Adabiyotlar ro‘yxati
1.
I. Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Ma’naviyat nashriyoti
Toshkent 2016.
2.
Yarashev J. Artistic and Aesthetic Features of “Buchor” Tune // Eastern
European Scientific Journal. 2019, pp. 118-122.
3.
Миршоев Улугбек Музаффарович УЗБЕКСКИЙ МУЗЫКАЛЬНЫЙ
ФОЛЬКЛОР И ЕГО ЖАНРОВАЯ СТРУКТУРА // Проблемы науки. 2021. №1 (60).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/uzbekskiy-muzykalnyy-folklor-i-ego-
zhanrovaya-struktura.
4.
Журабек Тураевич Ярашев МУЗЫКАЛЬНАЯ ТЕРАПИЯ // Scientific
progress. 2021. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/muzykalnaya-terapiya.
14
YAQIN TARIX TEATR HAQIDA SО‘ZLAYDI...
G‘anijon Xudoyev
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
“Musiqiy-nazariy
fanlar”
kafedrasi
mudiri,
san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD),
professor v.b.
Annotatsiyа.
Mazkur maqolada Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida ijodiy
faoliyatini olib borgan G‘ijduvon xalq teatrining uzoq о‘tmishiga bir nazar tashlandi. Bunda
teatr repertuaridan о‘rin olgan о‘nlab asarlar va bu yerda о‘zining ilk faoliyatini boshlagan
iste’dodli aktyorlar haqida muxtasar yoritildi.
Kalit sо‘z:
Teatr, sahna, musiqa, kompozitor, truppa, repertuar, konsert.
Ayni kunlarda san’at va madaniyat sohasida tubdan islohotlar
amalga oshirilmoqda. Buni mamlakatimiz Prezidentining 2021-yil 9-
dekabrdagi “Madaniyat va san’atni rivojlantirishni qо‘llab-quvvatlash
tizimini yanada takomillashtirish tо‘g‘risida”gi PQ-68-sonli hamda 2022-yil
2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir
qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-112-sonli Qarorlarining
bevosita amaliy ijrosini ta’minlanishida kо‘rish mumkin. Yurtboshimiz
tomonidan ilgari surilayotgan maqsad va vazifalar uzoq hududlarga qay
darajada yetib borayapti, bu hali ilmiy va amaliy о‘rganilishi kerak bо‘lgan
ulkan vazifalardan deb hisoblayman.
Buxoroning kо‘hna G‘ijduvon tumani о‘z vaqtida ulkan madaniyat
va san’at markazi hisoblangan.
XX asrning birinchi choragida Buxoro amirligi tugatilgach davlat, yer
va suv oddiy xalq qо‘liga о‘tadi. Buxoro saroyida maskan topib rivojlangan
mumtoz maqom san’ati asta sekin xalq musiqa merosi, folklor musiqaga
aylanib oddiy xalqning turli tо‘y va marosimlariga kо‘chadi. Ayni shu
davrlarga kelib, butun Turkiston bо‘ylab о‘zbek mumtoz musiqasi bilan
Yevropa musiqasi uyg‘unlikda sahna va teatr tomosholari jadal kirib kela
boshlaydi. Jumladan, qadim Buxoroning kо‘hna zamini G‘ijduvon
tumanida ham madaniyat va san’atning о‘ziga xos zamonaviy janrlari teatr
san’ati ravnaq topib rivojlana boshlaydi. G‘ijduvonda dastlab 1926-yilda
kichik bir teatr truppasi tashkil etiladi. Uni tuzishda bevosita bastakor va
kompozitor, shoir, dramaturg, san’atkor Hamza Hakimzoda Niyoziy
ishtirok etganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Ilk bor mazkur truppa
tarkibida Boboqul Fayzullayev, Ma’rufjon Toshpо‘latov, Ansor Otayev,
Said Ahmedov, Berta Mulloqandova, Naziraxon aya Inog‘omova, Nazokat
Ne’matova singari xalq ichidan chiqqan talantli ijrochilar о‘zining ilk ijodiy
faoliyatini boshlashadi. Teatrning ana shu birinchi qaldirg‘ochlariga turli
15
maskanlardan kelgan tajribali san’at ustalari sahnada obraz yaratish
sirlarini о‘rgatadilar va murabbiylik qiladilar.
1933-yilga kelib hukumat qarori bilan G‘ijduvon “Sayyor truppasi”ga
Davlat teatri nomi beriladi. О‘sha yili teatr tarkibi va repertuarini boyitish,
unga kо‘plab xalq talantlarini jalb etish va ularni tarbiyalashda atoqli
rejissyorlar Yetim Bobojonov, Mannon Uyg‘ur va ba’zi ma’lumotlarda
Abror Hidoyatovlar ish olib borganliklari yoshi ulug‘ ustoz san’atkorlar
tomonidan talqin etiladi
2
. Shu davrda G‘ijduvon teatri sahnasida
Razzoqjon Umarov, Xoljon Umarova, Usta Shodi Azizov, Asli Burxonov,
Xosiyat Qobulova, Nusrat Naimov, Rahmon Oripov, Nor Sharipov (teatr
direktori), Raya Sharipova, Nazira Inog‘omova, Ravshan Orziyev,
Shamsiddin Rajabov, Abdullajon Oxunov, Barnoxon Murodova, Sa’dulla
Boltayev, Hamro Safarov, Ansor Otayev, Hakim Qayumov, Maxsum
Maqsudov, Rahmatjon Naimov, Yodgor A’zamov, Shodi Avezov singari
xalq talantlari samarali xizmat qilishgan.
Ularning bevosita mehnatlari samarasi о‘laroq bir qancha durdona
asarlar sahna yuzini kо‘rdi. Jumladan, 1933-1937 yillar davomida
G‘ijduvon davlat teatrida Yetim Bobojonov, Olimov va Rahmatjon
Naimovlar rejissyorligida “О‘rtoqlar”, “Yoriltosh”, “Halima”, “Ichkarida,
(“Gulsara”), “Malikai Turandot”, “Farhod va Shirin”, “Hujum”, “Arshin
mololon”, “G‘olibiyat”, “Alpomish” asarlari sahnalashtirildi. Ana shu
asarlarda Razzoqjon Umarov, Nusrat Naimov, Nazira Inog‘omova, Xosiyat
Qobulova, Sa’dulla Boltayev, Hamro Safarov, Ravshan Orziyev, Raya
Sharipovalar yetakchi, bosh rollarni mahorat bilan о‘ynaganlar.
1939-1940-yillarga kelib G‘ijduvon davlat teatri barcha teatrlar singari
“G‘ijduvon kolxoz-sovxoz teatri”ga aylantiriladi. Teatr jamoasining shu
yillarda mehnatlari ancha samarali bо‘ldi. Saidhoshim Saidahmedov va
Rahmatjon Naimovlar rejissyorligida “Davron ota”, “Nomus”, “Tohir va
Zuhra”, “Xolisxon”, “Paranji sirlari”, “Maysaraning ishi”, “Boy ila
xizmatchi”, “Rustam” kabi dramatik va boshqa janrdagi asarlarni sahnaga
olib chiqishadi. Bu dramatik asarlarda Narzixon Hamroyeva, Naziraxon
Saidova, Safar Mirzayev, Berta Mulloqandova, Solijon Farmonov, Fotima
Jalilova, Ahadjon Ahmedov, Maxsum Maqsudov, Saodat Sharipova, Ansor
Otayev, Yodgor A’zamov kabi iqtidorli aktyorlar asarlardagi bosh
qahramonlar siymosini gavdalantirishdi. G‘ijduvon kolxoz-sovxoz teatri
qator sahna asarlarini xalqqa taqdim etish bilan birga konsert brigadasi
bilan Kattaqо‘rg‘on suv ombori va Quyimozor kanallari qurilishida boy
repertuarlarda konsert faoliyatlarini tashkil etishib, qurilishlarda
ishlayotgan hasharchilarga о‘zgacha zavq shavq bag‘shida etishdi. Bu
davrda samarali mehnatlari uchun respublika hukumatining olqishiga
sazovor bо‘lishdi. Mazkur konsert brigadasida xalq olqishini qozongan
2
G‘ijduvonlik ustoz san’atkor Rajab Avezov bilan bо‘lgan suhbatdan. 2022-yil 20-noyabr.
16
Shodi Azizov, Boboqul Fayzullayev, Muhammadjon Nusratov, Rahmon
Oripov, Muhammad Qahhorov, Bozor Azizov, Ahmadjon Boboqulov,
Muhammad Shodiyev, Sulaymon Shodiyevlar о‘z ijrochilik mahoratlarini
namoyish etadilar.
1950-60-yillar kelib G‘ijduvon kolxoz-sovxoz teatri sahnasida “Shohi
sо‘zana”, “Dalada bayram”, “CHо‘pon qizi”, “Og‘riq tishlar”, “Nurxon”,
“Boy ila xizmatchi” kabi asarlar zо‘r mahorat bilan qо‘yiladi. Bu asarlarda
bosh va yetakchi rollarni Hakim Qayumov, Yodgor A’zamov, Xosiyat
Jо‘rayeva, Saida Kamolova, Qurbon Husainov, Nusrat Hojiyev,
Bobomurod Shokirov, Mastura Komilova, Karim Tursunov, Sayyora
Orziyeva, Shodi Rо‘ziyev, Tohir Avezov, Yangihayot Tо‘xtayev,
Muhammad Shodiyev, Ansor Otayev, Sangin Kamolov, Asad Rajabov,
Berta Mulloqandova kabi aktyorlar zо‘r mahorat bilan о‘ynaydilar. Shu
yillarda teatr jamoasi о‘z chiqishlarini, nafaqat Buxoro viloyati hududida,
balki, qо‘shni viloyatlarda Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm,
Samarqand viloyatlarida va qо‘shni davlatlardan Tojikiston va
Turkmaniston respublikalarining turli hududlarida ham gastrol safarlarda
bо‘lishadi. Bu bilan ularning “G‘ijduvon kolxoz-sovxoz teatri” sahna
asarlari yangidan yangi repertuarlari bilan boyitib boraverish ehtiyojini
kengaytiradi.
G‘ijduvon kolxoz-sovxoz teatrida dastlabki mehnat faoliyati
boshlagan kо‘pgina artist va aktyorlar kuni kelib respublikamizning va
qо‘shni Tojikiston respublikasining taniqli va yetakchi artistlari va
aktyorlari bо‘lib yetishishadi.
Jumladan, sobiq ittifoq xalq artistlari Asli
Burhonov, Ahmad Boboqulovlarni ayni vaqtda qо‘shni Tojikiston
Respublikasining yetakchi teatrlarida yuksak ustoz sifatida e’tirof etiladi.
Shuningdek, о‘z vaqtida G‘ijduvon teatr truppasida faoliyat olib
borgan kо‘pgina ustoz san’atkorlar О‘zbekistonning turli hududlarida
samarali xizmat qilishdi. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasida xizmat
kо‘rsatgan artist Abdullajon Oxunov Yangiyо‘l teatrida, Tojikistonda
xizmat kо‘rsatgan artist Solijon Farmonov Leninobod teatrida, Nusrat
Hojiyev va Mastura Komilovalar Kattaqо‘rg‘on teatrida, kompozitor
Rahimjon Mullatо‘ychi Toshmuhammedov nomidagi Qarshi davlat
teatrida, О‘zbekiston xalq artisti Nazokat Ne’matova Sadriddin Ayniy
nomidagi Buxoro viloyat teatrlarida faoliyatlarini olib bormoqdalar.
1959-yilning oxiriga kelib, G‘ijduvon kolxoz-sovxoz teatriga
“G‘ijduvon xalq teatri”ga aylantiriladi. Shu yildan boshlab teatr quchog‘iga
xalq orasidan yetishib chiqqan juda kо‘p havaskorlar, yosh talantlar jalb
etiladi. Xalq teatrining dastlabki faoliyati davrida Ahmadjon Nishonov,
Yodgor A’zamovlar rejissyorligida “Yangi rais”, “Adashgan ota”, “Navbat
sizlarga – farzandlarim” kabi sahna asarlari xalqqa taqdim etildi. Bu
asarlarda Asad Rajabov, Egam Safarov, Sa’dulla Fatullayev, Tohir Avezov,
17
Berta Mulloqandova, Saida Kamolova, Supiya Saidova, Muzaffar
Ibrohimov, Shamsiddin Rajabov, Muhammad Shodiyev, Qurbon
Husainov, Mohira Boboyeva, Munavvar Mо‘minova, Komil Aminov,
Aslon Qobilovlar bosh va yetakchi rollarni ijro etdilar.
1966-yilda malakali mutaxassis rejissyor Hamroqul Karimov
rahbarligida dramaturg Tohir Islomovning “Ulug‘ yо‘l boshida” nomli
2 parda va 5 kо‘rinishli dramasi sahnaga qо‘yiladi. Xalq teatri jamoasi bu
asar bilan respublika xalq teatri kо‘rigida muvaffaqiyatli qatnashib,
birinchi о‘rinni olishga sazovor bо‘lishadi va respublikaning birinchi
darajali diplomini qо‘lga kiritishadi.
1969-yildan 1977-yilgacha mazkur G‘ijduvon xalq teatriga Ansor
Otayev va Muhammadjon Shodiyevlar rahbarlik qilishadi. Bu davr teatr
sahnalarida “Norbuloq fojiasi”, “Podani kim boqadi”, “Ojiza” va “Mullo
mubtalo” kabi asarlar sahna yuzini kо‘radi.
1977-yildan 1982-yilgacha xalq teatri sahnasida T.Islomovning “Biz
qaytamiz”, J.Teshaboyevning “Rostgо‘y”, Uyg‘unning “Parvona”, Maksim
Karimovning “Insonlikka nomzod”, Shukrullaning “Tо‘ydan keyin
tomosha”, R.Orifjonovning “Dahshatli kunlar” asarlari teatrning bosh
rejissyori Hamroqul Karimov tomonidan sahnalashtirilib, xalqqa namoyish
etiladi va teatr jamoasi bu repertuar bilan qо‘shni viloyatning boshqa
tumanlarida gastrol safarlarda bо‘lib qaytishadi.
“Tо‘ydan keyin tomosha” asaridagi Foziljon obrazini Arslon Tohirov,
ona obrazini Rahima Ibrohimova, onaning jiyani obrazini Bafojon Asadov
va egachi obrazini Nazira Xudoyqulovalar zо‘r mahorat bilan ijro etadilar.
Bu yosh aktyorlarning obraz yaratish mahoratini egallashida rejissyor
Hamroqul Karimovning xizmati juda samarali bо‘ladi. Teatr sahnasiga olib
chiqilgan “Dahshatli kunlar” asari 1982-yilda Buxoro viloyat madaniyat
muassasalari va rejissyorlari seminarining yig‘ilishida namoyish etiladi va
yuksak olqishlarga sazovor bо‘ladi.
1983-yilda xalq teatri Hayitmat Rasulning “Nilufar”, Haydar
Muhammadning “Chiroyli ayolning iltimosi” asarlarini, shuningdek, Vosit
Halilning “Gulbahor qani?” asarlarini tomoshabinlarga taqdim etadi.
Katta tarixiy yо‘lni bosib о‘tgan xalq teatri jamoasi respublikamiz
turli tantanali Davlat tadbirlarida ham о‘z repertuarini yangi asarlar bilan
boyitgan holda kutib oladi. Afsuski, mustaqillik yillariga kelib mazkur
G‘ijduvon xalq teatri shtatlar qisqartirilishi va boshqa sabablar bilan о‘z
faoliyatini tо‘xtatishga majbur bо‘ladi.
Eng achinarlisi shundaki, ayni vaqtda G‘ijduvon madaniyat va
istirohat uyi uchun mо‘ljallangan oz sonli shtatlar birligi G‘ijduvon
shahridan uzoq bо‘lmagan binolarning 2 ta xonasida ijarada faoliyat olib
borishmoqda.
18
Uzoq tarixga va katta tajribalarga ega bо‘lgan mazkur G‘ijduvon xalq
teatri mavqeyini о‘z holiga qaytarishimiz, bu yerda yana kо‘plab sahna
asarlari va yangidan yangi ijodiy ishlarni qayta jonlantirishimiz darkor. Bu
ijod maskani yana kо‘plab yosh iste’dodlarni kashf etishini xalqimizga
ma’naviy ozuqa berishida о‘z xizmatini ayamasligini xohlab qolamiz.
Mahmudxо‘ja Behbudiyning “Teatr – bu ibratxonadir” degan chiroyli
iborasi bilan yakunlashni joiz kо‘rdim. Biz albatta mazkur teatr faoliyatini
qayta yо‘lga qо‘yish bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda va
yoshlarimizni teatrga oshno qilib о‘stirishdek baxtga muyassar qilgan
bо‘lamiz.
|