• MUSIQA TO‘GARAKLARIGA O‘QUVCHILARNING QIZIQISHLARINI OSHIRIB BORISH OMILLARI Alayeva Zarnigor Maxmudovna
  • Kalit s o‘ zlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Foydalangan adabiyotlar. 
    1. Abdurahmonov Sh. Rangshunoslik. o‘quv qo‘llanma. NamMPI nashri, 
    Namangan, 2017 
    2. Abduqodirov A, Xaitov A, Rashidov R. Axborot texpologiyalari.-T.: 
    “O‘qituvchi”, 2016 
    3. Egamberdiev, Hasanov, Abdullaev, Mujdatov. Rasm chizish va uni o‘qitish 
    metodikasi. 
    MUSIQA TO‘GARAKLARIGA O‘QUVCHILARNING
    QIZIQISHLARINI OSHIRIB BORISH OMILLARI 
    Alayeva Zarnigor Maxmudovna
    Buxoro davlat pedagogika instituti “Musiqa va 
    tasviriy san’at” kafedrasi o‘qituvchisi 
    Junaydova Malohat Hasan qizi 
    Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi 
    yo‘nalishi talabasi 
    Annotatsiya: 
    O‘zbekiston Respublikasi o‘zining iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy 
    rivojlanishning porloq yo‘liga qadam tashlaganiga ham 20 yil bo‘ldi. 
    Mustaqillikning ana shu yillari ichida iqtidorli yoshlarni izlash ,ularni tarbiyalash 
    va iste’dolarni oshirish davlatimiz oldidagi dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib keladi. 
    Kalit s
    o‘
    zlar: 
    Mutaxassis, idoraviylik xislatlari, g‘oyalar, kashfiyot, 
    iste’dod, qobiliyat, ilmiy ijodiyotga targ‘ib. 
    Shunday bo‘lishi ham tabiiy edi. Davlatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga 
    kiritgan bir vaqtda, bu mustaqillikni himoya qiladigan,ravnaqi yo‘lida fan 
    va texnika yutuqlarini yangi kashfiyot jabhalarida qo‘llaydigan va joriy 


    191 
    qiladigan yetuk ,malakali mutaxassislar havodek zarur. Bugungi kunda 
    maktablarda kimlar ta’lim olishi, ular kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lib 
    chiqishi kabi masalalarga jamiyatimiz befarq qaray olmaydi.Ular zukko, 
    aql zakovatli, bilim va malaka doirasi keng bo‘lgan mutaxassis bo‘lib 
    yetishishi uchun xalq ta’limi tizimining har bir bosqichida pedagog va 
    tarbiyachilar o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim. Bu esa iqtidorli va iste’dodli 
    o‘quvchilarni izlab topish,ularga takomillashgan shaklda ta’lim tarbiya 
    berish, ularning qobiliyatlarini yanada rivoljantirishga xizmat qiluvchi 
    shart sharoitlarni yaratish demakdir. 
    O‘zbekiston istiqlolga erishgach, davr oldimizga demokratik va 
    insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan, shaxsning qobiliyati va 
    imkoniyatlari hisobga olingan, davlat hamda jamiyatning talablarini o‘zida 
    aks ettirgan milliy ta’lim modelini yaratish vazifasini qo‘ydi. Bu muhim 
    vazifa 1997 yil 29 avgust kuni bajarildi. Shu kuni Respublika oliy Majlisi X1 
    sessiyasida Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbuslari va bevosita 
    rahbarliklari bilan yaratilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar 
    tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. 
    O‘sha tarixiy sessiyada mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo‘lidan 
    dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g‘oyalari va intilishlarini o‘zida aks 
    ettirgan ta’lim tizimining milliy modeli har tomonlama chuqur tahlil 
    qilinar ekan, asosiy e’tibor bu tizimda iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ularni 
    ona-Vatanga, milliy g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratildi. 
    Shunday ekan, maktabda ishlaydigan har bir o‘qituvchining eng 
    asosiy vazifasi –ijodiy izlanuvchan, mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ega 
    yoshlarni aniqlash, ular bilan alohida shug‘ullanishi va iste’dodlarni 
    oshirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. 
    Ilmiy tadqiqotlarni ko‘rsatishicha, 1-sinfga qadam qo‘ygan jajji 
    bolajonlarning 60 foizida turli qobiliyat nishonalari namoyon bo‘lar ekan. 
    Ho‘sh iqtidorli o‘quvchi kim? Uni boshqa tengdoshlaridan qanday ajratish 
    mumkin? 
    Quyida e’tiboringizga maktab o‘quvchisi shaxsining iste’dodini 
    shakllanganlik darajasini ko‘rsatuvchi xislatlari keltiriladi. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish