|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika institutiBog'liq “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VAKalit s
o‘
zlar:
musiqa tinglash, usul, mahorat, san'at, musiqa, madaniyat, shaxs,
musiqiy savodxonlik, nafislik, badiiy did, milliy g‘urur.
Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilar ovozini tarbiyalash vokal
dinamik sezgini rivojlantirib borish muhim ahamiyatga egadir. Bunda har
bir ijrochining o‘z ovozini ma’lum balandlikda jaranglashi, eshitish hamda
boshqa kuylovchilarning ovozini ham eshitish qobiliyatini rivojlantirib
borish lozim.
O‘quvchilar ovozini rivojlantirish va tarbiyalashda talaffuz yoxud
diksiyaning ham roli kattadir. Musiqa madaniyati darsida qo‘shiqni ijro
etuvchilar uchun asar mazmunini tushunish muhim ahamiyatga egadir.
Shu bilan bir qatorda ijro etiladigan asar tinglovchilarga ham aniq yetib
borishi zarur. Shuning uchun ham darsda qo‘shiqni ijro etuvchi
o‘quvchilar asar matnini aniq talaffuz qilish qobiliyatiga ega bo‘lishlari
talab etiladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar mungli, sho‘x, marsh, raqs, tez va
ravon aytiladigan qo‘shiqlarni bir-biridan farq qilishini o‘rgnish lozim.
O‘quvchilar tovushlar cho‘zimi va balandligi haqida dastlabki
tushunchaga ega bo‘lmoqlari hamda nota yozuvini o‘rgnishga kirishishlari
muhim hisoblanadi. Dastlab o‘quvchilar “baland” va “past” tovushlar
to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladilar. Musiqa o‘qituvchisi o‘quvchilar
diqqatini kuylanadigan qo‘shiqda ovozini goh ko‘tarib borishi goh
pastlanuvchi, ba’zida esa bir xil balandlikda saqlanib turish holatlariga jalb
qilish kerak.
Buning uchun quyidagi metodik usuldan foydalanadi:
O‘qituvchi qo‘llarini yuqoriga yoki pastga harakatlantirish yo‘li
bilan tovushlar balandligini ko‘rsatadi;
O‘quvchilarga qo‘shiqdagi mavjud bo‘lgan tovushlarning birin-
ketin yuqoriga yoki pastga kuylash ham mumkinligini tushuntirish
maqsadida tovushqator zinapoya shaklida chizib ko‘rsatiladi.
|
| |