O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

 
Kalit s
o‘
zlar: 
ommaviy madaniyat, tahdid, ijtimoiy-madaniy, kompetentlik 
O‘zbek halqini, ma’naviy ildizlarga qaytish an’analar va favqulodda 
hal qilish uchun ularning ijobiy salohiyatini ajralmas qismi milliy 
madaniyatni shakllantirish va millatni jonlantirish madaniyat va 
ma’naviyat sohasidagi masalalar muammosi O‘zbekiston sharoitida 
oldingi avlodlarning ma’naviy-axloqiy kapitali va tajribasi talab 
qilinmagan. 
 
Yoshlarni dunyo qarashini keng darajada shakllantirish, 
kelajakga ishonch bilan boqish, ertangi kunning rohat-farog‘ati, jaxolat va 
razolati bugungi ijtimoiy-madaniy kompetentlikni qay darajada 
rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masala hisoblanadi
4
. Talaba yoshlar 
bilan o‘tkaziladigan axborot murabbiylik soatlarida, ularning ta’limdan 
bo‘sh vaqtlarida tashkil etiladigan tarbiyaviy ish jarayonlarida, ma’naviy-
4
Мирзиёев Ш. Жисмоний ва маънавий етук ёшлар – эзгу мақсадимизга етишда таянчимиз ва 
суянчимиздир// “Халқ сўзи” газетаси, 2017 й. 1 июль. 


39 
ma’rifiy sohadagi beriladigan ma’ruzalar milliy qadriyat va an’analarimiz, 
qolaversa ota bobolarimizdan qolgan boy tariximizni strategik dastur qilib 
belgilash bugungi kunning talabi desak, ayni xaqiqat hisoblanadi.
Aksincha kundan kunga turli va yangicha turlari bilan ajralib kirib 
kelayotgan “ommaviy madaniyat” o‘z ta’sirini ko‘rsatib milliy qadriyatlar 
tanazzulga uchrashiga sabab 
bo‘ladi. Bu haqda Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyev: “barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida 
beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus 
olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, 
noqonuniy migrasiya, “ommaviy madaniyat” kabi xavf xatarlar kuchayib, 
odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy 
qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va boshqa ko‘plab 
tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani - 
ayni haqiqat va buni hyech kim inkor eta olmaydi” [1] – degan edi. 
“Ommaviy madaniyat” muammosi jahon ijtimoiy-gumanitar fanlarining 
dolzarb mavzusiga aylandi. Bu ta’limot soxasida bir qancha faylasuf va 
pedagoglar tadqiqotlar olib borgan.
Yoshlarni ongini, ijtimoiy siyosiy va huquqiy madaniyatini 
rivojlantirish, o‘quv muassasalarda sog‘lom turmush tarzi samaradorligini 
oshirish, oila – mahalla – ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda amalga 
oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlari, Yoshlarni, “Yangi O‘zbekiston” 
rivojlanishida uchinchi rennesans poydevori sifatida ko‘rish, xalqimizni 
ma’naviy yangilash jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylatirish, ularni 
ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda o‘quv fanlari mazmunining metodik va 
amaliy, ilmiy-nazariy, ahamiyati muhim rol o‘ynaydi
5
. Tarbiya insonni 
ijtimoiylashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, 
tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish 
imkoniyatini beradi. Yoshlarda hulqiy odatlar hosil qilish uchun tarbiya 
jarayonida ijtimoiy aloqalar hizmat qiladi.
“Ommaviy 
madaniyat”ni 
yoshlar 
ongiga 
vosita 
sifatida 
manipulyasiya qilinayotganligi to‘g‘risida ilmiy jurnallarda, ijtimoiy 
tarmoqlarda juda ko‘p yozilmoqda.
Shunday ekan bugungi kunda “ommaviy madaniyat”ning ilmiy 
nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish muhim zaruriyatga aylandi.
O‘tgan 
asrning 
boshlarida 
mamlakatimizga 
“ommaviy 
madaniyat”ning kirib kelishi shiddatli tus olgan edi. 1917 yili bolsheviklar 
hukumatni egallagach, avvalo, proletarlashtirilgan asarlar yaratishni talab 
etdilar. “Ommaviy madaniyat” bugun iqtisodiyotning eng daromadli 
5
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 13 июлдаги ПФ-6260 сонли фармони 


40 
tarmog‘iga aylanib bormoqda. “Ommaviy madaniyat” yoshlarni “bo‘sh 
vaqtdan foydalanish industriyasi” deb atash mumkin.
-Jamiyatni ongini o‘zgartirish uchun bitta yo‘l kitob o‘qish. Biz bugun 
yoshlarimizni kitob o‘qish, milliy musiqa san’atimizni o‘rganish, turli 
tasviriy, amaliy, kino san’at asarlarini o‘rganish shu bilan bir qatorda boy 
tariximiz xayotiga bugungi kunimizni taqqoslagan holda fikr yuritishga 
safarbar etishimiz zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 
13 iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash va ularning 
ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi PF-6260 sonli farmoni [2] ijrosi ta’minlashga ushbu 
ko‘rsatmalarimiz maqsadli yo‘l bo‘la oladi. Ushbu farmon bilan davlatimiz 
tomonidan yoshlarni xar tomonlama qo‘llab quvvatlash va ularni ijtimoiy 
faolligini oshirish, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim muassasalarini 
tamomlab, mustaqil hayotga qadam bosayotgan yigit-qizlarni munosib ish 
va daromad manbai bilan ta’minlash ularga zamonaviy kasb-hunarlar IT-
texnologiyalarini o‘rgatish, tadbirkorlikga jalb qilish, yoshlarni ta’limdan 
bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, 18 yoshgacha bo‘lgan “temir 
daftar” da turgan xar bir farzandlar uchun davlat byudjetidan moddiy 
rag‘batlantirish, ta’lim olishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida tulov 
shartnomalarini to‘lash uchun 7 foizli kridetlar ajratilishi davlatimizning 
yoshlarga bo‘lgan g‘amxurlik siyosatini yuksak baholash mumkin. 
Yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning bandligini o‘qish yoki ish 
bilan ta’minlash zarur. Shuningdek 5 muhim tashabbus doirasidagi 
tadbirlaga kuproq qamrab olishimiz muhim. 
Yoshlar tarbiyasiga ma’sul bo‘lgan ota-onalar, mahalla oqsoqollari, 
ustoz murabbiylar, jamoa raxbarlari ularda yuksak ijtimoiy madaniy 
kompetentini rivojlantirishga safarbar etish dolzarb hisoblanadi.
Bugungi kunda umumta’lim maktabi o‘quvchilari, oliy ta’lim 
muassasalari talabalarini “ommaviy madaniyat” tahdidan asrash ijtimoiy-
madaniy kompetentlikni rivojlantirish dolzarb vazifalardan bo‘lib, ularga 
axborot murabbiylik soatlarida, talabalarni ta’limdan bo‘sh vaqtlarida 
tashkil etiladigan tarbiyaviy ish jarayonlari pedagogik faoliyatiga 
tayyorgarlik darajasiga yetakchi omil hisoblanadi. 
Shunday ekan bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonlarida oliy ta’lim 
tizimi ko‘plab samarali texnologiyalardan foydalanib, ta’lim sifatini 
ko‘tarishga, talabalarni tayyorlashda ularning kasbiy kompetentliligini 
takomillashtirishga, ilmiy-texnikaviy va o‘quv, badiy va ilmiy adabiyotlar 
bilan ijodiy ishlashga, sohaga oid bilim va zamonaviy axborot oqimini 
o‘zlashtirishga, ularda individual va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini 


41 
rivojlantirishga, bir qator yuqorida keltirilgan ziddiyat va muammolar, 
yoshlar ta’lim-tarbiyasini zamonaviy ruhda tashkil etishga imkoniyat 
yaratishni taqozo etadi. Yuqori kompetentligiga ega bo‘lgan yoshlar 
“ommaviy madaniyat” ta’siriga tushmasligiga kafolat bo‘lib xizmat qiladi.
Barkamol avlod bo‘lajak mutaxassis sifatida jamiyatning rivojlanish 
strategiyasiyaga asosan zamonaviy madaniyati makoniga kirishining 
vakolatli darajasi, ikki yo‘l bilan ya’ni bir tomondan, mutaxassisning 
kasbiy tayyorgarligi darajasi, ikkinchi tomondan, shaxsning ijtimoiy-
madaniy rivojlanish darajasi bilan ta’minlanadi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, raqobatbardoshlik uchun mutaxassis 
bugungi kunda nafaqat professional bilim va ko‘nikmalarga, ijodiy 
qobiliyatga, fuqarolik mas’uliyatiga, balki ijtimoiy-madaniy vakolatga, 
bag‘rikenglikka muhtoj, bu unga yashash, ishlash, ko‘p madaniyatli, ko‘p 
millatli va ko‘p diniy dunyoni yaratishga imkon beradi [3]. Mutaxassis turli 
milliy va ijtimoiy-madaniy muhitlardan kichik guruhlar orasida, shu 
jumladan, shaxslararo munosabatlar ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
Bulajak musiqa o‘qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentligini 
rivojlantirish orqali ularni yaxshi ma’lumotga, bilim va tajribaga ega 
bo‘lish, bu sohani oqilona hukm qilish, unda harakat qilish imkonini 
beradigan qobiliyat shakllanadi. Demak, malakali mutaxassis-zarur bilim, 
ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lgan shaxs, kompetentlik esa ana shu zaruriy 
kompetensiyalar majmuiga ega bo‘lgan shaxsning xislatidir.

Download 5,14 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish