229
Buxoroda yashovchi bir afg‘on yigiti bundan xabardor bo‘lib qolibdi.
U qo‘li gul usta bo‘lib, hatto quruq yog‘ochga ham «jon kiritib»
yuborarkan.
Hunarini ishga solib, tovusga o‘xshagan bir asbob yasabdi.
Uni olib xonning saroyiga boribdi.
Xonga ro‘baro‘ bo‘lib: «Men qizingizni tuzataman», — debdi. Xon
rozi bo‘libdi. Afg‘on yigit boqqa kirib, qizning yoniga kelibdi-da, o‘zi
yasagan tovussimon asbobni chala boshlabdi.
Asbobning goh hazin, goh
mungli, goh jo‘shqin kuyiga berilib ketgan xonning qizi asta-asta uyquga
ketibdi. «Uyqu dardga davo, bemorga shifo», deb bejiz aytishmagan.
Afg‘on
yigit asbobini chalaveribdi, xonning qizi maza qilib uxlayveribdi.
Bora-bora afg‘on yigiti uni yaxshi ko‘rib qolibdi.
Qizga mehri oshgan sari qo‘lidagi asbobi yanada boshqacharoq
bo‘zlayveribdi. «Qizim nima bo‘ldiykin, bir xabar olay», deb boqqa
chiqqan xon qizining uyqu og‘ushida, yonidagi afg‘on yigiti esa qo‘lidagi
asbobni bo‘zlatayotgan holda ko‘rib: «Tag‘in qizimning
boshini aylantirib
qo‘ymasin», deb o‘ylab, yigitni bog‘dan haydab chiqaribdi. Shu tariqa qiz
tuzalib ketibdi. Afg‘on yigitini ko‘p yo‘qiatibdi, topolmabdi. Xon qizining
tuzalib qolganini ko‘rib, o‘ziga o‘xshagan xonning o‘g‘liga katta to‘y qilib
berib yuboribdi.
Afg‘on yigiti qizning ko‘yida o‘zi yasagan asbobni chalib
yuraveribdi. U chalganda uyqusizlar uyquga ketibdi, kasallar tuzalibdi.
Muhabbati bevaqt xazon bo‘lganlarning dardiga dard qo‘shilibdi. Shu-shu
afg‘on yigiti yasagan asbob «Afg‘on rubobi» deb ataladigan bo‘libdi.
1
Shuning uchun ham musiqa madaniyati darslarida cholh’u
asboblarida ijro etish faoliyat turi eng qiziqarli mashg‘ulotdir.
Bolalar
cholg‘u asboblari jonli tovushli o’yinchoqlar sifatida har bir o’quvchini
qiziqtiradi. Chapak va bolalar cholg‘u asboblarida ritmik jo’r bo’lish,
musiqaning xarakteri va obrazlarni chuqurroq his etishda, ularga xos
emotsional tuyg‘ular hosil etish, ayniqsa, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.