.
P.106-109.Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 – 6470
MUSIQA DARSLARINI JISMONIY TARBIYA FANI BILAN
INTEGRATSIYALASGAN TARZDA TASHKIL ETISH
IMKONIYATLARI
Do‘stmuhammedova Gulhayo
JDPU, musiqa o‘qituvchisi
Annotatsiya
: Maqolada umumta’lim maktablari “musiqa madaniyati” darslarini
jismoniy tarbiya fani bilan integratsyalashgan tarzda tashkil etishning ta’lim mazmundorlagi
va sifatini oshirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritaladi.
Tayanch s
o‘
zlar
: Ta’lim, musiqa madaniati, jismoniy tarbiya, raqs, ritmika, aloqadorlik.
Umumta’lim maktablaining boshlang‘ich sinflarida darslarni
bolalarning xarakteri, yosh va psixologik, fiziologik xususiyatlaridan
(diqqati, xotirasi, jismonan yaxshi rivojlanmabligi) kelib chiqib qiziqarli,
o‘yin-raqs harakatlarini bajarish orqali tashkil etishga ko‘proq ahamiya
beriladi. Bu jarayonda jismoniy madaniyat faniga mos ritmik harakatlar
tanlash, raqs elementlaridan o‘rinli foydalanish ham fanlar aloqadorlidan
foydalanishni talab qiladi.
Musiqa madniyati va jismoniy tarbiyaning umumiy mushtarakligi
ikki fanning yuqori darajadagi ko‘nikma va malakalarinin egallash doimiy
ravishda mashq qilish va o‘z ustida musta’qil shugullanishni talab qiladi.
218
Har ikkala fanga tegishli bo‘lgan musiqali ritmik va raqs harakatlarini
bajarish faoloyati umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf darslarida
muhim o‘rin tutadi. O‘shbu faoliyatlar quyidagicha turlarda amalga
oshiriladi:
1.Musiqa bilan yurish ( marsh sadolari ostida shaxdam qadam
tashlab yurish.
2. Musiqa bilan yugurish ( joyida yoki xona bo‘ylab).
3. Musiqali gimnastika (qo‘l, gavda harakatlari, mashqlar)
4. Aerobika (raqs bilan bogliq o‘yin- mashqlar).
Mazkur faoliyatlardan musiqa darslarining musiqaga mos raqs va
ritmik harakatlarni bajarishda ijodiy foydalanish o‘quvchilarning musiqa
mazmunini, uning xarakterini, ritmini, o‘lchov xususiyatlarini tushunib
yetishlariga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga ularnin safda to‘g‘ri turish,
harakatlarni birgalikda musiqa ohanglariga mos ravishda bajarishga
o‘rgatadi. Bu esa o‘z-o‘zidan ham jismoniy ham estetik tarbiyaning
maqsadlariga mos keladi.
Hozirgi vaqtda umumta’lim maktablarida yosh avlodni ma’naviy
barkamol, jismoniy jihatdan sog‘lom qilib tarbiyalashga iddiy e’tibor
berilayotgani bejiz emas. Zero, har tomonlama barkamol avlodni
tarbiyalashni jismoniy va estetik tarbiyasiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Boshlang‘ich cinf o‘quvchilari psixoligik jihatdan diqqat-e’tiborlari
noturgun, tez o‘zgaruvchan, harakatlari o‘ynga moyil bo‘ladi. Bu esa
,musiqa darslarida faoliyatlarni almashtirib turish, raqs va ritmik
harakatlar bajarishni musiqa va jismoniy tarbiya bilan bog‘liqlikda
o‘tkazilishini taqozo etadi. Bunday darslar bolalarga yaxshi kayfiyat va
tetiklik baxsh etadi.
Musiqa darslarida raqs va ritmik harakatlarni bajarish uchun
oldindan tayyorgarlik ko‘riladi. Eng avvalo o‘quvchilar bu faoliyatga
tayyorlanib kelishlari lozim. Bu quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq
keladi:
1. Raqs va ritmik harakatlar (yoki gimnastika) bajarish uchun
o‘quvchilar
maxsus kiyimlarda bo‘lishlari lozim.
2. Mashgulot uchun mavzuga mos musiqalar , texnik vositalar
tayyorlab qo‘yiladi.
3. Mashgulut o‘tiladigan joyda ham talab darajasida kerakli jihozlar
bilan ta’minlanishga e’tibor qaratiladi.
4. Mashg‘ulotda musiqa o‘qituvchisi bilan birgalikda jismoni tarbiya
o‘qituvchsining hozir bo‘lishi mashg‘lotning caviyasini oshiradi.
Dars odatdagicha reja asosida boshlanadi. Musiqa tinglash, qo‘shiq
kuylash faoloyatlari bajariladi, o‘tgan darsni mustahkamlash ishlari amalga
oshirilad. Darsning 25-30 daqiqalari oralig‘ida reja bo‘yicha “raqs va ritmik
219
harakatlar bajarish” faoliyatiga kirishiladi. Bunda hamma narsa oldibdan
pishiq va puxta o‘ylangan ssenariy asosida bajarilishi lozim. O‘quvchlar
|