O‘ZBEKISTONDA SAN’AT VA MADANIYAT




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

O‘ZBEKISTONDA SAN’AT VA MADANIYAT 
MASALALARINI ILMIY O‘RGANISH 
E.M. Muxtorov 
Buxoro davlat pedagogika instituti, o‘quv ishlari 
bo‘yicha prorektor 
О‘zbekiston Respublikasi о‘z mustaqilligini jahon hamjamiyati 
maydonida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli kо‘p 
jihatdan bugungi avlodning bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol 
insonlar bо‘lib yetishishiga bog‘liqdir. Ta’lim-tarbiya – insonlarning 
ijtimoiy ong mahsuli bо‘lsa-da, biroq ayni paytda ong darajasi va uning 
rivojini belgilovchi mezon hamdir. Shu sabab, ta’lim-tarbiya tizimini 
tubdan isloh qilmasdan turib ongni о‘zgartirib bо‘lmaydi.Bunday ulkan 
vazifalarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-
tarbiyasiga alohida e’tibor berilib, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi, ta’lim va tarbiyaga oid olib 
borilayotgan keng kо‘lamdagi ishlar, islohotlar, ularning mazmun va 
mohiyatining 
tubdan 
yangilanishi 
fikrimizning 
yorqin 
dalilidir.Shuningdek, sо‘nggi paytlarda yoshlarning yetarlicha bilim olishi, 
ularning ijod erkinligi, iqtidori va mahoratini о‘stirish, namoyish etish 
yuzasidan kо‘plab meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasining 2016 yil14 sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid 
Davlat 
siyosati 
to‘g‘risida”gi 
Qonuni, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son 
farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori, 2017 yil
31 maydagi
“Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga 
doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 



Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013 - 2018 yillarda zamonaviy 
madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 178-son Qarori bu jarayonlarning huquqiy asoslarini tashkil 
etadi.
Yosh avlod tarbiyasi va uning natijasi ijtimoiy hamda shaxsiy 
manfaat kasb etadi. Yaxshi tarbiya faqat oila uchun quvonch, baxt-saodat, 
ruhiy va iqtisodiy boylik keltirib qolmay, shu bilan birga, jamiyat uchun 
zо‘r siyosiy-ma’naviy ahamiyatga ega. Inson kamolotining yana bir muhim 
shartlaridan, bu - yosh avlodning aqliy, intellektual jihatdan yetilishidir. 
Hozirgi kunda bu jarayon davlatimiz siyosati darajasiga kо‘tarilishi juda 
quvonarlidir.
Bu esa, ta’lim va tarbiya jarayonining barcha mutasaddi shaxslaridan 
islohotlarni amalga oshirish yо‘lida yanada samarali mehnat qilishimizni, 
bugun kechagiga nisbatan, ertaga bugungiga nisbatan unumli mehnat 
qilishimizga chorlaydi. Zero, kelajak avlod haqida qayg‘urish, barkamol 
naslni 
tarbiyalab 
voyaga 
yetishtirishga 
intilish, 
bizning 
milliy 
xususiyatlarimizga xos fazilatdir.
Milliy va an’anaviy ta’lim tizimiga e’tibor berar ekanmiz, har bir 
ustoz yoki ota-ona о‘z farzandi yoki shogirdini tarbiyalash jarayoning 
uning ijodkorligiga, yangi g‘oyalar bunyod etishiga, har bir ijtimoiy 
holatga yangicha fikr va qarash bilan munosabatda bо‘lishga о‘rgatadi va 
bu usulni har bir soha yoki tarmoqning fundamental asosi sifatida 
qaraladi.

Download 5,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish