Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti




Download 7,89 Mb.
bet6/27
Sana01.06.2024
Hajmi7,89 Mb.
#259037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
diplom40

Funktsional koʻrsatkichlar. Mahsulot sifatining funktsional koʻrsatkichlari ularning foydalanish maqsadlariga mos kelishi, moddiy, ma’naviy ehtiyojlarni qondira olish darajasini tavsiflaydi. Bu koʻrsatkichlar asosiy funktsiyalarining bajarilishini takomillashtirish koʻrsatkichi, universallik koʻrsatkichlari va yordamchi operatsiyalarini bajarishni takomillashtirish koʻrsatkichlariga boʻlinadi. Asosiy funktsiyani bajarishni takomillashtirish koʻrsatkichlari iste’molning foydali samarasini, mahsulotning iste’molchilar tomonidan foydalanilganda ma’lum ehtiyojni qondirish darajasini koʻrsatadi. Universallik koʻrsatkichi mahsulotning oʻz oʻrniga qarab ishlatilishi bilan bir qatorda, kishilar uchun foydali boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkinligini koʻrsatadi. Yordamchi funtsktsiyalarning bajarilishini takomillashtirish koʻrsatkichi mahsulotni “inson-mahsulot-tashqi muhit” sistemasida asosiy va yordamchi faoliyatlarini bajarishining yondosh bosqichlarida: transportirovka, oʻrnatish, ta’mirlash, xizmat koʻrsatish, saqlash va boshqa bosqichlarida mahsulotni oʻziga xos xususiyatlarini koʻrsatadi. Yordamchi operatsiyalarni bajarilishini takomillashtirish uchun asosiy faoliyatining bajarilishini takomillashtirishga ham ta’sir koʻrsatadi. Ishonchlilik koʻrsatkichi mahsulotning iste’mol yoki espluatatsiya vaqtida yaroqli holda boʻlishini koʻrsatadi. Bunga toʻxtamasdan ishlashi, uzoqqa chidamliligi, ta’mirlanuvchanlik, saqlanuvchanlik kabi koʻrsatkichlar kiradi. Toʻxtamasdan ishlash koʻrsatkichi mahsulotning ma’lum vaqt davomida toʻxtamasdan ishlatilishi mumkinligini koʻrsatadi. Uzoqqa chidamlilik koʻrsatkichi xizmat koʻrsatish muddati davomida uzluksiz ishlashi mumkinligini koʻrsatadi.
Ta’mirlanuvchanlik koʻrsatkichi mahsulotning realizatsiya qilish jarayonida ba’zi mayda kamchiligini tuzatish mumkinligini koʻrsatadi. Saqlanuvchanlik koʻrsatkichi mahsulotni saqlash va trasportirovka qilish jarayonida va undan keyin ham oʻzining iste’mol qiymatini saqlash xususiyati tushuniladi. Ergonometrik koʻrsatkichlar. Ergonometrik koʻrsatkichlar “inson-mahsulot” sistemasini tavsiflab, insoniyatning ekologik, fiziologik, antropometrik, gigienik xususiyatlarini hisobga oladi. Gigenik koʻrsatkichlar mahsulotni kishilarni mehnat va hayotiy faoliyatining gigenik shartlariga mos kelishini koʻrsatadi.
Antroponometrik koʻrsatkichlar mahsulot konstruktsiyasi undan foydalanilayotgan vaqtda kishilar tanasining tuzilishiga mos kelishini koʻrsatadi. Estetik koʻrsatkichlar. Estetik koʻrsatkichlarga ajralib turuvchanlik, tashqi koʻrinishning ratsional boʻlishi, kompozitsiyasining toʻliq boʻlishi, mahsulotni ishlab chiqarishni bajarishning mukammal boʻlishi, tovar koʻrinishlarining stabil boʻlishi kabi koʻrsatkichlar kiradi. Ajralib turuvchanlik mahsulotga nisbatan jamiyatda shakllangan estetik dunyo qarashlarini aks ettiradi. Bu koʻrsatkich mahsulotni boshqa analogik maqsulotni ajralib turishini, davr talabiga, zamon talablariga, moda yoʻnalishlariga javob berish darajasini koʻrsatadi. Tashqi koʻrinishining ratsional boʻlishi mahsulotni funktsional - konstruktiv mohiyatining toʻgʻri ifodalanishini mahsulotni tayyorlash va ekspluatatsiya qilishning ob’ektiv sharoitlariga mos kelishini tavsiflaydi. Kompozitsiyasini toʻliqligi mahsulot qismlarini organik bogʻliqligini, uning boshqa ansambllariga ham mos kelishini koʻrsatadi. Ushbu koʻrsatkichlar mahsulotni modellashtirishda turli ranglari oʻzaro aloqada qoʻllashda, konstruktsiyalash ishlarini badiiy tasvirlashda, toʻliq kompozitsion yechimga erishishda badiiy vositalardan foydalanish samaradorligini koʻrsatadi. Mahsulotni ishlab chiqarishning mukammal boʻlishi va tovar koʻrinishining stabil boʻlishi mahsulotning estetik jihatdan tashqi koʻrinishiga ta’sir koʻrsatadi va uni ishlab chiqarishda tashqi koʻrinishining mukammal boʻlishi, firma belgilarining aniq boʻlishi, informatsion material va hujjatlarning toʻliq boʻlishi va mahsulot tashqi koʻrinishiga zarar yetmasligi uchun uni oʻrash-joylash ishlarining yaxshi yoʻlga qoʻyish darajasini koʻrsatadi.
Iste’molning havfsizligi koʻrsatkichi mahsulotni ekspluata-tsiya yoki iste’mol qilish, montaj, xizmat koʻrsatish, ta’mirlash, saqlash, ortish va tashishda kishilarning xavfsizligini ta’min-lovchi xususiyatlarini tavsiflaydi. Iste’molning xavfsizligi koʻrsatkichiga misol qilib, kishilarning ma’lum vaqt davomida xatarsiz ishlashi ehtimoli; himoya moslamalarining ishlatilishi; valtli zanjirlarning elektr mustahkamligi kabilarni keltirishimiz mumkin.
Ekologik koʻrsatkichlar mahsulotni ekspluatatsiya qilishda yoki iste’molda atrof muhitga zararli ta’sir koʻrsatishini xisobga olish tabiat muxitiga ishlab chiqarish chiqindilarning tushishini cheklash, biologik resurslardan ratsional foydalanish, ularni saqlash, atmosferani ifloslanish darajasini pasaytirishni ta’minlash kerak. Ekologik koʻrsatkichlarga, atrof muhitga tashlanayotgan zaharli chiqindilarning tarkibi, mahsulotni ekspluatatsiya qilish va iste’molda, ortish, tashishda, saqlashda zaharli gazlar chiqishini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Iqtisodiy koʻrsatkichlar - bu tajriba namunalarni tayyorlash va sinovdan oʻtkazishga ketgan xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, texnik ob’ektlarni ekspluatatsiya qilishdagi xarajatlar va boshqalar. Sifat koʻrsatkichlari fizikaviy koʻrsatkichlar singari oʻlchamga ega boʻlishi yoki ega boʻlmasliklari mumkin. Sifat koʻrsatkichlarining miqdoriy tavsifi deganda ma’lum birliklardagi ularning oʻlchamalari tushuniladi. Masalan, mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt boʻlib, ishchi-soatlarda ifodalanadi.



    1. Download 7,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 7,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti

Download 7,89 Mb.