228
Musiqiy tovushning paydo bo‘lishi, psixologik va fizik xususiyatlari
masalasida qadimdan olimlar fikr yuritib keladilar. Masalan: tanbur, dutor,
nay, qashqar rubobi, afg‘on rubobi kabi cholg‘ularni ijro etganda uning
tebranayotgan tovushi havoni goh zichlaydi, goh siyraklaydi, havoning
elastikligi tufayli esa, bunday ketma-ket bo‘ladigan ta'sirlar fazodan
qatlamdan-qatlamga uzatiladi, elastik to‘lqinlar yuzaga keladi. Bizning
qulog‘imizga yetib kelgach, ular quloq pardasiga ta'sir qilib, tovush
sezgisini yo‘qotadi. Eng sokin va eng kimsasiz joylarda ham qulog‘imiz har
doim qandaydir tovushlarni ilg‘aydi. Chunki hamma joyda nimadir
harakatlanadi, tebranib turadi. Kosmonavtlar ba'zi intonatsion tovushlarni
eshshitadilar va turli materiallarning gavdalanishlariga qarab, tovushlarni
payqab boradilar. Ovro‘palik kosmonavtidan biri kosmosga o‘zga sayoraga
uchayotganida islom diniga mansub namoz-qiroatini «ollohu-akbar»
so‘zlarini eshshitganini uzoq-uzoq eslaydi va Arabistondagi sayyohatida
esa ishonib, yerdagi ushbu tovushni eshitib Ollohning borligini anglab
oladi va u shu kundan boshlab xristiyanlikdan islom diniga itoat qiladi va
musulmon bo‘ladi.
Tovush xususiyatlarining inson psixikasiga ruhiy ta'sirbaxsh
tovushlarining bir necha turlari mavjud bo‘lib, bular:
Tabiiy tovush xususiyatlari.
Moddiy-ma'naviy tovushlar.
Texnik-vositalardan tovushlar va boshqalar.
Musiqiy tovush turlaridir.