61
Foydalanilgan adabiyotlar ro
ʻ
yxati:
1. Hamidov H. O‘zbek an’anaviy qo‘shiqchilik madaniyati tarixi. -T.: O‘qituvchi,
1996. -174 b.
2.
O‘zbek xalq musiqasi. Buxoro maqomlari. To‘plovchi
va notaga oluvchi YU
.Rajabiy. III-tom. -T.: O‘zbekiston SSR Davlat badiiy Adabiyot nashriyoti, 1959. -864 b.
3. Fitrat. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi. -T.: FAN, 1993. -56 b.
4. Fayzulina S.X. O‘quvchi yoshlarning estetik tarbiyasi. - T.: O‘qituvchi, 1978. -
49 b.
MAVRIGI RAQSLARINING AN’ANAVIY IJROSI
Xodjiev Mirshod Jalilovich
Buxoro davlat Pedagogika instituti II-bosqich
magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi kunda xalqimiz orasida keng ijro etib
kelinayotgan milliy raqs san’atining paydo bo‘lish tarixiy ildizlari uzoq moziyga borib taqalishi
haqidagi ma’lumotlar ko‘pgina manbalarda yozib qoldirilganligini ko‘rish mumkin.
Tayanch s
o‘
zlar:
"Buxorcha mavrigi", ananaviy raqs, zang, folklor.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston hududidan topilgan qoyatoshlar
tasviridagi arxeologik topilmalar milliy raqsimizning
juda qadimiyligidan
guvohlik beradi. O‘zbek raqs san’atining qadimiyligi, shakl va turlarining
boyligi ajdodlarimiz o‘tmishi asosan, dehqonchilik va hunarmandchilik
kasblari bilan bog‘liq bo‘lganligi bilan izohlanadi. Zardushtiylarning
muqaddas kitobi “Avesto” davridayoq raqs san’ati shakllanib, xalq va
professional yo‘nalishda rivojlanganligi manbalarda o‘z aksini topgan.
Yuqorida aytganimizdek uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan o‘zbek raqs
san’ati o‘zining turli davrdagi taraqqiyoti va tanazzulini boshidan kechirdi.
Va ayni paytgacha O‘rta Osiyoda, aniqrog‘i O‘zbekistonda uchta raqs
maktabi: Buxoro, Farg‘ona va Xorazm ijrochiligi yo‘nalishida
rivojlanib
keldi. Albatta, ushbu hududlarning raqs ijrochiligida sohaning ustoz –
murabbiylari milliy raqsimiz taraqqiyoti uchun katta fidoyilik qilib
keldilar.
Biz quyida Buxoro raqs ijrochiligi maktabi, aniqrog‘i “Mavrigi”
raqsining o‘ziga xos an’anaviy ijrochilik xususiyatlari ustida to‘xtalib
o‘tmoqchimiz: Azaldan ma’lumki, Buxoroyi Sharif nafaqat o‘zining osori
atiqalari, balki ma’naviy – ma’rifiy qadriyatlari bilan ham alohida ajralib
turadi. Jumladan,
uning musiqa ilmi, shuningdek raqs san’atida ham
Sharqu G‘arbda alohida e’tirof va ishonchga sazovor bo‘lib kelayotgani
hech kimga sir emas. Gap shundaki, Buxoro raqs san’atida “Buxorcha” va
“Mavrigi” nomi bilan mashhur bo‘lgan xalq raqs turkumlari mavjudki, uni
boshqa xalqlar raqs san’atida uchratish mushkul. Mazkur turkum qo‘shiq
va raqslarda asosan Buxoroga xos bo‘lgan sheva va o‘yin harakatlari
62
mujassam bo‘lib, unda mahalliy urf – odatlar, she’riyatda zullisonaynlik,
shuningdek ijroda o‘ziga xoslik yaqqol sezilib turadi.
“Buxorcha” va “Mavrigi” qo‘shiq va raqs turkumlarining yuzaga
kelishi va shakllanishi jarayoni ham o‘ziga xos tarixga ega. “Buxorcha”
turkumi buxoroliklar ijodkorligi va ijrochiligi hosilasi sifatida shakllangan
turkum bo‘lsa, “Mavrigi” migratsion qo‘shiq va raqslardan iborat bo‘lgan
turkum ko‘rinishda buxoroliklar ijrochiligida sayqallanib, to‘lishib
borayotgan qo‘shiq va raqslar majmuasidir. “Mavrigi” turkumi tarkibidagi
qo‘shiqlar, raqslar, kuylar silsilasida turli davrlarda
turlicha munosabat
bilan Marvdan majburan Buxoroga ko‘chirilgan marvliklar qo‘shiqlari-yu
raqslari borligi ma’lum.
