69
SHASHMAQOM VA MAKON (5-7 sinf o‘quvchilarida
an’anaviy musiqa me’rosini o‘rgatish interfaol usullari)
Fayziyev Olim Ochilovich
NavDPI, “Musiqa ta’limi”kafedrasi professori
Annotatsiya:
Maqolada 5-7 sinf o‘quvchilarida an’anaviy musiqa me’rosini o‘rgatish
interfaol usullarida Buxoro shashmaҷomi haqida yoritilgan.
Kalitli s
o‘
zlar:
Buzruk, Rost, Navo, Dugox, Segox, Iroq,maqom. “Mushkulot” va
“Nasr”, “Mansur” yoki “Chertim yo‘li” ,“Manzum” yoki “Aytim yo‘li”.
Shashmaqom Sharq xalqlari san’atining durdonalaridan hisoblanib
tavsiflanishiga ko‘ra uzoq tarixiga ega. “Maqom” so‘zi arabcha bo‘lib
musiqa tovushlarining “o‘rnashgan joyi” ya’ni musiqa asboblarida parda
degan ma’noni anglatadi, ayni paytda maqom ma’lum tovushqator va lad
kurilmasi, ma’nolarini hamda shu lad qurilmalariga asoslangan musiqa
asari tushunchasini ham beradi. Shashmaqom esa ma’lum
tartibdagi olti
maqomdir. Maqomlar to‘g‘risidagi tarixiy va nazariy masalalari IX-XIX
asrlar davomida sharq yozma manbalarida ayniqsa, musiqaga
bag‘ishlangan risolalarida o‘z ifodasini topadi.
Maqomlarning o‘tmishda ijro etilib kelingan namunalari bizgacha
yetib kelmagan. Qadimiy yozma manbalardan ma’lum bo‘lishicha ular
turli shakllarda bo‘lgan va “O‘n ikki maqom O‘rta
Osiyo xalqlarida
taxminan XI-XII asr boshlarida Buxoroda yuzaga kelgan Shashmaqom
XVII asrgacha hali tugal shakllangan bo‘lsa, uni shakllanish jarayoni XII-
asrga tegishli va ancha ilgari boshlangani tabiydir.
Shashmaqom – Buzruk, Rost, Navo, Dugox, Segox, Irok
maqomlaridan iborat. Har bir maqom ikki bo‘limdan iborat. Cholg‘u va
ashula bo‘limlaridan iborat, bo‘lib, ular so‘ngi davrlarda “Mushkulot” va
“Nasr” iboralari atalgan. Xorazmda esa “Mansur” yoki “Chertim yo‘li”
bilan va “Manzum” yoki “Aytim yo‘li” deb ham ataladi. Har bir
maqomning cholg‘u bo‘limida Tasnif, Tarje, Muhammas,
Saqil va boshqa
iboralar bilan nomlangan bir necha qismlar bo‘lib, ular qaysi maqom
tarkibida bo‘lsalar, shu maqom nomi bilan qo‘shilib “Tasnifi Buzruk”,
“Tarj’ei Buzruk”, “Garduni Segox”, “Muhammasi Irok”, “Saqili Navo”
kabi ataladi. Bu qismlar maqomning har birida mustaqil kuy mavzularga
ega bo‘lsada, tuzilishi jihatidan deyarli farq etmaydi. Ayrim maqomlarning
esa o‘zlariga maqomlarning boshqa qismlari bilan otdosh bo‘lmagan
cholg‘u yo‘llari ham mavjud. Bunday qismlar-Navo maqomidagi Nag‘mayi
Oras, Dugoh maqomidagi Peshravi Dugoh va Samoi Dugoh hamda Segoh
maqomidagi hafifi Segohdir.
Cholg‘u bo‘limlarining birinchi qism Tasnif har bir maqom kuy yo‘li
ruhini ma’lum darajada o‘zida aks ettirgan bo‘lib, undagi tematik material
70
cholg‘u bo‘limlaridagina emas, ashula yo‘llarida
ham vaqti-vaqti bilan
foydalaniladi. Tasniflarning ayrim melodik, intonasion qurilmalari ma’lum
o‘zgarishlar bilan ayniqsa, Tarje’, Muhammas, sikllaridan ko‘proq
uchraydi. Tarje’lar asosan Peshrov Xususidagi kuylar bo‘lib tantanavor
yangraydi va shodiyona kayfiyatlar baxsh etadi. Tasniflar doyra usulining
ma’lum varianti jo‘rligida biroz tezroq tempda ijro etiladi. Cholg‘u
bo‘limlarning birinchi qismi Tasnif har bir maqom kuy yo‘li ruhini ma’lum
darajada
o‘zida
aks
ettirgan.Undagi
tematik
material
cholg‘u
bo‘limlaridagina emas, ashula yo‘llarida ham vaqti-vaqti bilan
foydalaniladi. Tasniflarning ayrim melodik intonatsion qurilmalari bilan
ayniqsa Tarje’, Muhammas, Saqillardan ko‘proq uchraydi. Tarje’lar asosan
Peshrav xususidagi kuylar bo‘lib tantanavor yangraydi va shodiyona
kayfiyatlar baxsh etadi.
Cholg‘u bo‘limining uchinchi qismi Gardun faqat Iroq maqomida
bo‘lmaydi. Uning doyra usuli ancha murakkab bo‘lib
kuy tuzilishi
jihatidan ham boshqa qismlardan farq qiladi. Gardunlarda asosan lirik
kayfiyat aks ettirilgan. Maqomlarning cholg‘u qismlari ayniqsa, Navo,
Dugoh, Segoh, Iroqlardagi cholg‘u ijrochiligi mashhur bo‘lgan.
Maqom cholg‘u qismlaridan Gardun, Muhammas, Saqili Samoiy
hafif kabilar ma’lum tuzilishdagi doyra usullari nomi bilan bog‘liq bo‘lsa,
Nasrulloiy, Vazmin,
Oraz Xusayniy, Islim, Xaji Xo‘ja, Ashkullo,
Mirzahakim, Kalon kabilar bastakor ustozlarning ham nomlari bo‘lib, shu
maqomdonlar bastalagan qismlar ekanligidan dalolat beradi.
Maqomlar cholg‘u bo‘limi har bir qismining bo‘laklari “xona” va
“boz go‘y” iboralari bilan belgilangan. Xona –boshida kuyning intonatsion
tematik asosi bo‘lib, o‘z qaytariqlarida esa shu boshlanishdagi birinchi
xonaning rivojidan iborat. Bozgo‘y esa kuyning takrorlanadigan qismi-
refrenni ifodalaydi. U har bir xonadan so‘ng qaytariladi. Xona va
bozgo‘ylar kuyning tematik rivojida va shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Xonalar muhammas va saqillardan boshqa cholg‘u
qismlarda dastlab
kichikroq bo‘lib borgan sari kengaya boradi.
Shashmaqom ijrochiligi Buxoro tarixining o‘tmishini o‘z ichiga
qamrab olgan va barcha u yo bu holatlardan sabr ila bosqichma-bosqich
o‘z mavqyeini yo‘qotmasdan bizgacha yetib kelgan. Bugungi kunda 2400
yillik Movoraunnaxr tarixini o‘z ichiga qamrab olgan Buxoro ajdodiy
san’ati “Shashmaqom”, jahon an’anaviy san’atining eng pirikamoli va
inson yuragini jumbushga keltiruvchi mo‘jizasi
va yagona xazinasi etib
YUNESKO
tomonidan
bedgilangan.
Yevropada
esa
insonlar
“Shashmaqom” ijrochiligini eshitib, u orqali shifo topib bormoqdalar.