Mahsulot sifati va sifatni boshqarish




Download 7,89 Mb.
bet4/27
Sana01.06.2024
Hajmi7,89 Mb.
#259037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
diplom40

1.1 Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
Sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni sotish yoki xizmatlar koʻrsatishda faqatgina koʻproq foyda olish uchungina emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham zarurdir. Ma’lum foydalilikka ega boʻlib, sotilish bahosi bilan tannarx oʻrtasidagi farqga ega boʻlgan tovarlar albatta sotilishi kerak. SHunday qilib tovarni sotilishining muhim shartlari haridorning uning kafolatlangan sifatiga ishonch va bahosidir. Mahsulot sifati deb, mana shu mahsulotga nisbatan qoʻyilgan xalq ehtiyoji talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi koʻrinishi, ishlatilishining qulayligiga aytiladi. Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat koʻrsatkichlari deyiladi va turlicha usullar yordamida aniqlanadi. Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroqliligining asosiy elementlari konstruktsiya sifati deyiladi. Konstruktsiya sifatini takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham ortadi.
Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga boshqacha prinsipial talablar qoʻyadi. Chunki hozirgi zamonda har qanday korxona yoki tashkilotning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mustahkam mavqei, raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Har qanday ishlab chiqarishni rivojlantirish va yuksak darajaga koʻtarish uchun uni boshqarish kerak boʻladi. «Boshqarish» iborasini mahsulot sifatiga oid qoʻllaganda, mahsulot sifati va uning raqobatbardoshligini doimiy nazorat qilish, uning belgilovchi shartlar va omillarini maqsadga muvofiq ta’sir qildirish yoʻllari bilan mahsulot sifatini loyihalashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishda uning zaurur darajada oʻrnatilishini, ta’minlanishini va saqlanishini tushunmoq kerak. Mahsulotning sifatini boshqarish operatsiyalari muhandis-texnik, tashkiliy-texnologik, nazorat va boshqa jarayonlarning oʻzaro bogʻliqligi majmuasini tashkil etuvchi tartib doirasida olib boriladi.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
- mahsulot sifati darajasini belgilash;
- mahsulot sifatiga ta’sir koʻrsatuvchi buyum va uni ishlab chiqarish jarayonining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish va oʻrganish;
- mahsulot sifatini boshqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va obyektga ta’sir koʻrsatishga tayyorlanish;
- boshqaruvga tegishli buyruqlarni berish;
- boshqarish natijasida mahsulot sifatining oʻzgarishi haqidagi axborotlarni yigʻish va tahlil qilish.
Mahsulot sifatini boshqarishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarga chamalash;

  • mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish va bashorat qilish;

  • mahsulot sifatini attestatsiya qilish;

  • mahsulot loyihasini chizish va ishlab chiqarishga joriy etish;

  • mahsulot sifatini moddiy-texnika tomondan ta’minlash;

  • ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;

  • mahsulot sifatini oʻlchashni tashkil etish;

  • mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, oʻqitish va tarbiyalash;

  • sifatli mahsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekisda olib borish;

  • ishlab chiqarish vositalarini saqlash, ta’mirlashni tashkil etish;

  • mahsulot sifatini oshirishni ragʻbatlantirish;

  • mahsulot sifatini nazorat qilish;

  • standartlarga, oʻlchash vositalariga va texnik shartlarga rioya qilish;

  • mahsulot sifatini boshqarish huquqini ta’minlash.

Mahsulot sifatini boshqarish tizimi oʻz tarkibiga inson jamoalarini, texnikaviy qurilmalarni, moddiy vositalarni va kuchli axborot oqimini oladi. Mahsulot sifatini boshqarish oʻzida quyidagi boshqarish davrining umumlashgan elementlarini mujassamlashtiradi:
- oldindan aytib berish va rejalashtirish;
- ishlarni tashkil qilish;
- oʻzaro muvofiqlashtirish va tartibga solish;
- faol harakatga keltirish va ragʻbatlantirish;
- nazorat, hisob-kitob va tahlil qilish.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish jarayonlari 2 guruhga bo`linadi:
- ishlab chiqarish tizimini deyarli yuqori darajaga oʻtkazuvchi (mahsulotning deyarli yuqori texnikaviy darajasini va sifatini yaratish va oʻzlashtirishni ta’minlovchi);
- ishlab chiqarish tizimidagi turqgʻunlikni ushlab turish va oʻzlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini rejalashtiruvchi sifat darajasida ta’minlash.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni boshqarishning umumiy nazariyasiga binoan quyidagi ishlardan tashkil topadi:
- boshqarish rejasini ishlab chiqish;
- mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish;
- mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi har qanday ob’yekt (buyum, jarayon)ning holati haqida axborotlar olish va tahlil qilish;
- sifatni boshqarish boʻyicha qaror qabul qilish va ob’yektga ta’sir etish usulini tayyorlash;
-ta’sir etadigan, boshqaruvchi koʻrsatmalar berish;
-ta’sir etadigan, boshqaruvchi koʻrsatmalar berish natijasida ob’yektdagi sifatning oʻzgarishi haqidagi axborotni olish va tahlil qilish.
Odatda, ishlab chiqarishdagi sarf-harajatlarning umumiy miqdori asosiy ishlab chiqarish sarf-harajatlari hamda nazoratga va yaroqsiz, defekt mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan iborat boʻladi. Nazorat qanchalik aniq, asosli oʻtkazilsa, defekt mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yoʻqotishlar shunchalik qisqaradi, nazorat sarf-harajatlari ortadi.

