Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Ojiza: she’r va dostonlar. /nashrga tayyorlovchi fil. fanl. dokt., prof. S.
Ro‘zimboyev. – T., 2003. – 122 b.
2. Toshmatov O‘. Folklor qo‘shiqlari. –Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti, 2003.- 50-60 b.
3. Qo‘chqorov G‘. Folklor qo‘shiqchiligi. –T., 2005.- 48-50 b.
32
TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA AMALIY SAN’AT
ELEMENTLARIDAN FOYDALANIB O‘QUVCHILARNI
ESTETIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH
N.N.Abdilloyeva
Buxoro davlat Pedagogika instituti 2-bosqich
magistranti
Annotatsiya:
Maqolada san’at, tasviriy san’atning ahamiyati, umumtalim maktablarida
estetik faoliyatni steam talimi orqali o‘rgatish haqida so‘z boradi.
Kalit s
o‘
zlar:
San’at, steam talimi, 3D loyihalash, estetik madaniyat, san’at turlari,
estetik faoliyat, amaliy san’at elementlari, milliy dastur, bezak san’ati, bola tarbiyasi.
San’at bu- juda azal-azaldan, mеhnat jarayonining taraqqiyoti
natijasida
paydo bo‘lgan muhim jarayondir. Unung jamiyat hayotiga kirib
kelshi sababli inson tafakkuri kamol topdi, go‘zallik hissi ortib, voqеlikdagi
go‘zallik,nafosat qulaylik va foydalilik tushunchalari targ‘ib topdi. Aqliy
mehnatning jismoniy mеhnatdan ajralib chiqa boshlashiga sabab esa, sinfiy
jamiyat vujudga kеlishi bilan ijtimoiy taraqqiyotda katta o‘zgarishlar sodir
bo‘lishi edi. Bu esa fan va san’atning rivojlanishida ulkan poydevor
bo‘ldi.O‘z ishining mohir ustalari,ya’ni san’atkorlar ayni shu davrda
paydo bo‘ldi. Tasviriy san’at odamzot hayotida, uning ma’naviy-axloqiy
tarbiyasiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biridir. Insonning go‘zallikni
his qilish, san’at obyektlaridan hissiy lazzat olish xususiyatlarini
shakllantirishda – tasviriy san’atning o‘rni va roli beqiyosdir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarning badiiy estetik didini
shakllantirish va rivojlantirish uchun bir qancha tadbirlarni amalga
oshirish bugungi kun pedagogining muhim vazifalaridan biridir. Ularga
buyuk rassomlarning mashhur asarlarini namoyish qilish, hattoki asar
yaratilish tarixini ham so‘zlab berish, bolalarda fanga nisbatan katta
qiziqish uyg‘otadi.Masalan, suratlardagi tabiat go‘zaligini, kishilarning
qadimiy va hozirgi hayotini kelgusi porloq hayotga bo‘lgan ishonchini
ko‘rishni o‘rganadilar. Badiiy obrazlar o‘quvchilarga nihoyat kuchli ta’sir
ko‘rsatadi, ularda turli ezgu fikr va hislar uyg‘otadi. Dars jarayonlarida
o‘zbek va boshqa xalqlar tasviriy san’atini taqqoslash usulidan ham
samarali foydalanish mumkin. Tasviriy san’at fanini o‘qitishdagi suhbat
darslarini o‘tkazishda, o‘qituvchi san’at asarlarining kompozitsion
tuzilishiga, ranglar mutanosibligiga o‘quvchilar diqqatini tortishi
maqsadga muvofiqdir. Tasviriy san’at asari haqidagi suhbat savol-javob va
hikoya qilib berish tarzida amalga oshirilishi lozim. Berilgan savollar
o‘quvchilarni, diqqatini rassom asari mazmunining muhim tomonini idrok
qilish orqali dunyoqarashini oshirishga majbur etsin.
33
Ayni kunlarda dunyoda shiddat bilan yuz berayotgan ijtimoiy va
iqtisodiy o‘zgarishlar ta’lim sohasida ham tub islohotlar o‘tkazishni, ta‘lim-
tarbiyaviy ishlarni davr talablari darajasiga olib chiqishni taqozo etmoqda.
Shu boisdan ham yurtimizda qabul qilinayotgan qator qaror va
farmonlarning aksariyatida ta‘limning ijtimoiylashuvi – ta‘lim oluvchilarda
estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma‘naviyat,
madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirishda alohida urg‘u berilmoqda.
Bugungi kunda ma’lumotlar oqimining o‘sib borishi hamda yuqori
texnikaviy-texnologik innovatsiyalar hayotning barcha jabhalarida
to‘rtinchi texnologik inqilobni yuzaga keltirmoqda.Buning natijasida
shaxsning qiziqishlari va jamiyatning talablari o‘zgarib kelmoqda.
