Mana shu xildagi mashg‘ulotlardan keyin tovushqatorning biror  bo‘lagi nota yozuviga qarab kuylanadi




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

 
Mana shu xildagi mashg‘ulotlardan keyin tovushqatorning biror 
bo‘lagi nota yozuviga qarab kuylanadi. 
 
O‘quv yilining oxirida o‘quvchilar nota yozuvini qo‘llanish va 
qo‘shiqlarni tushunib kuylash malakasini hosil qila boshlaydilar. Ularda 
musiqani tinglash va undan ta’sirlanish qobiliyatlari rivojlana boradi. 
Shuni esda saqlash lozimki kelajakdagi musiqa tarbiyasining barcha 
asoslari mana shu boshlang‘ich sinf mashg‘ulotlaridan boshlanadi hamda 
o‘quvchilarning musiqaviy bilim darajasi kengayadi. Qo‘shiq kuylash 
uslublari – notaga qarab kuylash, tovushqator bo‘lagini kuylash, birinchi 
oktavaning do tovushidan ikkinchi oktavaning do tovushigacha bo‘lgan 
tovushqatorni o‘z ichiga olgan qo‘shiqlarni kuylash singari birinsi sinf 
mashg‘ulotlarini ikkinchi sinfda davom etaveradi. Qo‘shiqlarni o‘rgatish 
jarayonida dastlab notalarining nomlari aytiladi, so‘ngra ular kuylanadi.
 


25 
Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilar musiqaning ifoda 
vositalari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladilar. O‘qituvchi har bir musiqa 
darslarida kuylanadigan qo‘shiqlarning mazmuni, xarakteri hamda xilma-
xil ifoda vositalarini o‘quvchilarga anglatishi lozim. 
 
Musiqa darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarga lad haqida ma’lumot 
berib boradi. O‘quvchilar dastlab ladning eng oddiy elementlari, so‘ngra 
ularning tuzilishi, tarkibi, bosqichlari, xarakteri kabi ma’lumotlarga ega 
bo‘ladilar. Ladning eng oddiy elementlaridan biri biror bir qo‘shiqning 
tugallangan yoki tugallanmaganligidir. So‘ngra qo‘shiq kuyning 
tugallanishida muhim rol o‘ynaydigan tovush ya’ni tonika haqida 
tushuncha beriladi. 
 
O‘quvchilar altersiya belgilari – diez va bemol bilan tanishadilar. 
Qo‘shiqlarni notaga qarab o‘rganish va kuylash mashg‘ulotlari ko‘proq 
amalga oshiriladi. Solfejio qilib kuylanadigan mashq va qo‘shiqlar 
aksariyat hollarda tayyorlanmasdan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri notaga qarab 
aytilishi lozim. 
 
Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilar ovozini tarbiyalab 
borishda quyidagi natijalarga erishiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
bilan ishlashda uchraydigan qator masalalar, ovozni rivojlantirish va 
tarbiyalashning ayrim usullari haqida fikr yuritiladi. Musiqa darslarida 
o‘quvchilar ovozini rivojlanirish va tarbiyalashda ovozni qizdirish juda 
katta ahamiyatga egadir. 
 
Ovozni qizdirish dars mashg‘ulotlari boshida olib boriladi. Shu bilan 
bir qatorda ovozni sozlash, ovoz apparatini asar ustida ish olib borishga 
tayyorlash vazifasini bajaradi. Ovozni qizdirish quyidagi talablar asosida 
olib borilsa, ovozni rivojlantirishda yaxshi natijalar beradi.

Download 5,14 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mana shu xildagi mashg‘ulotlardan keyin tovushqatorning biror  bo‘lagi nota yozuviga qarab kuylanadi

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish