• TASVIRIY SAN’AT ASARLARINI O‘QUVCHILAR TOMONIDAN OBRAZLI TAFAKKUR RIVOJLANTIRISH VOSITASI Xasanova Mehrangiz
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Adabiyotlar ro‘yxati 
    1. O.K.Apuxtin “Tasviriy san’at asoslari” T. “O‘qituvchi” 1967 y 
    2. R.Hasanov “Tasviriy san’at asoslari” T. O‘.O‘ulom nashriyoti. 2009 y 
    3. Istamovna, I. N., & Aysha, I. (2020). PSYCHOLOGY OF ART. International 
    Engineering Journal For Research & Development, 5, 3-3. 
    4. Istamovna I. N., Maxmudovna M. R. Landscape Genre in Russian Fine Art of 
    the XIX Century //Innovative Science in Modern Research. – 2023. – С. 218-222. 
    5. Ибатова, Нигора Истамовна, and Камолиддин Жаҳонгир ўғли Ҳакимов. 
    "XIX 
    АСР 
    АНГЛИЯ 
    ТАСВИРИЙ 
    САНЪАТИДА 
    МАНЗАРА 
    ЖАНРИ." 
    ZAMONAVIY TA
    ʼ
    LIM: MUAMMO VA YECHIMLARI 1 (2022): 101-105. 
    6. Ibatova N. DEVELOPMENT OF STUDENTS'ARTISTIC-PICTURE THINKING 
    IN THE PROCESS OF TEACHING THE SCIENCE OF PAINTING //Science and 
    innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B2. – С. 163-167. 
    7. Ibatova, N. (2020). БУЮК РАССОМЛАР ИЖОДИДА ОНА СИЙМОСИ. 
    ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 


    182 
    8. Istamovna I. N., Rakhimovich R. S. The article deals with the ways in which 
    modern innovative technology can be used, how students develop their creative 
    abilities and how they can develop a passion for fine arts. 
    TASVIRIY SAN’AT ASARLARINI O‘QUVCHILAR 
    TOMONIDAN OBRAZLI TAFAKKUR RIVOJLANTIRISH 
    VOSITASI 
    Xasanova Mehrangiz 
    Buxoro davlat pedagogika instituti, 2- bosqich 
    magistranti 
    Tasviriy san’at asarlarining yaqin kelajakda jahon san’atkorlari 
    tomonidan tan olinadigan, yuksak baholanadigan, ularni qoyil 
    qoldiradigan, katta mablag‘ sarflab, dunyoning yetakchi muzeylari sotib 
    oladigan darajada respublikamizda yaratilishi va yurtimizda dunyoga 
    mashhur rassom, haykaltaroshlarning yetishib chiqishi, xalqaro reytingga 
    ega bo‘lgan tasviriy san’at maktablarining yuzaga kelishida bir qator 
    omillar, asoslar muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda yoshlarimizga tasviriy 
    san’at bilimlarini berish, har bir o‘quvchida tasviriy san’at asarlarini 
    to‘laqonli obrazli tafakkur qilish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, 
    buning uchun zaruriy hamda eng sara didaktik ta’lim vositalari(o‘quv-
    metodik materiallar)ni yaratishimiz va ularning amaliy tatbiqini 
    ta’minlashimiz o‘ta muhim.
    O‘quv-metodik 
    adabiyotlarning 
    yaratilishi, 
    ularning 
    takomillashtirilishi va keng amaliyotga tatbiq etilishi bo‘yicha olib borgan 
    kuzatishlarimiz bu borada ham yechimini kechiktirib bo‘lmaydigan
    muammolar borligini ko‘rsatdi.
    Muammolar quyidagilardan iborat: 
    1. Yaqin yillarda respublikamiz mutaxassislari, tasviriy san’at 
    sohasidagi olim va metodistlar tomonidan uzoq va yaqin xorij 
    mamlakatlari tasviriy san’at bo‘yicha ta’lim mazmuni, yangi uslub, metod 
    va metodik adabiyotlari tahliliy o‘rganilmagan, ilmiy-metodik tarzda 
    muhokama qilinmagan va jahondagi yangiliklar mahalliy darsliklarimizda 
    o‘z ifodasini yetarli topmagan.
    Taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘zimizda 
    (O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida) joriy qilish maqsadida soha egasi 
    bo‘lmagan, oliy ta’lim tizimida bir kun ham ishlamagan ba’zi rahbarlar 
    topshirig‘i asosida 5-6 yil oldin ayrim fanlarda “qosh qo‘yaman, deb ko‘z 


    183 
    chiqardik”, natijada, oliy ta’limni kuchaytirishning o‘rniga ayrim fanlar 
    misolida susaytirdik.
    Ta’lim revolyutsion emas, evolyutsion yo‘l bilan rivojlanadi, 
    shundagina xatolar kam bo‘lib, natija samarali bo‘ladi. Shu sababli ham 
    ilg‘or tajribalar, yangi yo‘nalishlarni shoshilinch ravishda joriy qilish emas, 
    balki ilmiy tahlil qilish, bizning shart-sharoitga to‘g‘ri keladigan, samara 
    beradigan, milliyligimizni qimmatli tomonlariga zarar yetkazmaydigan 
    xususiyatlarni olib, eng ilg‘or, original, zamonbop variant, model, uslubni 
    yaratish lozim. Bugungi kunda, yuqorida ta’kidlanganidek, xorijning ilg‘or 
    tajribasi tasviriy san’at sohasida yetarli o‘rganilmagan. 
    2. Tasviriy san’at fanini o‘qitish bo‘yicha keyingi o‘ttiz yil ichida bor-
    yo‘g‘i 3ta nomzodlik dissertatsiyasi (R.Hasanov, S.Bulatov, A.Sulaymonov) 
    yoqlanganki, bu mazkur sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlari o‘ta sust olib 
    borilganligidan dalolat beradi. 
    Badiiy 
    akademiyaning 
    rahbarlarining, 
    O‘zbekiston 
    xalq 
    rassomlarining 
    aksariyati 
    ilmiy 
    tadqiqot 
    ishlari 
    bilan 
    shug‘ullanmaganliklari sababli Badiiy akademiya, P.Bengkov nomidagi 
    tasviriy san’at maktabi respublikada ilmiy markaz vazifasini bajara olmadi. 
    Vaholanki, aynan yuqorida nomlari qayd etilgan muassasalar ham amaliy, 
    ham uslubiy, ham ilmiy jihatdan tasviriy san’atning O‘zbekistondagi, 
    qolaversa, Markaziy Osiyodagi ilmiy-amaliy markaziga aylanishi shart. 
    Aks holda, yetuk ijodkorlarni, vatanimizni, xalqimizni olamga tarannum 
    qiladigan yuksak iste’dod sohiblarini dunyoga kelmasidan yo‘qotamiz. 
    Natijada, ushbu sohada mamlakatlar ichida ham, mamlakatlaro ham 
    rivojlanmay qolaveradi. Bunday katta ijodiy salohiyatni ishlatmaslik, uni 
    vaqtida aniqlab, yuksak darajaga yetkazmaslik, insoniyatning ma’naviy 
    boyligiga munosib hissa qo‘shmaslik, yoshlar iqtidorining mahsuli bilan 
    dunyo ma’naviy boyligini ziyoda qilmaslik kelgusi avlodlar oldidagi 
    kechirilmas holatdir. 
    Bugungi kunda tasviriy san’at sohasidagi ijodkorlarning boshini 
    qovushtiradigan, o‘zaro fikr almashib, muammolarini hamjihatlikda 
    yechadigan, yecha olmaydigan masalalarni hukumat miqyosiga olib 
    chiqadigan yagona organ yoki uyushma (assotsiatsiya) mavjud emas. 
    Natijada, tasviriy san’at sohasida birorta xorijiy davlatlardagi ijodkorlar 
    bilan hamkorlik o‘rnatishning imkoni bo’lmayapti.