1.1.1 -rasm. Boshqaruv tsikli
Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, texnikaviy nazoratni amalga oshirish bilan bir qatorda sifatni boshqarishning boshqa uslublarini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Boshqaruv oʻzi nima?
Boshqaruv - korxona sharoitida aylanma tsiklda amalga oshuvchi “rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat-boshqaruv” jarayonlarining yigʻindisidir. 1.1.1-rasmda boshqaruv tsikli keltirilgan. Boshqacha aytganda boshqaruvning bu tsikli korxonada sifatni boshqarishning asosi hisoblanadi. Rejalashtirish funktsiyasi loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati tomonidan bozordagi talab-taklifni, kapital sarf-harajatlarining samaradorlik koeffitsentini, korxonaning texnik darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga olgan holda amalga oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi.
Amalga oshirish funktsiyasi konstruktsiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, qoʻllanadigan dastgohlar, mashinalar, instrumentlar turini, shuningdek ishni bajarish va nazorat qilish uslublarini aniqlashni oʻz ichiga oladi.
Nazorat funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan tasdiqlanadi.
Boshqaruvning ta’siri funktsiyasi mahsulotni realizatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni tashkil etishni oʻz ichiga oladi.
Yuqorida sanab oʻtilgan rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat -boshqaruvning ta’siri funktsiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha boʻlimlari boshqaruv va nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni qoʻllab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda ma’suliyat bilan oʻz vazifalarini bajarishlari lozim. SHunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu “iste’molchilarning ehtiyojini qondiradigan, yetarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega boʻlgan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir”
Mahsulot sifatini baholash va uni oshirish uchun sifat darajasini baholash zarurdir. Mahsulot sifatini miqdoriy jihatdan baholash bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat sohasiga kvalimetriya deyiladi. Mahsulotning sifati darajasini baholash mahsulot sifatini sistemasida zaruriy boshqaruv ta’sirini amalga oshirishda asos boʻlib xizmat qiladi. Umumiy koʻrinishida mahsulot sifatini baholash quyidagi 1.1.2-jadvalda keltirilgan bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin.
1.1.2-jadval

Sifat darajasini baholashdan maqsad

Sifat koʻrsatkichlari nomenklaturasini tanlash

Sifatning baza koʻrsatkichlarini tanlash

Uslublarni tanlash va sifat koʻrsatkichlarini aniqlash

Sifat darajasini baholash usulini tanlash

Sifat darajasini baholash

Takliflarni asoslab berish

Qaror qabul qilish

Mahsulot sifati darajasini baholash bosqichlari


Bosqichlarning mazmuni va ularning har birida bajariladigan ishning hajmi mahsulot sifatini baholashdan qoʻyilgan maqsadga bogʻliqdir.
Baholashdan maqsad: Koʻrib chiqish uchun sifatning qaysi koʻrsatkichlarini tanlash, qanday aniqlikda ularning qiymatini aniqlash, buning uchun qanday vositalar zarurligi, baholash natijalarini qanday formada ifodalash va koʻrsatkichlarni qanday qayta ishlash mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Mahsulotning xossa va xususiyatlari miqdoriy hamda sifat jihatdan tavsiflanishi mumkin. Sifat tavsiflari-bular, masalan, mahsulotning zamonaviy moda yoʻnalishiga, dizaynga, ranglarga mos kelishi va boshqalar boʻlishi mumkin. Mahsulotning bir yoki bir necha xossa xususiyatlarining miqdoriy tavsifiga sifat koʻrsatkichi deyiladi. Sifat koʻrsatkichlarini tanlash – mahsulot sifati tarkibiga kiruvchi va uning sifati darajasini baholashga imkon beruvchi mahsulot xususiyatlari miqdoriy tavsifining nomlarini aniqlashdir.

Download 7,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 7,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Download 7,89 Mb.