193
1-bosqich tahliliy bosqich- ta’limning boshlang‘ich pog‘onasi (1-4
sinflar)
2-bosqich-diagnostika tashxis qo‘yish, o‘quvchilarda qobiliyat va
iste’dodni aniqlash(5-9 sinflar)
3-bosqich-yuqori
sinflarda
(10-11
sinflar)
o‘quvchilardagi
aniqlanilgan ijodkorlik qobiliyatlarini yanada chuqurroq va to‘laroq
o‘rganish.
Avvalo o‘quvchining dunyoqarashi keng bo‘lishi uchun gumanitar
yo‘nalishdagi
fanlarni
chuqur
o‘rganishi,
shuningdek,
estetik
yo‘nalishdagi, jumladan, tarix, adabiyot, musiqa, rasm, qo‘shimcha ta’lim
singari fanlar integratsiyasidan foydalanish yo‘li bilan ko‘p axborotga ega
bo‘lishi, uni tog‘ri va to‘liq, har tomonlama tahlil qila bilish zarur. Buning
natijasida o‘quvchida o‘z dunyoqarash nuqtai nazarini to‘g‘ri va puxta
asoslay bilishi ham suhbatni tinglay olishi , turli xil fikrlarga nisbatan sabr-
chidamli bo‘lishi o‘z fikrini to‘liq asoslagan holda tushuntira bilish
ko‘nikmalari hosil bo‘ladi.
Kamida ikkita tilni bilishi. Bu bilan o‘quvchining umumiy tafakkuri
oshadi, boshqa xalqlar va davlatlarning tili, madaniyati, urf-odatlari
an’analari haqida tushunchalar oshadi, umumiy dunyoqarashi kengayadi.