6
jarayoni amalga oshirilmoqda.
Hozirgi globallashuv va tezkor axborot tizimi davrida о‘quvchi
yoshlarni, kreativlik fazilatlarini shakllantirish, ularni yangi-yangi
innovatsion g‘olar hamda tashabbuslar bilan chiqishi, tevarak-atrofda
bо‘ladigan voqea-hodisalarga befarq bо‘lmasligi,
ularga nisbatan odilona
munosabatda bо‘lib, tо‘g‘ri xulosa chiqarishi orqali mustaqil fikrga ega
bо‘lishga tayyorlash bugungi kunning muammosi bо‘lib kelmoqda.
Inson о‘zini qobiliyatlari orqali namoyon qiladi. Bu qobiliyatlar
uning shaxsiy xususiyatlari bо‘lib, unga muayyan turdagi faoliyat bilan
samarali shug‘ullanishga imkon beradi. Qobiliyatlar muayyan tabiiy
iste’dodlar negizida vujudga keladi. Iste’dod – bu asab tizimining tug‘ma,
anatomik-fiziologik xususiyatlari bо‘lib, qobiliyatlar
rivojlanishining
individual-tabiiy asosini tashkil etadi.
Odatda qobiliyatning quyidagi turlari farqlanadi:intellektual (aqliy,
fikrlashga oid), badiiy, tashkilotchilik, kommunikativ (muloqotga oid) va
hokazo. Yuqori darajada rivojlangan turli qobiliyatlarning yig‘indisi
iste’dodlilik
deyiladi.
Qobiliyat rivojlanishining
muayyan
darajalari
bо‘lgan
talant va geniallik
haqida ham fikr yuritish mumkin.
Talant
– yetuk
qobiliyatlar bо‘lib, bunda
inson faoliyati mukammalligi, originalligi bilan
ajralib turadi.
Geniallik
– qobiliyat va talant rivojining oliy darajasidir.
Geniallik sifat jihatidan yangi, takrorlanmas ijod namunalarini yaratish,
ijodning avval ma’lum bо‘lmagan yо‘llarini topish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Gilford kreativlikni divergent tafakkurning unumdorligi bilan
bog‘laydi. Pedagogogik manbalarda siz uning “Kreativlik –
divergent
tafakkur jarayonidir” degan fikrini uchratishingiz mumkin. Dastlab,
Gilford о‘z kreativlik strukturasida divergent tafakkurdan tashqari
о‘zgaruvchanlik qobiliyati, yechimning aniqligi va boshqa intellektual
parametrlarni birlashtirdi. Shuningek, u kreativlik va intellekt о‘rtasida
о‘zaro uzviy aloqa borligini isbotladi. Biroq, Gilford о‘z tajribalarida yuqori
intellektuallilarning test yechish davomida
ijodkorlik xulqini har doim
ham kо‘rsatmasligini, kreativ past intellektualli bо‘lmasligini aniqladi.
Shunday
ekan,
divergent tafakkur kreativ jarayonning barcha
xususiyatlarini aks ettirmaydi.
Umuman olganda, kreativlik – bu yangi, original g‘oyalarni yaratish,
fikrlashning nostandart shakli, berilgan muammolarga omadli yechimlar
topishdir. Kreativ tafakkur esa revolyusion tafakkur bо‘lib, u konstruktiv
xarakterni ifodalaydi.
О‘quvchilarining tо‘laqonli о‘z ongi,
aql-zakovati, zukkoligi bilan
bilim olishga va ijod qilishga qiziquvchi о‘quvchi-yoshlarning kreativlik
xususiyatini rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni ishlab chiqish va dars
jarayonida unga amal qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.