Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Gulov Sadriddin Niyozovich Afg‘on rubobi taronalari.
2. Gulov Sadriddin Niyozovich Maktab repertuarlari.
3. Gulov Sadriddin Niyozovich O‘zbek xalq kuylari.
4. Asilov M. Vasiliyev F. Dutor darsligi. Toshkent. 1971.
5. Axmedov M. Xodji Abdulaziz Rasulov.Toshkent. 1974.
6. Mirzayev T. O‘zbekiston xalq sozandalari. Toshkent, 1974
ESTRADA VA OMMAVIY TOMOSHALAR TARIXIGA
QISQACHA NAZAR
Alayeva Zarnigor Maxmudovna
Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va
tasviriy san’at o‘qituvchisi
Junaydova Malohat Hasan qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi
yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Zamonlar o‘tishi bilan turli kundalik yumushlari insonlar uchun endi
qiziqarsizlashib borishi tufayli ular o‘z yumushlarini endi faqatgina ehtiyojlarini qondirish
maqsadida emas balki, uni ma’lum estetik zavq va ruhiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan
vaziyatlarga aylantirishdi. Ov qilish mahoratlari oshib, O‘rta Osiyoda “ovchilik o‘yinlari” ham
paydo bo‘la boshladi. Ammo biz “ovchilik” va “ovchilik o‘yinlari”ni bir biri bilan
almashtirmasligimiz lozim.
Kalit s
o‘
zlar:
Zarao‘t kamarida qizg‘ish rangda ro‘zg‘or va ov buyumlari, xursandchilik
yoki qayg‘usini –so‘z, kuy, qo‘shiq, o‘yin
XXI asrga kelib yirik shaharlar va shahar aholisi soni ortib
borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Yer sharida aholisi bir milliondan ortgan
yirik shaharlar uch yuztadan oshib ketdi. Zamin aholisining 80 foizi
shaharlarda yashaydi. Bu raqamlar ortida albatta murakkab progressiv
jarayon-insonlar estetik munosabatlarini qayta qurish masalasi yotadi.
Ayni vaqtda insonlar ongida ma’lum zerikishlar hayot zarbalaridan
charchashlar yuzaga kelganida ommaviy tomoshalar yuzaga kela boshladi.
Bunday ommaviy tomoshalarni tashkil qilish va uyushtirishdan asosiy
maqsad bu insonlar ruhi va kayfiyatini oz bo‘lsada ko‘tarish edi. Dam
olishni yuqori saviyada, jonli muloqotda, ruhiy va ma’naviy ozuqa
oladigan muhitda, samarali, serzavq hamda taassurotlarga boy,
bayramona kayfiyatda o‘tkazish esa navbatdagi hal qilinadigan masala edi.
Demak, shunday ekan zamonaviy tomoshalarning tashkilotchilari bu
55
zerikkan va charchagan aholi ehtiyojlarini qondiradigan shaxslar ekan.
Nima deb o‘ylaysiz? Bu qanchalik o‘z samarasini berdi? Va albatta bu
urunishlar zoye ketmadi. Ular asosiy e’tiborlarini badiiy va sahna
obrazlariga kichik jamoat sig‘adigan zallarga qaratishdi va barchaga
yoqadigan qulay va albatta zamon talablariga javob beradigan shinam
joylar barpo qilib bayramona ruhni tashkil etishdi. Turmush tashvishidan
xoli, qorni to‘q, usti but- zerikkanlar uchun ko‘ngilochar tadbir kerak va bu
ko‘ngilochar tadbirlarni keyinchalik – Estrada deb nomlashdi. Estrada
tomoshalarida asosan tomosha turlarining barchasidan eng yaxshi
namunalarni sahnaga olib chiqildi va uni yangi san’at turi darajasiga
ko‘tarib “Estrada san’ati” deb atay boshlandi. Albatta bu soha nafaqat chet
elda balki Ozbekistonda ham o‘z kurtaklarini ilk svilizatsiya vaqtlaridan
boshlab yoza boshlagan. O‘zbek an’anaviy teatri Sharqning qadimiy
tomoshalariga asoslangan yirik maskan, dastlabki kelib chiqish tomirlari
ibtidoiy jamiyatdagi munosabatlarni qamrab oladi. Bu hol uning ilk
yaralish manbalarini O‘rta Osiyo tuprog‘idan va shu yerda yashagan
qadimiy xalqlar etnosidan kelib chiqib belgilanadi. Tomosha turlari undan
o‘sib chiqqan barcha san’at janrlarining bosh manbai, asl zamiri, ilk
chashmasi-mehnat ekanini tarixchi olimlar ta’kidlaydi. Rus faylasufi
G.V.Plexanov bu haqda “O‘yin-mehnat farzandi”,deb uqtiradi. Bir
zamonlarda avlod-adodlarimiz yashagan hozirgi O‘zbekiston yerlarini
iqlimi, tabiiy boyliklari jihatidan ibtidoiy odamlar yashashi uchun qulay
makon bo‘lgan. Bu tuproqda bu zaminda kishilik tarixining ilk bosqichidan
boshlab aholi yashagan. Keyingi yillarda Toshkent g‘arbida Shoim ko‘prik
mavzesidan quyi poleolitik davri qurollari,Boysun tog‘idagi Teshiktosh
g‘oridan bundan yuz ming yil burungi neondertal odam suyagining
topilishi. Samarqand yaqinidagi Omonqo‘tan qishlog‘I ustidagi g‘orda
olingan tosh qurollar Surxondaryoning Zarao‘t kamarida qizg‘ish rangda
ro‘zg‘or va ov buyumlari va shu kabilar. Bunday noodatiy buyumlar
topilishi shuni anglatadiki O‘zbekiston hududida yuz ming yillardan
buyon odamlar yashaganligini, ularning ibtidoiy jamiyat davridayoq
o‘ziga xos madaniyati shakllana boshlaganini to‘la tasdiqlaydi. “Biz tarixga
insonlar bilan kiramiz”, degan edi faylasuflardan biri. Bu fikr tomosha
tarixini o‘rganishga ham taalluqlidir. Chunki san’at odamning dunyoga
kelishi, sezgisi,idroki va nutqining paydo bo‘lishi bilanoq tug‘ila,dunyoga
kela boshlaydi. San’at insonning go‘zallikka bo‘lgan intilishi mevasi bo‘lib,
inson hayotining ajralmas qismi demakdir. Hozirgi O‘zbekiston hududida
topilayotgan ibtidoiy jamiyat tasviriy va amaliy san’at yodgorliklari
syujetlarida bir birigga o‘xshash echki, tog‘ qo‘chqori, ohu yoki itlarning
bittadan yoki to‘da-to‘da bo‘lib yurganlari tasvirlangan. O‘sha davrda
yashab ijod qilgan davr rassomi ula bajargan hatti harakatlarni
yurganlarini rasmga olgan. Bu suratlardan ko‘rinadiki ibtidoiy jamiyat
56
kishining go‘zallikka e’tibor berganini, buning uchun turli xil ranglar
qidirib o‘z o‘rnida ishlata bilganini ko‘rsatadi. Va bunday topilgan bejirim
bir so‘z bilan aytganda san’at asarlarini buyuk rassomlar shunday
ta’riflaydi: “….Predmetning shakli,faktursi,rang va ritmik chiziq birligini
his eta bilish tuyg‘ulari, insonlar ongiga tabiatning go‘zal shakl-
shamoyillarini tasavvur etish asarlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi”, demak
bu davrda ham insonlar ongida san’at ma’lum darajada rivojlangan va
albatta o‘z natijasiga erisha olgan. Zamonlar o‘tishi bilan turli kundalik
yumushlari insonlar uchun endi qiziqarsizlashib borishi tufayli ular o‘z
yumushlarini endi faqatgina ehtiyojlarini qondirish maqsadida emas balki,
uni ma’lum estetik zavq va ruhiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan
vaziyatlarga aylantirishdi. Ov qilish mahoratlari oshib, O‘rta Osiyoda
“ovchilik o‘yinlari” ham paydo bo‘la boshladi. Ammo biz “ovchilik” va
“ovchilik o‘yinlari”ni bir biri bilan almashtirmasligimiz lozim. Chunki
ovchilik o‘yinlari bu ma’lum davrda o‘sha insonlar dini va ibtidoiy jamiyat
o‘rtasida shakllangan tuzumlar orqali o‘sha ayni davrida vujudga kelgan
ammo ovchilikning o‘zi oldin ham davrda bo‘lgan. Bundan tashqari
ovchilik o‘yinlari ovdan qaytgandan so‘ng ham o‘ynalgan. Chunki
jamoalar ovdan qaytganda charchagan va albatta o‘ta zerikkan xolda
bo‘lishgan va o‘yin davomida ular zavqqa va hordiq chiqarishga
erishishgan. Bunda nafaqat oddiy raqslar balki turli ham ritmik ham
plastik xoreografik harakatlar ijro etilgan. Qadimiy O‘zbekistonda turli
niqoblarda ya’ni oddiy emas balki hayvon terisidan ishlangan niqoblarda
o‘ynaladigan juda ko‘p tomoshalar keng tarqalgan. Misol uchun, Sankt
Peterburgdagi Shchedrin nomidagi kutubxonada fondida uchta, butunlay
echki qiyofasiga kirib o‘ynayotganlar tasviri chizilgan miniatyura bor. Bu
rasm har holda Samarqand yoki Hirot musavvirlarining ijodiga aloqador
bo‘lsa kerak. Negaki, o‘rta asr qo‘lyozmalarida, ayniqsa Ibn Arabshohva
Sharofuddin Ali Yazdiy asarlarida XIV-XV asrlarda Samarqand va Hirotda
o‘tgan tomoshalarda iste’dodli ustoz o‘yinchilar tomonidan hayvonlarning
taqlidiy raqslari keng miqyosda namoyish qilingani to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘qishimiz mumkin. O‘zbekistonda XX asr boshigacha
manashunday hududiy o‘yin turlari shakllangan. Mazkur miniatyurada bir
qo‘shiqchining rasmi tasvirlangandi. Ularning biri doira, nay, biri nog‘ora
chalmoqda. Ashulachi esa oldinda kuylab ketmoqda. Yuqoridagi rasmning
Hirot rassomlari ijodiga mansub degan taxminni tasdiqlaydigan yana bir
miniatyura mavjud. U ham bo‘lsa Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va
Zulayho” dostonidagi miniatyuradir. Bu rasm 1575-yilda Hirotda,
noma’lum musavvir tomonidan ishlangan. Unda esa ommaviy xalq
sayllari tasvirlangan. Qadimgi O‘zbekiston hududida tomosha elementlari
tug‘ilishi va rivojlanishining ikkinchi bosqichi eramizdan ilgarigi birinchi
ming yillikda quldorlik jamiyatning barpo topishi bilan boshlanadi. Bu
57
davrdagi O‘rta Osiyo xalqlari hayotini ifodalaydigan arxeologik
materiallardan tashqari, ayrim qadimiy qo‘lyozmalar hamda bizgacha
yetib kelgan og‘zaki adabiyot yodgorliklari, xalq og‘zaki ijodi: lof va
afsonalar, eposlar va ularning qadimiy ijodi uslublari ham ishonchli manba
bo‘lib xizmat qiladi.
Akademik V.V.Bartold hozigacha bizga ma’lum bo‘lgan To‘maris,
Shioq, Zarina, Siyavush, Afrosiyob, Rustam kabi eposlar, asosan,
Axamoniylar
davridagi
Eron
imperiyasining
sharqiy
viloyatlari
So‘g‘diyona, Baqtriya, Xorazmda shakllanganini ko‘rsatadi. Demak,
Firdavsiy “Shohnoma”siga manba bo‘lgan, yuqoridagi eposlarning vatani
qadimgi O‘rta Osiyodir. Ayrim eposlarning mazmuni antic davr
tarixchilaridan Heradot,Ktezey,Poliyen,Xores Mitlinskey asarlari orqali
bizgacha yetib kelgan. “To‘maris” eposida Axamoniy shohlaridan Kirning
eramizdan avvalgi 529-yilda O‘rta Osiyoni bosib olishi, massaget
qabilalarining boshlig‘i ayol To‘marisning el-yurti bilan bosqinchilarga
qat’iy zarba berishi, Kirni o‘ldirib cheksiz qahramonlik ko‘rsatgani
tasvirlangan. Eposlar ijrosiga alohida to‘xtaladigan bo‘lsak, epos ijrochiligi
bayonchilikdan obrazni ko‘rsatishga o‘tishi bilanoq ijrochi aktyorga
aylanib qoladi. Chunki, uning ijrochilari bir vaqtning o‘zida ham badiiy
so‘z ustasi, ham kuylovchi bo‘lib, ta’riflanayotgan qahramonning holat va
kechinmalari bilan ko‘rsatadi. Bu davrda nafaqat Estrada balki san’atning
xar xil turlari shakllandi. Bundan drama tomoshalari drammaturglarning
o‘zaro musobaqasi tarzida o‘tkazilgan. Musobaqada uch fojianavis va uch
komediyanavis shoir ishtirok etgan. Shu tariqa drammaturgiya asta
sekinlik
ila
rivojlanib
kelgan.