Shuni ta’kidlamoqchimizki, XVI asrda, Ubaydullaxon zamonida,
keyin Abdullaxon hukmronligi davrida va XVIII asrda Amir Shohmurod
saltanati davrida Mavrdan Buxoroga ko‘chirilgan muhojirlar orasida
nafaqat forslar, balki boshqa millat vakillari borligini ham inobatga olsak,
“Mavrigi” turkumi Marvdan Buxoroga zo‘rlab ko‘chirilgan barcha
mavrliklarning – nainki faqat fors – tojik,
balki turkman, o‘zbeklarning
ham mushtarak ijodiy mahsuli ekanligi namoyon bo‘ladi. Binobarin, unga
faqat fors – tojik musiqa merosi namunasi yohud nuqul eroniylardan iborat
etnik guruhlar ijrochiligiga xos hodisa sifatida qarash bir tomonlikka olib
keladi. Buxorcha” va “Mavrigi” egizak turkum sifatida, asosan, oilaviy –
maishiy marosimlarda (beshik to‘yi, xatna, nikoh va h.zo) kuylanadi;
o‘tmishda “Buxorcha” ichkarida xotin – qizlar bazmida “Mavrigi” esa
tashqari hovlida erkaklar bazmida ijro etilgan,
hozirgi kunda esa, bu
tafovut tamoman yo‘qolgan, chunki bazmlaru shodiyonlarda erkagu ayol
aralashiga qatnashadigan bo‘ldi. Aytish joizki, ushbu ikki turkum
tuzilishida, raqs kiyimlari va ijro uslubida farq qiluvchi xususiyatlar
mavjud. Biz quyida mavzumiz mohiyatidan kelib chiqib, asosan “Mavrigi”
qo‘shiq va raqslar ijro uslubi haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz: “Mavrigi”
taronalari uch qism(uch payt):
1. Birinchi payt – “Shahd”
2. Ikkinchi payt – “Chorzarb”
3. Uchinchi payt – “Shikan – shikan” dan iboratdir.
“Mavrigi” turkumi xalq qo‘shiq va raqslari majmuasi tarzida
shakllangan bo‘lib, qadimda uni to‘rt doyradast hofiz kuylagan. XX
asrning 60-70
yillariga kelib, mavrigixonlar dastasi 6 yoki 7 kishilik
ijrochilar guruhi darajasiga yetgan. O‘tmishda mavrigi qo‘shiqlari faqat
doyra (ba’zida nog‘ora, qayroq ham ularga jo‘rnavoz bo‘lgan) bo‘lsa,
bugunga kelib unga barcha xalq cholg‘u asboblari ansambli jo‘rnavozlik
qilmokda.
“Mavrigi”xonlik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘zbeksitonning
Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Turkmanistonning Mori, Chorjo‘y,
63
Tojikistonning Dushanbe va Xo‘jand kabi shahar
xalqlari orasida keng
tarqalgan bo‘lsa, hozir kunga kelib u O‘zbekistonning barcha viloyatlari,
shuningdek Tojikistonning ko‘pgina hududlarida kuylanmoqda.
Buxoro yosh raqqoslarining faoliyati bevosita “Mavrigi”xonlar bilan
bog‘liq bo‘lgan. Ular 2 yoki 3 mavrigixon doyradast bilan chiqishlar tashkil
qilar edilar. Xonanda (“Mavrigi”xon) o‘z chiqishida dastlab “Chorchillik”,
so‘ngra “Bahri tabil”ni ijro qilib, keyin “Mavrigi”xonlikka o‘tar edi. Ba’zan
esa, ularning xonishlari “Shahd”, “Furovardi shahd”, shuningdek,
“Chorzarb” singari raqsbob qo‘shiqlar bilan boshlanar edi. Doyradast
“mavrigi”xonlar tomonidan klassik shoirlar she’rlari bilan ijro etiladigan
“Bahri tabil”, “Chorchillik” qo‘shiqlarining raqslari ohangdor, vazmin va
tinglovchini chuqur fikr o‘ylovga soladigan raqslar bo‘lib, raqqosni
navbatdagi sho‘h, purviqor mavrigi raqslarini ijro etishga tayyorlaydi.. Va
raqqoslar doyradast xonandalarning sershavqu
serzavq ijrolari ostida
chiroyli raqslarni namoyish etib, tomoshabinlarni hayratga solar edilar.
“Chorzarb” raqsida doyradastlar o‘z ro‘palarida o‘tirgan o‘yinchiga
ishora qilib uni raqsga chorlar edilar. So‘ngra raqqos o‘z o‘rnidan turib
ikki qo‘lini yuqoriga ko‘tarib uning bandlarini aylantirib bir oyog‘ini
ikkinchi oyog‘i orqasiga o‘tkazib, o‘ng oyog‘i uchi bilan raqs usulini ifoda
etardi. Keyin oyoqlar avvalgi holatga kelib, raqqos “Shikan – shikan”
raqsini ijro etib oldinga harakat qilardi. “Shikan – shikan” raqsi “Mavrigi”
silsilasiga xos bo‘lib, u ijro davomida ko‘p marta takrorlanardi. Uning ijrosi
davomida doyradastlar xonishidan ta’sirlangan raqqoslar ko‘llari bilan
qarsak chalib raqsning jozibadorlik ta’sirini yanada oshirardilar. Shu
alfozda “Chorzarb” raqsi ancha uzoq davom etardi. Shundan so‘ng
“Mavrigi”xonlar kichikroq hajmdagi sho‘h va zavqovar qo‘shiqlarni
kuylashga kirishar edilar.