26
Yuqorida bayon etilgan talablar faqat mashq kuylashda emas,
balki
asarlar o‘rgatish jarayonida ham qo‘llanilishi talabga muvofiqdir. Shu
talablar asosida maxsus vokal-xor mashqlari doimiy ravishda olib borilsa,
o‘quvchilarning kuylash malakalari o‘sib borishi va ovoz apparatining
yildan-yilga rivojlanib borishi mumkin. Musiqa darsida o‘quvchilarning
ovozini rivojlantirishda vokal-xor mashqlarining
yoki kuyning pastdan
yuqoriga tomon harakati yoki yuqoridan pastga tomon harakatida kuylash
ham foydalidir. Chunki, bu mashqlar o‘quvchilar ovoz diapazonini
rivojlantiradi va o‘stiradi. Musiqa darslari jarayonida o‘quvchilar
ovozini
rivojlantirish va tarbiyalashda vokal-xor mashqlaridan tashqari qo‘shiqlar
muhim rol o‘ynaydi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, umumta’lim
maktablarida
o‘tiladigan musiqa madaniyati darslari o‘quvchilar ovozini tarbiyalash,
vokal dinamik sezgini rivojlantirib
borishda musiqa savodi, musiqa
tinglash kabi faoliyat turlari bilan birgalikda
olib borilsa katta samara
beradi. To‘g‘ri qo‘shiq kuylash, o‘quvchilarning ovozini tarbiyalash va
rivojlantirish kabi malakalarga erishiladi. O‘quvchilarda
musiqa faniga
bo‘lgan qiziqish hamda qo‘shiq kuylashga bo‘lgan havasi yanada ortib
boradi.