Undan
so‘ng
Komediya
janri
rivojlandi,drammaning boshqa ma’nosi ham bor. U tomoshalarni xudolar
mavzusidan ozod qilib, ilk bor insonlar taqdiridagi harakatlarni,
o‘zgarishlarni ifodalash jarayonini boshlab bergan. Komediya janrini
yuzaga keltirishda Mimlar-badiha asosida harakat qiluvchi aktyorlar
yaratgan kichik hayotiy lavhalar va xorlarning satirik qo‘shig‘i birlashishi
asos bo‘lgan, degan fikr mavjud. Nafaqat bu davrda janrlar balki turli
tomoshalar ham shakllangan va ular Estrada deya keyinchalik yuritila
boshlangan. Biz o‘z qarashlarimizda tomoshalarni faqat quvnoq insonga
zavq beruvchi sifatida ko‘ramiz ammo aslini olganda umuman u unaqa
emas ba’zi tomoshalar tarixda shafqatsiz nomini olgan. Misol uchun,
Rimliklarga xos shafqatsiz tomoshalardan biri Gladiatorlarga jangi
amfiteatrlarda va sirk binolarida o‘tkazilardi. Bu shafqatsiz tomosha
muxlislari ko‘payishini nima bilan izohlash mumkin? Qorni to‘q, tashvishi
yo‘q aslzodalar zerikkanidan shafqatsiz tomoshalar uyushtirishgan. Endi
O‘rta Osiyo xalqlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qo‘chqor,it,xo‘roz
urishishtirishni, Rim zodagonlari odam urushtirishga aylantirishgan.
Eramizning 75-yili Rimda gladiatorlar jangi uchun mo‘ljallangan maxsus
58
tomoshagoh qurila boshlangan. VII va XII asrlar-Markaziy Osiyoda
tomosha turlari rivojlangan. VII asrda “Barchamiz Allohning qulimiz,
bandaning egasi Alloh, U yaratuvchi va mehribon”, degan falsafa inson
ongidagi qullikka qarshi isyon edi. Bu falsafa dunyoni hamda
dunyoqarashni o‘zgartirib yuborgan islom dini bo‘lib, tezda qalblarni va
dunyoni egalladi. “Alloh go‘zal va U go‘zallikni yoqtiradi”, degan
tushuncha esa nafaqat tasavvurni balki, tafakkurni ham o‘zgartirib
yubordi. Zero, islom ilm-fanga , ma’rifatga keng rag‘bat, e’tibor bergan
yo‘nalish edi. Shu davrda ko‘plab san’at turlari misol uchun: Bitiklar va
xattotlik san’ati,Minora qurish san’ati,Islom va tasviriy san’at,
Shashmaqom-kuy,qo‘shiq va raqs uyg‘unligi, Islom va notiqlik san’ati, kabi
san’at turlari rivojlangan. Bunday san’at turlari rivojlanishiga asosiy sabab
xar bir davrning o‘ziga xos mehnat faoliyatlari ekan. Bir so‘z bilan
aytganda insoniyat xursandchilik yoki qayg‘usini –so‘z, kuy, qo‘shiq, o‘yin
yoki raqsda ifodalay olgan. Tabiat ofatlariga qarshi birgalikda xudolarga
iltijo qilish natijasida xor paydo bo‘ldi. Xor ijrosidagi iltijolar bir mavzuni
yakunlaguncha vaqt o‘lchovi jihatdan ko‘proq miqdorda maqsadga
muvofiq harakat sarf qilingan. Demak, insoniyat azaldan kichik yoki kata
shakldagi tomoshalar bilan oshno ekan. Albatta bizgacha bo‘lgan va
bizdan keyin yaratiladigan har qanday asar namunalarini asrab
avaylashimiz kerak, bu ish biz yoshlar oldida turgan kata ma’sulyatli
ishlardan hisoblanadi.
|