o‘rganish, unga qiziqish va muhabbat tuyg‘ularini o‘stirishning
ilmiy pedagogik tizimini ishlab chiqish, yosh avlod tarbiyasi uchun mas’ul
67
pedagog-murabbiylar oldiga o‘z faoliyatiga yuksak mas’uliyat bilan
yondashish vazifalarini qo‘yadi.
|