• MAKTAB TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING KOMPOZITSION FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. Mamurova Dilfuza Islamovna
  • Bobomurodova Maftuna
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Adabiyotlar 
    1. Z.A.Raxmonqulova va boshqalar. Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar 
    xodimlarini o
    ʻ
    qitish bo
    ʻ
    yicha seminar modullari. Toshkent - 2010. 
    2. N.N.Azizxo
    ʻ
    jaeva “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” 
    O
    ʻ
    zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg
    ʻ
    armasi nashriyoti. Toshkent-2006. 
    MAKTAB TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA 
    O‘QUVCHILARNING KOMPOZITSION FIKRLASH 
    QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. 
    Mamurova Dilfuza Islamovna
    Buxoro davlat Pedagogika instituti “Musiqa va 
    tasviriy san’at ” kafedrasi dotsenti 
    Bobomurodova Maftuna 
    Buxoro davlat Pedagogika instituti magistranti 
    Bugungi kunda jahonning qaysi bir rivojlangan mamlakatlarini 
    olmaylik, ta'lim sohasida, ayniqsa maktab yoshidan boshlab san'at, 
    xususan, tasviriy san’at haqidagi bilimlarini rivojlantirishga katta ahamiyat 
    berib kelinmoqda. Mamlakatimizda o‘rta ta'limning yana o‘n bir yillik 
    bo‘lishi va unda kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘quv markazlarining 
    tashkil etilishi, shuningdek akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy 
    ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning badiiy va estetik 
    tarbiyasiga katta e'tibor berilmoqda. Insoniyat ma’naviy madaniyatining 
    tarkibiy qismi san’atdir. U musiqa, teatr, kino, badiiy adabiyot, 
    xoreografiya, tasviriy va amaliy bezak san’ati kabi boshqa turlarini o‘z 
    ichiga oladi. San’atning har bir turi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni aks 
    ettirishda har xil vositalardan foydalanadi, masalan, adabiyot - so‘zdan, 
    musiqa - tovushlardan, tasviriy san’at - rang va chiziqlardan va hokazo. 
    Shu bilan birga, har bir san’at turi o‘z ichida yana xillarga va janrlarga 
    bo‘linadi. San’atni tushunish, uning kishilar hayotidagi rolini aniqlash 
    masalasi butun madaniyat tarixi davomida keskin bahs, tortishuvlarga 
    sabab bo‘lib kelgan. Tasviriy san’at inson ongiga tezda ta’sir etib, unda 
    ezgu hislar uyg‘otadigan, kishini ruhlantirib, ma’naviy olamini 


    225 
    boyitadigan san’at turiaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san’at inson 
    shaxsining shakllanishiga va kamolatiga yordam beradigan tarbiyachi 
    hamdir. Bugungi kunda har bir shaxsni grafik bilimga ega bo‘lishi uning 
    o‘ziga ham, jamiyatga ham suvdek zarur. Shunga ko‘ra fransuz faylasufi 
    Didro, bundan qariyb 300 yillar avvaldanoq, - «Qaysi bir mamlakatda rasm 
    chizishni o‘qish-yozish kabi bilsalar edi, bu mamlakat barcha sohalarda har 
    qanday mamlakatni quvib yetadi va ortda qoldiradi» - degan edi. 
    Mamlakatimizda, shaxsan Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan uzluksiz 
    ta’lim tizimini isloh qilish, uni dunyo tajribalariga asoslangan xolda 
    takomillashtirish borasida talaygina amaliy islohatlar olib borilmoqda. 
    Xususan, uzluksiz ta’lim tizimining eng asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta 
    umumta’lim maktablarining ishini rivojlantirish borasidagi ishlar 
    muhimdir. 
    Umumiy ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslari estetik 
    tarbiyaning asosiy vositalaridan xisoblanib, o‘quvchilarni ma’naviy 
    barkamol etib tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy san’at 
    darslarida o‘quvchilar ilmiy bilim asoslarini egallaydilar, borliqni 
    o‘zlashtiradilar, bu esa ularni g‘oyaviy, aqliy, axloqiy, estetik jihatdan 
    tarbiyalashda samarali ta’sir ko‘rsatadi. Tasviriy san’at darslari tarkidida 
    bo‘lgan kompozitsiya, kompozitsion ko‘rish va kompozitsion fikrlash 
    qobiliyatlarini o‘rganish mavzulari, o‘quvchilarga kompozitsiyalar yasash 
    va bu jarayonda qo‘llaniladigan buyumlar, ashyolarni tanishtirish, 
    kompozitsion tuzilgan asarlarini yaratish jarayonini o‘rgatish va shu bilan 
    bir qatorda o‘quvchilarning badiiy-estetik ongini rivojlantirish maqsadida 
    olib boriladi. Tasviriy san’at kompozitsiyasi va ularni o‘rganish darslari 
    o‘quvchilarda 
    ma’naviy 
    dunyoqarashni, 
    g‘oyaviy 
    e’tiqodni 
    shakllantirishda aloxida ahamiyat kasb etadi. U fikrlash qobiliyatini, 
    ko‘rish xotirasini, ijodiy tasavvurni, badiiy didni, estetik hissiyotni 
    o‘stiradi. Tasviriy san’at kompozitsiyasi har bir turi o‘quvchilar ijodiy 
    qobiliyatining o‘sishiga, dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, 
    ya’ni shaxsni har tomonlama kamol toptirishda o‘z hissasini qo‘shadi. 
    Hozirgi vaqtda maktablarimizning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda 
    borliqni faqat ijodiy o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyatni 
    shakllantirishnigina emas, balki ularda go‘zallik qonunlari asosida borliqni 
    qaytadan qurish hissini tarbiyalash hamdir. Jamiyatimizdagi har bir inson 
    qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat’iy nazar go‘zallik va nafislikni 
    ko‘ra bilishi va tushuna bilishi kerak. O‘quvchilarning estetik jihatdan 
    tarbiyalash 
    maqsadida 
    o‘qituvchi 
    ularga 
    tabiatdagi 
    go‘zallikni, 
    shakllarning turli-tumanligini ko‘rsatadi. Bolalarga quvonch, hayajon 
    baxsh etgan tabiat go‘zalliklari, so‘z bilan tasvirlab bo‘lmas rang 
    birikmalari uzoq vaqtlargacha ularning xayolida saqlanadi. Bu jarayonda 
    tasviriy san’at kompozitsiyasi, kompozitsion ko‘rishning alohida o‘rni bor. 


    226 
    Maktab tasvitiy san’at darslarida kompozitsiya asoslarini o‘rgatish va 
    kompozitsion fikrlash qobiliyatini shakllantirish maqsadida ko‘plab 
    metodik ishlar amalga oshiriladi.Bular qatorida qarab chizish, turli 
    elementlardan tashkil topgan kompozitsiyalar tayyorlash va o‘quvchilarga 
    shunday kompozitsiyalar tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqlar.Sayohat va 
    ekskursiya darslari, bundan tashqari san’at galereyalari, muzeylarda 
    o‘tkaziladigan sayohatlar ham kompozitsion fikrlash qobiliyatini 
    rivojlantiradi. Kompozitsion fikrlash qobiliyatini takomillashtirish tasviriy 
    san’at darslarida juda muhim omil sanaladi. Kompozitsion fikrlash 
    qobiliyati orqali o‘quvchi chizayotgan natura holati, uning joylashuv o‘rni, 
    nisbat va o‘lchamlarini bir-biriga mutanosiblashtira oladi. Bu qobiliyatlar 
    esa ko‘plab mashq va takrorlashlar orqali vujudga keladi. 
    Maktab tasviriy san’at darslarida kompozitson fikrlash qoiliyatini 
    takomillashtirish o‘qituvchilar oldida bir necha muhim vazifalarni 
    yuklaydi. Avvalo o‘quvchilarni kompozitsiyani ko‘rish va tushunish 
    qobiliyatini shakllantirish va keyinchalik bu jarayonni tasvirlash 
    jarayonida qo‘llash. O‘qituvchilar bu holatda, har bir o‘quv jarayoni 
    qadam-ba qadam olib boriladi. O‘quvchilarga avvalo kompozitsiya uning 
    tayanch 
    tushunchalari 
    o‘rgatib 
    boriladi. 
    Keyinchalik 
    vazifalar 
    murakkablashtirilgan holda ulardan kompozitsiya tuzish, Ixtiyoriy 
    predmetlarni 
    tanlash 
    talab 
    qilina 
    boshlaydi. 
    Bu 
    o‘quvchilarda 
    kompozitsion fikrlash qobiliyatining ilk bosqichlarini rivojlantiradi. 
    O‘quvchilarga topshiriqlar asta-sekinlik bilan murakkablashtirib borilar 
    ekan, natijalar ham yaxshilanib boradi.Inson badiiy–estetik didi 
    rivojlanishida kompozitsion fikrlash qobiliyatining o‘rni beqiyosdir. 
    Avvalo go‘zallikni xis qilish, uni idrok etish tushunchasi, inson 
    shaxsiyatida aynan atrof muhit tasirida shakllanadi. Kompozitsion fikrlash 
    qobiliyati bizni o‘rab turgan muhitni estetik zavq beruvchi, o‘zgacha 
    ko‘rinishga keltirishga qodir. Kompozitsion fikrlash qobiliyati insonlarning 
    ma’naviy kamolotida, mehnat va estetik tarbiyasida, xalq xo‘jaligidagi 
    mehnatga tayyorlashda alohida ahamiyatga ega. Kompozitsion fikrlash 
    qobiliyati va uni amaliy qo‘llay olish madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, 
    badiiy didning shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadi. 
    Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, kompozitsion fikrlash qobiliyati
    orqali o‘quvchilarda estetik idrok, taqdimot, estetik his-tuyg‘u rivojlanadi. 
    Hissiy tajribalar to‘planadi, nutq boyitiladi. O‘quvchilar fikrlash jarayoni 
    rivojlantiriladi, taqqoslash tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish 
    jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat tomonidan oldimizga 
    qo‘yilgan yetakchi maqsad – har bir yosh avlodning shaxsini har 
    tomonlama kamol toptirish uchun mehnat, axloqiy va estetik tarbiyaning 
    yaqin birligiga erishish ekan, bunday muhim vazifa yechimi sifatifa 
    kompozitsion ko‘rish, fikrlash qobiliyatlarini talim jarayonida yangi o‘quv-


    227 
    ijodiy vazifalar tizimini amalga oshirishni keltirish mumkin, va bu o‘z 
    maqsadimiz tomon yetaklaydigan samarali yo‘l bo‘lib xizmat qiladi. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish