|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika institutiBog'liq “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA«Bezak» texnologiyasi.
Mazkur texnologiya o‘zbek amaliy san’atidan
olingan bo‘lib qadimgi Xiva, Buxoro, Samarqand minoralarida o‘z salobati,
ko‘rki bilan dunyoga mahlum va mashhur bo‘lishi va o‘z chiroyi bilan
bo‘lgani kabi koshinlardagi har bir naqsh va bezaklar qo‘li gul mehmor va
naqqosh ustalarning mehnat samarasi ekanligini his etamiz.
Har bir xalq ashulasi Xiva, Buxoro, Samarqand minoralari salobati
bilan bastlasha olishini ijro jarayoni orqali ko‘rishimiz mumkin.
Bular: nolish, titratish, tovushni chayqatish, nag‘mapardoz,
nag‘masoz, nag‘maovoz kabi iboralar bilan atalib kelinadi.
Nolish. Qo‘shiqning bir bo‘lagini bezak berib ifodalash, yahni
tovushga ijro vaqtida ham diez, ham bemolg‘ belgi qo‘yib kuylanadi:
«Lya» - «Lya #» - «Lya b» - «Lya» yoki
«Lya» - «Lya #» - «Lya #» - «Lya» yoki
«Lya» - «Lya b» - «Lya b» - «Lya» yoki
«Lya» - «Lya b» - «Si» - «Do b» - «Si» - «Lya» va hokazo.
Titratish. Kuylash jarayonida har bir tovush sokin holdan titratish
holatiga o‘tkaziladi, yahni:
«Si» - «Do #» - «Si» - «Do #» - «Si» - «Do #» - «Si».
Sokin holda, .
«Medium» texnologiyasi.
Medium - ashulachi ayollarning o‘rta
tovushidagi mukammal ijrosi.
Mazkur texnologiyada xotin-qizlar tovushidagi o‘rta bo‘g‘in (registr)
tovush xususiyatini shakllantiradi.
Mahlumki, xotin-qizlar tovushida o‘rta tovush isloxotlar talab
qilinadigan, ehtibordan chetda qoldirmaydigan bo‘g‘in hisoblanadi.
Qo‘shiqning daromad va furovard qismi o‘ta murakkab qismlar
bo‘lib, xotin-qizlar mazkur hududlarda «Intonatsiya» jixatidan noaniq va
tovush balandligida noto‘g‘ri kuylash hodisalarini uchratish mumkin.
SHuning uchun «Medium» orqali kuylash diapazoni ustida ko‘proq
ish olib borish talab etiladi.
Asarning daromad qismi 4-5 pog‘ona yuqoridan kuylanadi, natijada
ovoz sifati yaxshi bo‘lib, matn so‘zlari aniq, ravon eshitiladi. Bu bo‘g‘inda
79
asarda talab etilgan nola va bezaklar ustida ishlash imkoniyati ko‘proq
bo‘ladi.
|
| |