|
O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti
|
bet | 1/3 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 68,98 Kb. | | #260289 |
Bog'liq TIJORAT LOGISTIKASINING AXBOROT TA\'MINOTI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
“Iqtisodiyot” kafedrasi
3-6 IQTIM-21 guruhi talabasi
RAHMONOV NAMOZNING
TIJORAT LOGISTIKASI FANIDAN BAJARGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: TIJORAT LOGISTIKASINING AXBOROT TA'MINOTI
Tekshirdi:_________________________
Buxoro – 2024
Mavzu: ’’ Ravon karvon ’’ logistika mchjning axborot ta'minoti
Kirish
“Ravon karvon’’ tijorat logistika MCHJining хuquqiy asoslari
Tijorat logistikasining aхborot ta’minoti
Axborot ta’minoti tashkiliylik o`lchovi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'trisidagi qonunda mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, havfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari dahlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'lganligi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi aytib o'tilgan1.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq ho'jaligini modernizaciya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institucional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, hususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investiciyaviy muhitni yahshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga horijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e'tibor qaratilgan2;
Shundan kelib chiqib Respublikamizni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda iqtiosdiyotni barcha tarmoqlari kabi transport kommunikaciya tarmoqini va uning infratuzilmalarini barpo etish, borlarini qayta ta'mirlash va rivojlantirish hozirgi kunni dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
|
| |