O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

MAQOM- O
ʻ
ZBEK XALQINING MUSIQIY MEROSI 
Yaxyoyeva Shaxnoza Sharopovna 
Buxoro davlat Pedagogika instituti II bosqich magistranti 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin ma’naviy qadriyatlarni, milliy 
mentalitetimizni belgilaydigan maqom ashulalarimizni tiklash va 
rivojlantirishga alohida ahamiyat berila boshlandi. Maqom san’atini 
rivojlantirish va xalqimizning ko‘p asrlik ijodiy an’analarini izchil davom 
ettirish mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli ma’naviy-ruhiy 
tiklanish jarayoni bilan bevosita bog‘liqdir. 
Maqom san’ati - yosh avlodning orzu-armonlari, iymonu-e’tiqodini, 
toza ruhi va xotirasini, ezgu niyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan qadimiy 
an’analarini ifodalovchi tarbiyaviy vositadir. Ular milliy ma’naviy 
tarbiyada qudratli qurol, yoshlarni ma’naviy jipslikka birlashtiruvchi omil 
hisoblanib, o‘zbek millatining ma’naviy dunyosini ifoda etadi. 
Har bir millat, elat va etnik guruhning o‘ziga xos udumlari, urf-
odatlari, an’ana va marosimlari bor. U avloddan avlodga, davrdan davrga 
meros bo‘lib o‘tadigan, muayyan ijtimoiy guruh tomonidan qabul qilingan 
xulq-atvor usullaridandir. Bu boy merosimiz o‘zining mazmundorligi, 
tarbiyaviyligi, umrboqiyligi bilan boshqa millatlardan ajralib turadi. Hayot 
kishilarda ezgu niyat, maqsadga intilish, e’tiqod va barcha orzu-
armonlarni, toza ruh va xotirani, jamiyatning yaxshi niyatlarini, qadimiy 
an’analarini o‘zida jamuljam etgani uchun ham kishilar hayotiga singib 
ketadi. 


60 
O‘zbek xalqining musiqa merosi juda boy va qadimiy tarixga ega. 
Uning ajoyib an’analari hozirgi kunda ham o‘z badiiy va estetik qiymatini 
saqlab kelmoqda. Bu an’analar zamonaviy o‘zbek musiqa madaniyatining 
ajralmas qismini tashkil qiladi. 
O‘zbek halq musiqasining ko‘hna, nihoyatda boy va serjilo an’analari 
avvalo uning turfa yarim mahalliy uslublarida yorqin va teran o‘z ifodasini 
topadi. Darhaqiqat, ayrim hollarda musiqiy mahalliy uslubning 
tilshunoslikdagi "sheva", "lahja", tushunchalari bilan qiyos qilinishi ham 
bejiz emas. Biroq, adabiyotshunoslikdan farqli olaroq, jami mavjud 
"musiqiy sheva"larning mushtarak sifatlari o‘z navbatda "umummilliy 
musiqiy uslub" singari yig‘ma tushunchani yuzaga keltiradi. Ko‘lami keng, 
serqatlam musiqa merosimizni tashkil etuvchi xilma-xil ko‘hna 
na’munalarini nota yozuviga tushirib, to‘plab, ushbu yo‘nalishda dastlabki 
ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullangan bir qator mutaxassislar ish faoliyatida 
kuzatilgan uslubiy tafovutlarga o‘z vaqtida alohida e’tibor berishgan ular 
bu haqida ilk bor qiziqarli ma’lumotlarni to‘plab, teran ilmiy 
mushohadalar yuritganlar.
Xususan, e’tirof etilganki, Buxoro hamda Tojikistonda istiqomat 
qiluvchi tojiklar orasida, shunigdek, ayrim boshqa xorijiy mamlakatlarda 
azaldan tub o‘zbek aholisi zich holda yashab kelayotgan yerlarda "musiqiy 
sheva"larning ko‘rinishlari o‘zgacha ekan. Kuzatilayotgan bunday ancha 
murakkab etnik, jug‘rofiy, siyosiy ijtimoiy, tarixiy madaniy voqeylik 
to‘laligicha qamrab olish, unga mukammal tarifu tavsiflar berish qiyin 
masala, albatta bularning orasida hozirga qadar ko‘lami jihatidan bir 
muncha kengligi, tarixan qadimiyligi, xususiyatlari bo‘yicha benazir, 
betakrorligi bilan asosan to‘rtta mahalliy uslub tavsif ila alohida-alohida 
ajratilgan 
bo‘lib, 
o‘zbek 
musiqashunosligida 
nisbatan 
atroflicha 
o‘rganilgan. 
Ularning har bir muayyan xudud nomi bilan, ya’ni Toshkent-
Farg‘ona, Buxoro-Samarqand, Xorazm maqom uslublari, deb yuritiladi. 
Musiqada uslub tom ma’noda turli tuman, bir hisobda ayricha 
tushunchalar doirasini vujudga keltirsada, bunda deyarli barcha tarkibiy 
vositalarining uzviy bog‘liqligini, tizimiyligini nazarda tutish darkor. 
Xuddi shu boisdan o‘zbek xalq musiqa ijodiyoti bilan tanishish, uni 
o‘rganish hamda amaliy o‘zlashtirish borasida uslubning o‘rni va 
ahamiyati benihoya katta. 
Qadim-qadim zamonlardan ona-zaminimiz o‘zining boy ma’naviy 
merosi, yuksak madaniyati, urf-odat, marosim va an’analari bilan jahon 
sivilizatsiyasida munosib o‘rin egallagan. Bu o‘lka xalqlarining buyuk 
siymolari dunyo ilm-fani va madaniyatining barcha sohalari rivojiga 
o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shib kelganlar. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish