186
daftar yuzasiga tushiriladi. Bu mashg‘ulotlar davomida o‘quvchi naturani
kuzatadi va ko‘radi, uni ham ong faoliyatida tahlil kilinadi, rang tuslarini
buyumlar ichidan topib, uni qog‘ozga tushiradi. Lekin bu jarayon
shunchalik murakkabki, uni sog‘lom rivojlangan odam bolasigina
uddasidan chiqa oladi. Qarangki, bu jarayonda bolaning fikri chalg‘isa,
boshqa
yoqqa ketsa, shakl chiqmaydi, rang topilmaydi. Shu boisdan ham
hamma bola rasm chiza olmaydi. Qadimgi Rim medik-psixolologlari
tomonidan chiqazilgan hukm ham bir tomonidan to‘g‘ridir. Chunki,
yuqoridagi faoliyatni faqat sog‘lom, ya’ni fiziologiya va psixologiya
jihatdan sog‘lom etilgan bolagina amalga oshira oladi. Tasviriy san’at
insonning ruhiy qiyofasini, uning o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarini,
tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi.
Ba’zan mavjud bo‘lmagan, rassom tasavvurining mahsuli bo‘lgan
obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi
turli davrlarni aks
ettiradi. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki uning g‘oyaviy
mohiyati, siyosiy, falsafiy, estetik va etik g‘oyalari ham Tasviriy san’atning
mazmuniga aylanadi. Tasviriy san’at obrazlarining ko‘rgazmaliligi
rassomga hayotning muayyan hodisasiga o‘z munosabatini yuksak
darajada ifodalashiga imkon beradi; shu tufayli hayotni bilishning faol
shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, ma’lum tizimning ommaviy
ongini qaror topishida muxim rol o‘ynaydi. Olamni bilishning shakllaridan
biri sifatida ijtimoiy ongni shakllantiradi
hamda xalq orzuumidlarini
ifodalash shakli sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy
sharoitda umumg‘oyaviy kurashlarning bir bo‘lagi sifatida namoyon
bo‘ladi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarida bolani ko‘rish a’zolari
takomillashib boradi. Chunki, har bir mashg‘ulotda narsalarni e’tibor bilan
kuzatishga va ularni idrok etishga o‘rgatib, bolani diqqat-e’tiborini bir
nuqtaga qaratish malakasi ham beriladi. Bu jarayon bolani ixtiyoriy
diqqatini barqaror bo‘lishini ham ta’minlaydi. Shuningdek, tasviriy san’at
mashg‘uloti o‘quvchilarni e’tiborli, zehn bilan faoliyat ko‘rsatishga
o‘rgatib, ularni barcha his-tuyg‘ularini jamlagan holda, o‘zida bo‘lgan
nazariy va amaliy bilimlarni ishga soladi. Butun vujudi,
aql-idroki,
tasavvur-tafakkuri bilan faoliyat ko‘rsatishga olib keladi. Shu boisdan
nemis pedagog rassomi P.Shmitning, - «Tasviriy san’at mashg‘uloti aql
gimnastikasi» - degan xulosasi mutloq to‘g‘ridir. Bolalarga rasm chizishni
o‘rgatish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun juda zarur, chunki bu
bolalar uchun o‘zgacha mahoratlarni shakllanishiga birinchi qadam
bo‘ladi. Rasm chizish orqali bolalarga o‘qituvchilar xohlagan mavzularga
oid ko‘p narsalarni o‘rgatish mumkin. Demak boshlang‘ich sinflarda
o‘tildigan barcha fanlarni o‘rgatishda rasm chizish birinchi o‘rinda turadi.
Sababi o‘quvchilar uchun bu jarayon juda qiziqarli. O‘quvchilar o‘zlarining
ijodiy va badiiy tomonlarini o‘rganishni yaxshi ko‘radilar
va bu shakllar
187
tuzilmalarni yaratish va ranglar orqali amalga oshirilishi mumkin. Birinchi
bolalarga qalam bilan qoralamalar yaratishni o‘rgatish zarur. Esda tutish
kerakki, rasm chizish - bu o‘quvchilar o‘zlarini va o‘rgangan narsalarini
ifoda etadigan qobiliyatdir. Tasviriy san’atda o‘quvchilarga nafaqat
nazariy jihatidan balki, amaliy jihatidan ko‘roq tabiat qo‘ynida
o‘tkazishlari, muzeylarga sayohat uyu rasm chizib, yangicha kompozitsiya
yaratish bu o‘quvchilarga ozuqa beradi. Iloji boricha har bir yangi
mavzuni, ko‘rgazmali qurollar, yangi mavzuni
hayotiy misollar orqali
tushuntishi ham, bu past yaxshiroq tushunish imkoniyati va fanga
nisbatan qiziqishini yana ko‘proq oshiradi. Xullas, tasviriy san’at darslari
o‘quvchilarni har tomonlama rivojlanishi asosi bo‘lib qoladi, bunda uni
o‘rni va roli benihoyat kattadir.