• Annotatsiya
  • Kalit s o‘ zlar
  •   TASVIRIY SAN’ATDA DARSDAN TASHQARI




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

     


    188 
    TASVIRIY SAN’ATDA DARSDAN TASHQARI 
    MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI 
    Ibadullaeva Shaxnoza Ilxamovna
    Buxoro davlat pedagogika instituti, Musiqa va 
    tasviriy san’at kafedrasi katta o‘qituvchisi 
    Fayziyeva Xolida Zohid qizi 
    Buxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich 
    talabasi 
    Annotatsiya:
    Maqolada tasviriy san’atdan sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish, unda 
    o‘quvchilarning tasviriy va amaliy san’at, me’morchilik, san’atshunoslik kabi san’at turlari 
    bo‘yicha badiiy didlari va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, mashg‘ulotlarni uchrashuv, 
    ko‘rgazma, tanlov, san’at kechalari kabi qator yo‘nalishlarda o‘tkazish va badiiy-ijodiy 
    qobiliyatlarini shakllantirish ulardagi individuallik va iste’dodni ro‘yobga chiqarishga 
    qaratilgan.
    Kalit s
    o‘
    zlar:
    tasviriy va amaliy san’at, to‘garak mashg‘ulotlari, qalamtasvir, 
    rangtasvir, haykaltaroshlik, san’atshunoslik. 
    Tasviriy san’atda sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish muhim o‘rinni 
    egallaydi. Bunday mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tasviriy va amaliy san’at, 
    me’morchilik, san’atshunoslik kabi san’at turlari bo‘yicha nazariy bilim va 
    amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bu to‘garak mashg‘ulotlari, 
    uchrashuv, ko‘rgazma, tanlov, san’at kechalari kabi qator yo‘nalishlarda 
    o‘quvchilarni badiiy-ijodiy qobilyatlarini shakllantirish, estetik ehtiyojlarini 
    qondirish va ulardagi individuallik va iste’dodni ro‘yobga chiqarishga 
    xizmat qiladi. Shu bilan birga u yoshlarning atrof tabiatni o‘rganish va 
    shakl, rang, tus, plastik xususiyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini 
    kengaytiradi, estetik didini rivojlantiradi. To‘garaklar san’atning u yoki bu 
    turi yoki janri asosida ham tashkil etilishi mumkin. Bu to‘garaklarning 
    turlari ularga ajratilgan soatlar hajmi va ta’lim mazmuni bolalarning 
    istaklari, ota onalarning mayllari va maktab, mahalla imkoniyatlari, 
    bolalarning 
    yosh 
    xususiyatlari 
    va 
    o‘quvchilarning 
    o‘zlashtirish 
    malakalaridan kelib chiqib belgilanadi. Maktabdan tashqari tasviriy san’at 
    to‘garaklariniig maqsad va vazifalari asosan bolalarning badiiy-ijodiy 
    qobiliyatlarini rivojlantirish hisobga olgan holda qat’iy reja asosida 
    muntazam olib borilishini talab egiladi. To‘garaklar har bir maktabda 
    san’atning turlari, guruhlar bo‘yicha bitta yoki bir nechta bo‘lishi mumkin. 
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida to‘garak rahbarining asosiy e’tibori 
    quyidagilarga qaratiladi: – tasviriy yoki amaliy san’at to‘garaklariga 
    qiziqishi va qobiltiyati bor o‘quvchilar qabul qilinadi hamda har bir 
    guruhda ularning soni 8–10 tadan oshmasligi lozim. Aks holda ular bilan 


    189 
    olib boriladigan ishlarning sifati pasayib ketadi, har bir o‘quvchi bilan 
    individual shug‘ullanishga imkoniyat bo‘lmaydi. To‘garaklar tasviriy va 
    amaliy san’atning qaysi turi yoki janriga qarab yuzasidan bo‘lishligidan 
    qat’iy nazar, u nazariy va amaliy qismlardan tashkil topishi lozim. Tasviriy 
    san’atdan amaliy ishlar bevosita, naturaga qarab rasm ishlash
    kompozitsiya, buyuk rassomlarning san’at asarlaridan nusxalar ko‘chirish 
    kabi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Nusxa ko‘chirish mashqlari 
    jahonning buyuk rassomlari bilan bir qatorda o‘zbek milliy rassomlari 
    M.Nabiev, A.Abdullayev, O‘ Tansiqboyev, Z.Inog‘omov kabi mohir 
    san’atkorlarining asarlaridan nusxa olish mashg‘ulotlarida olib boriladi. 
    Amaliy san’atga doir (naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, 
    badiiy kulolchilik, misgarlik, kashtachilik v. b.) to‘garaklarda bolalar naqsh 
    namunalaridan kompozitsiyalar tuzish, mustaqil ijodiy kompozitsiyalar 
    ishlashdan tashqari tasviriy san’at to‘garaklarida naturaga qarab rasm 
    ishlash bilan ham shug‘ullanadilar. Bunday darslarda o‘qituvchi 
    tasvirlashning nazariy asoslari hisoblangan kompozitsiya, shakllarning 
    konstruktiv qurilishi va nisbatlari, yorug‘-soya, perspektiva, rang va tus 
    munosabatlari kabi qonun-qoidalarga ham alohida e’tibor qaratadi. 
    Rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika to‘garak mashg‘ulotlarida 
    kompozitsiyalar ishlashga katta vaqt ajratiladi. Chunki, o‘quvchilar 
    tasviriy san’atning barcha janrlari: maishiy, natyurmort, tarixiy, manzara, 
    batal, animal, portret va boshqalar bo‘yicha mustaqil kompozitsiya ishlash, 
    tayyor san’at asarlari namunalaridan ko‘chirish bilan shug‘ullanadilar. 
    Ular adabiy asarlarga illyustratsiyalar ishlash, badiiy bezatish ishlariga 
    doir topshiriqlarni ham bajaradilar. Naturaga qarab rasm ishlash 
    mashg‘ulotlarida to‘garak a’zolarining yoshlari yoki guruhlarga qarab 
    tabiat in’om etgan mahsulotlar — gullar, meva va sabzavotlar, uy-ro‘zg‘or, 
    mehnat buyumlari, texnika, sport, amaliy san’atga doir predmetlar: sopol 
    va mis ko‘zalar, ganch va yog‘och o‘ymakorligi buyumlari, me’morchilik 
    obidalarining bo‘laklari, tinch va harakatdagi inson qomati va portretlari, 
    qush, hayvonlar rasmlari chizadilar. Bunday mashg‘ulotlarda, gipsli 
    geometrik shakllar, milliy uslubda ishlangan rozetkalar, odam va 
    hayvonlarning gipsli shakllari, meva va sabzavotlarning tulumlari, qush va 
    kichik o‘lchovdagi hayvonlarning tulumlarini o‘quv mashg‘ulotlarida 
    chizdirish qo‘yilgan maqsadga erishish imkonini beradi. Har bir vazifalar 
    amaliy mashg‘ulotlarda sodda va murakkabligiga qarab davomli yoki 
    qisqa muddatlarda, mustaqil tarzda amalga oshiriladi. Kompozitsiya 
    mashg‘ulotlarini bolalar uchun qiziqarli bo‘lishligi uchun manzara va 
    maishiy 
    janrlaridan 
    tashqari, 
    tarixiy, 
    batal 
    janrlarda 
    mohir 
    rassomlarimizning «Muqanna ko‘zgoloni», «Manguberdining mo‘g‘illarga 
    qarshi kurashi», «Spitamen qo‘zg‘loni», «Jizzax qo‘zg‘oloni» kabi 
    mavzularda kompozitsiya ishlash uchun tavsiya etiladi. Beriladigan 


    190 
    topshiriqlar mavzu va mazmun jihatda bolalarnint yoshi, qiziqishi, 
    tasvirlash malakalariga qaratigan xolda amalga oshiriladi. Shu bilan birga 
    animal janrdagi ona va bola hayvonlar haqidagi mavzular ham bolalarda 
    katta qiziqish hosil qiladi. Tasviriy va amaliy san’atdan nazariy bilimlar 
    to‘garaklarning turiga qarab oddiy yoki murakkab mazmun va hajmda 
    beriladi. 
    Tasviriy 
    san’atning 
    rangtasvir, 
    haykaltaroshlik, 
    grafika 
    to‘garaklarida mashg‘ulotlar yuksak jihatdan bezatilgan xuddi katta 
    rassomlarning ustaxonalaridek ustaxonalarda o‘tkazilishi kerak. Amaliy 
    san’tning u yoki bu turi bo‘yicha mashg‘ulotlarda bolalar kompozitsiya 
    ishlar ekanlar avvalo uni bevosita amaliyot bilan bog‘lab amalga 
    oshiradilar. Shuningdek, bolalarni san’at asarlarining ilyustrativ 
    reproduksiyalari, elektron shakllari, rassom, haykaltaroshlar hakida 
    materiallarning o‘quv filmlari va usta rassomlarning turli mavzularda 
    ishlangan mahorat darslarini tashkil qilish yuqori samaralar beradi.

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish