• Elektr mashinalarini yurg‘izish usullari
  • Mavzu 13: Sinxron generatorlarni uyg‘otishini avtomatik rostlash




    Download 2,14 Mb.
    bet16/22
    Sana20.08.2024
    Hajmi2,14 Mb.
    #269684
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
    Bog'liq
    Majmua O\'zb O\'tkinchi jarayonlar 2023-2024

    Mavzu 13: Sinxron generatorlarni uyg‘otishini avtomatik rostlash

    Avtomatik rostlash.


    Uyg‘otish tizimlari. Uyg‘otish tizimlari va uyg‘otishni boshqarish tizimlari deganda boshqaruv qurilmalari yordamida uyg‘otish tokini hosil qilish va boshqarish mashina va apparatlari tushiniladi.
    Ba’zida uyg‘otish tizimlarini boshqarish yoki uyg‘otish tizimlari haqida gapirilib, bunda uyg‘otish toklari hosil qilish qurilmalari va uni boshqarishning bir butun umumiy ekanligi tushuniladi.
    Uyg‘otish tizimlarini elektr tizimlaridagi o‘tkinchi jarayonlarga ta’siri juda sezilari bo‘lishi mumkin. SHuning uchun o‘tkinchi jarayonlarni taxlil qilishda uyg‘otish vositalarini ta’sirini ularga talabni tahlil qilish katta axamiyatga ega. Bu erda uyg‘otish vositalarini elementlari “Energosistemani avtomatlashtirish” fanidan xabardor qilinganligi uchun ularni mexanizmlari ko‘rilmaydi.


    Elektr mashinalarini yurg‘izish usullari

    Bizga ma’lumki “Avtomatlashtirish” kursidan sinxron mashinalarni sinxronlash usullari bilan tanishganmiz. Elektr mashinalarini va aynan yuklash nuqtalarida (iste’molchilarda) el mashinalarini yurg‘izish usullari energosistemaning ish jarayoniga o‘tkinchi jarayonlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHuning uchun mashinalarni yurgizish tarmoqqa ulanishni o‘tkinchi jarayonlar nuqtai nazaridan ko‘rib o‘tamiz.


    Dvigatelni ishga qo‘shish yoki qo‘shish rejimi – dvigatelni qo‘zg‘almas holatidan normal tezlik bilan aylanish xolatigacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi . Dvigatel ishga qo‘shish, dvigatel ish rejimini asosiy qismi bo‘lib normal o‘tkinchi jarayon hisoblanadi elektrodvigatellarni loyiqalashtirayotganda ularni elektr yuritmalarini hisoblashda, ushbu dvigatel dan gacha noldan to‘la aylanish tezligiga etishgacha aylana olishliliga hisobga olinadi. Buning uchun

    • dvigatelni qo‘shish vaqti aniqlanadi;

    • qo‘shish jarayoni davomiyligi qanchalik ruxsat etilishi aniqlanadi;

    • qo‘shish maromi aniqlanadi.

    Ushbu masalalar el. yuritmani loyihalashtirish davomida ko‘riladi shuning uchun o‘tkinchi jarayonlarni o‘rganishda qaralmaydi. O‘tkinchi jarayonlarda esa tirimdagi masalalarga e’tibor beriladi, ya’ni qo‘shish vaqtidagi qo‘shish toki, tizim va tarmoqni ishlashiga qarab ruxsat etiladigan qo‘shish toklari inobatga olinadi. Katta qo‘shish toklari kuchlanishni tushuviga olib kelishi bu bilan shu tarmoqdan ta’minlanayotgan boshqa dvigatellarni ish faoliyatini buzishiga va oqibatda, kuchlanishi normal bo‘lganiga qaraganda kamroq tezlanish bilan aylanishga olib kelishi mumkin. Ma’lumki dvigatellarni tarmoqqa ulashda nominal tokga nisbatan tokni qiymati ancha ortiq bo‘ladi. Asinxron dvigatellarda qo‘shish toki nominal tokga nisbati 1,5-2 barobar bo‘lsa (faza rotorli dvigatellarda).
    Qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellarda 5-8 barobar bo‘ladi.

    Qo‘shish shartlari asosan quyidagilarga bo‘linadi:


    A) engil
    B) normal
    V) og‘ir

    1. Engil ulash shartida talab qilinadigan dvigatelni dastlabki aylanish momenti 10-40% nominalni tashkiil etishi kerak;

    2. Normal xolatda 50-75%;

    3. Og‘ir hosatda birlamchi dastlabki moment nominal momenti 100% va undan ortig‘ini tashkil etadi.


    Download 2,14 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




    Download 2,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu 13: Sinxron generatorlarni uyg‘otishini avtomatik rostlash

    Download 2,14 Mb.