Sifat koʻrsatkichlari klassifikatsiyasi




Download 7,89 Mb.
bet5/27
Sana01.06.2024
Hajmi7,89 Mb.
#259037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
diplom40

1.2 Sifat koʻrsatkichlari klassifikatsiyasi
Sifat koʻrsatkichlarining nomlarini tanlashni asoslab berish quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:

  • Mahsulotdan foydalanish shartlari va nima maqsadda ishlab chiqarilganligi;

  • Iste’molchi talablarining tahlili;

  • Mahsulot sifatini boshqarish masalalari;

  • Tavsiflanayotgan xususiyatlarning tarkibi va strukturasi;

  • Sifat koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻyilgan asosiy talablar

Sifat koʻrsatkichlari klassifikatsiyasi.
1.1.2-jadval

Xalq iste’moli tovarlarining sifatini nazorat qilish sifatining ijtimoiy, funktsional, ishonchlilik, ergonometrik, estetik, ekologik, xavfsizlik kabi iste’mol koʻrsatkichlarini oʻrganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Zarurat tugʻilsa, tovarlarini sifatini baholash va tahlil qilish iste’molchilarning talablarini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ijtimoiy koʻrsatkichlar maxsus koʻrsatkichlar guruhiga kiradi. Tovarlar sifat koʻrsatkichlari va iste’mol xususiyatlariga koʻra quyidagicha klassifikatsiyalanadi.
Iste’mol xususiyatlariga koʻra quyidagicha klassifikatsiyalanadi.
1.1.3-jadval

Guruhlari

Koʻrsatkichlar

Ijtimoiy mohiyatiga koʻra

Tovarlarni ishlab chiqarishi ijtimoiy zaruriyati, tovarning optimal assortimentiga mos kelishi, ma’naviy eskirishi

Funktsional

Asosiy funktsiyasini bajarishining takomil-lanishi, qoʻllanishda universalligi, yordamchi operatsiyalar bajarishining takomillanishi

Ishonchlilik

Uzoq muddat ta’mirlanmasdan ishga yaroqli holda, oʻz tashqi koʻrinishini yoʻqotmasligi turishi

Ergonometrik

Gigienik, antropometrik, fiziologik, psixofiziologik va psixologik

Ekologik

Tashqi muhitni ifloslantiradigan zararli chiqindilar boʻlishi

Estetik

Koʻzga tashlanuvchanlik, tashqi tuzilishining ratsional boʻlishi. Ishlab chiqarishni bajarilishining mukammal boʻlishi, tovar kovrinishining stabilligi

Iste’molning xavfsizligi

Himoya moslamalarining ishlab chiqarishda qoʻllanilishidagi samaradorligi



Ijtimoiy koʻrsatkichlari Ushbu koʻrsatkichlar mahsulotning ijtimoiy-zaruriy ehtiyojlarga javob bera olishi va uning turli guruh iste’molchilari uchun ijtimoiy ahamiyatini tavsiflaydi.
Bu koʻrsatkichlarga tovarlar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriyati, tovarning optimal assortimentga mos kelishi, ma’naviy eskirish va boshqa ijtimoiy samaralar koʻrsatkichlari kiradi. Tovar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriyati koʻrsatkichi mana shu tovarga nisbatan aholining qondirilmagan talabi hajmining zarurligini ifodalaydi. Tovarga nisbatan qondirilmagan talabning zarurlik darajasi aholining mana shu tovarlarga nisbatan ta’minlanganlik darajasi bilan tavsiflanadi. Masalan, oyoq kiyimlar tipaji bogʻcha yoshdagi, maktab yoshdagilar, qiz bolalar, oʻgʻil bolalar, ayol yoki erkaklar oyoq kiyimlariga boʻlinadi. Tovarning optimal assortimentiga mos kelishi koʻrsatkichi uning mana shu tur mahsulotlari assortimenti sistemasida foydalanilishi ishlarining samaradorligini tavsiflaydi. Ma’naviy eskirish koʻrsatkichi moda yoʻnalishlari oʻzgarishi, mavsum oʻzgarishi yoki yangi sifatli mahsulotning yaratilishi bilan mahsulotni ma’naviy eskrishini koʻrsatadi. Yondosh ijtimoiy samaralar koʻrsatkichilari deb mazkur guruh tovarlarini ommaviy ishlab chiqarish xaridorlarning tovarlarni xarid qilishlariga ta’sirini tavsiflovchi koʻrsatkichlarga aytiladi. Masalan, mazkur guruh tovarlarini ishlab chiqarishganda, boshqa yondosh guruh tovarlariga nisbatan boʻlgan talab keskin oʻzgarishi mumkin. Kiyimlariga nisbatan modalarning oʻzgarishi, kiyinish stilining oʻzgarishi bosh kiyimlarga nisbatan boʻlgan talabni oʻzgartirishi mumkin.

Download 7,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 7,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sifat koʻrsatkichlari klassifikatsiyasi

Download 7,89 Mb.