Kundalik hayotni ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan
ta’limning integrativ yondashuvini STEAM ta’limi joriy etadi. Steam bu-
tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarining
integratsiyasidir. Ushbu yondashuvni ta’lim jarayoida qo‘llashdan maqsad
- ta’lim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining barqaror
rivojlanishini ta’minlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy
savodxonlik, raqobatbardoshlikni targ‘ib qilishga qaratilgan. STEAM
ta’limi esa butun dunyo maktab
o‘quvchilarini robototexnika,
modellashtirish,
konstruksiyalashtirish,
programmalashtirish,
3D-
loyihalashtirish va boshqa ko‘plab yangiliklarni ta’lim tizimiga olib
kirmoqda. STEAM-ta’limi DTS asosida beriladigan bilim, ko‘nikma va
malakalarning ilmiy jihatdan qanday qilib kundalik hayot bilan
bog‘liqligini ko‘rsatish orqali sinfdagi dars mashg‘ulotlari va maktabdan
tashqari ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish,
tajribalarni bajarib ko‘rish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini
tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga
qaratilgan. STEAM ta’limining tasviriy san’at bilan bog‘liqligi albatta
bolalarning estetik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
San’at kishilar ruhiyatiga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Shu bilan birga
kishining estetik madaniyatini rivojlantiradi. Estetik madaniyat bu
shaxsning
atrofida
bo‘layotgan
voqelikka
estetik
munosabatini
rivojlantirishning maqsadli jarayoni hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida
o‘quvchilarning
estetik
madaniyatini
rivojlantirish
muommosi har bir pedagog uchun asosiy vazifalardan biri. O‘quvchining
estetik madaniyati yuqori bo‘lishi uni jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi,
vatanga bo‘lgan mehr tuyg‘usi, oilasi jamiyatini sevish kabi ijobiy
hislatlarini rivojlantiradi.
Har bir fanni bola tarbiyasida o‘z o‘rni bor. Shu jumladan tasviriy
san’at va Tasviriy san’at fanlarining shaxs shakllanishidagi o‘rni shundan
iboratki; Tasviriy san’at orqali o‘quvchi hech kim bilmaydigan hattoki o‘z
atrofidagilar ba’zida o‘zi ham bilmaydigan ruhiy ahvoli qiziqishi
34
kechinmalari tabiati kabi holatlarini chizgan chizgilari ishlatgan ranglari
orqali ma’lumot beradi.
Respublikamizda amaliy san’at qadimdan rivojlanib kelgan. Hozirgi
kunda milliy an’ana qadriyatlarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaymoqda.
Milliy
liboslar
unda
ishlatilgan
amaliy
san’at
elementlari
takomillashtirilmoqda. Qo‘l mehnatiga bo‘lgan mehr e’tibor kuchaygan.
San’at kishilar ruhiyatiga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Shu bilan birga kishining
estetik madaniyatini rivojlantiradi. Estetik madaniyat bu shaxsning
atrofida bo‘layotgan voqelikka estetik munosabatini rivojlantirishning
maqsadli jarayoni hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘quvchilarning estetik madaniyatini rivojlantirish muommosi har bir
pedagog uchun asosiy vazifalardan biri. O‘quvchining estetik madaniyati
yuqori bo‘lishi uni jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, vatanga bo‘lgan mehr
tuyg‘usi, oilasi jamiyatini sevish kabi ijobiy hislatlarini rivojlantiradi.
Naqshlar orqali esa amaliy san’atning boshqa hamma turlaridan
farqli ravishda avlodlarning chambarchas bog‘liqligini, ananalarning
davomiyligini ko‘rish mumkin. Ana shu davomiylik tufayli naqsh san’ati
hozirgacha
saqlanib
kelmoqda.
Badiiy
naqqoshlik
ranglarning
uyg‘unlashishida va o‘ziga xos kompozitsiyalarda go‘zallik yaratish
san’atidir. Bezakli amaliy san’at, asosan, maishiy turmush ehtiyojlariga
izmat qiladigan narsa, buyumlar yaratadi.
O‘zbekiston amaliy bezakli san’ati dastgohli tasvir shakllaridan farq
qilib, xalq tarii bilan bog‘liq holda murakkab va ko‘p asrli rivojlanish
yo‘lini bosib o‘tgan. Bu san’at turi voqelikni estetik idrok etib, yangiliklar
yaratishga qaratilgan san’atdir. Hozir nafis gazlamalar, gilamlar to‘qish,
spool idishlarga gul solish, do‘ppi tikish, zardo‘zlik, kashtachilik, so‘zana
gul tikish, misgarlik, kulolchilik, zargarlik, musiqa asboblari yasash kabi
san’at turlari keng tarqalgan.san’at turlarida qo‘llaniladigan ijodiy uslub
yoki san’at uslubi ham jiddiy ahamiyatga egadir. Milliy dasturda ko‘zda
tutilganidek, o‘quvchilarning estetik ongini shakllantirish yuzasidan
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, ayniqsa, tasviriy san‘atdan dars
va darsdan tashqari mashg‘ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero inson
kamoloti,
unung
ma’naviy,estetik
didini
shakllantirish
hamda
rivojlantirishda tasviriy san’atning o‘rni beqiyosdir.
|