    3. Respublikamizda tasviriy san’atni rivojlantirishga qaratilgan biror 
    maxsus qaror keyingi 30 yil ichida qabul qilinmadiki, buning oqibatida, 


    184 
    soha rivoji oqsamoqda, hatto umumiy o‘rta ta’lim maktab darsliklari ham 
    talab darajasida emas. 
    4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarda o‘qitiladigan barcha o‘quv 
    predmetlari, jumladan, tasviriy san’at mazmunini, ta’lim usullarini hamda 
    sohaning o‘quv-metodik adabiyotlari mazmun-mohiyatini belgilaydigan 
    Respublika ta’lim markazi (RTM) va uning qoshida faoliyat ko‘rsatadigan 
    ilmiy-metodik kengash ham bu borada biror jo‘yali ishni amalga oshirishga 
    shoshilayotgani yo‘q.
    5. Har bir faoliyat kabi ta’limda ham natijaning muvaffaqiyatli va 
    samarali bo‘lishi, asosan, shu sohadagi kadr-mutaxassis malakasi, saviyasi, 
    bilim doirasi, didaktik qobiliyati va pedagogik iqtidoriga bog‘liqligi hech 
    birimizga sir emas. Zero, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan 
    ijodiy imtihonlarda ma’lum sabablarga ko‘ra ushbu kasbga mutloq mos 
    emas abiturientlarni ham qabul qilishadi. Bir tomondan, tasviriy san’at 
    fanidan dars berayotgan bazaviy ma’lumotga ega bo‘lganlar respublikada 
    13,2%ni tashkil etsa, pedagogika institutlarining ushbu fakulg‘tetiga 
    kiruvchilar O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablar soniga 
    nisbatan 2,5% ni tashkil etsa, universitetlardagi qabul bilan qo‘shganda 
    5%dan ortmasa tasviriy san’at bo‘yicha maktabda ta’lim sifatini kim 
    belgilaydi? Yoshlikdan ushbu sohaga iqtidori mavjud, tasviriy san’atga 
    tug‘ma layoqatlilarni erta yoshligidan aniqlab, ulardagi layoqatni 
    qobiliyatga, so‘ngra iste’dodga kim aylantiradi? Afsuski, bu kabi 
    savollarga ijobiy javob berishning imkoni yo‘q.
    6. So‘nggi 25 yil ichida O‘zbekistonda pedagogika fanida tasviriy 
    san’atga bag‘ishlangan 4tagina dissertatsiya (A.Turdaliev, O.Xudoyorov,
    D.Sobirova, B.Qo‘chqorov) himoya qilinishi ham achinarli hol. Tasviriy 
    san’at sohasidagi ilmiy izlanishlarning bunday sustligi, passivligi, 
    tadqiqotlarga e’tibor ozligi tasviriy san’atni o‘qitish sohasidagi 
    “oqsoqlik”ning ilmiy-uslubiy “nochorlikka” aylanishi xavfini yuzaga 
    keltiradi. 
    7. Rossiyada Tasviriy san’at o‘quvchilarga, masalan, Rossiya 
    maktablarida 9 yil o‘qitilsa, O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablari bu 
    borada 7 yil bilan cheklanadi. Ushbu masalada nafaqat Rossiya, balki 
    boshqa chet davlatlarning ta’limini ham ilmiy-metodik tahlil qilish zarur. 
    8. Tasviriy san’at bo‘yicha o‘quvchilar orasida ijodiy tanlovlar yetarli 
    o‘tkazilmaydi. Toshkent shahrining ayrim maktablari o‘quvchilarining 
    darsda chizgan rasmlari ko‘rgazma maqsadida vestibyulda ota-onalar 
    uchun qo‘yiladi va bu katta tarbiyaviy ta’sir qiladi. Shu bilan birga tuman, 


    185 
    shaharda o’tkaziladigan tanlovlardagi rasmlar va boshqa ishlanmalar 
    barcha ta’lim muassasalarida namoyish qilinmaydi. Vaholanki, bularni ota-
    onalar, aholiga namoyish qilish, targ‘ib etish lozim. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish