• Kesh xotira
  • Intel va AMD protsessorlari.
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim




    Download 1,58 Mb.
    bet10/19
    Sana01.06.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #258749
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
    Bog'liq
    Abdurazzoqov A Zamonaviy protsessorlar xarakteristikasi

    Tezligi (Clock Speed)- protsessorning ish unumdorligini tasvirlovchi asosiy ko‘rsatgich. Bu taktli chastota bo‘lib, Gers (HZ) da o‘lchanadi. Protsessorning bir sekunda bajaradigan amallar soni. Hozirgi kunda uning tezligi GHZ da o‘lchanadi. Agar protsessorning taktli chastotasi 1.6 GHZ bo‘lsa, u sekundiga 1 600 000 ta amal bajara oladi. Taktli chastota qancha yuqori bo‘lsa, protsessor tezligi shuncha yuqori bo‘ladi.
    Yadrolar- muhim ahamiyatga ega ko‘rsatgich. Bu bitta integral sxemada joylashgan protsessorlar soni. U fizik jixatdan bitta platada yasalgan bo‘lsada, alohida parallel ishlovchi protsessorlardan tashkil topadi. Bu protsessorlar ko‘p yadroli hisoblanadi. Uning ishlash tezligi yadrolar soni bilan bog‘liq. Masalan Intel Core 2 protsessorining bitta yadorsi taktli chastotasi 3 GHz bo‘lsa, uning umumiy tezligi 2* 3 GHz=6GHz bo‘ladi. Deyarli hozirgi kundagi barcha protsessorlar ko‘p yadroli hisoblanadi (7.5-rasm). Yadrolar bir-biridan mustaqil ravishda parallel ishlaydi. Va kompyuterning umumiy ishlash tezligi ortadi.
    Kesh xotira- mikroprotsessorning ishlash jarayonida qayta ishlayotgan ma’lumotlarni saqlab turuvchi, eng tezkor xotira bo‘lib, u mikroprotsessorning ichida joylashgan bo‘ladi (7.6-rasm). Uning o‘lchami Mbaytlarda o‘lchanadi. Kesh xotira qancha katta bo‘lsa, protsessorning ish umumdorligi shuncha katta bo‘ladi. Kesh xotira bundan tashqari pog‘onalar bilan markirovka qilinadi. L1,
    L2, L3, L4 –bu pog‘onalarning mavjudligi, protsessorning unumdorligini belgilaydi.





    1. rasm. Yadrolar soni 13-rasm. Kesh stixlari.

    Intel va AMD protsessorlari.AMD va Intel o‘rtasidagi protsessorlarni ishlab chiqarishdagi raqobat ikkalasining ham mahsulotlari doimiy ravishda takomillashtirilib borilishiga olib keldi va bugungi kunda ular sifat jihatidan ancha taqqoslanadi, aks holda kimning protsessorlari yaxshiroq degan savol tug'ilmaydi. Biroq, yaqin vaqtgacha AMD Athlon protsessorlari shunga o‘xshash Intel mahsulotlariga qaraganda ko‘proq mashhur edi. Bir muncha vaqt o‘tgach, o‘ziga xos «ikki hokimiyat» o‘rnatildi, unda aniq rahbar yo‘q edi. AMD'ning Phenom protsessori va Intel'ning Core 2 Duo protsessorlari ishlash va funksionallik jihatidan juda o‘xshash edi. Shu bilan birga, AMD asosan byudjet protsessorlari ishlab chiqaruvchisi o‘rnini egalladi, bu ko‘plab yangi haridorlarni jalb qildi. Intel o‘ch olish uchun uzoq kutishga to‘g‘ri kelmadi – kompaniya Nehalem arxitekturasida ishlaydigan i5 i3 protsessorlarini chiqardi. AMD tomonidan munosib javob bo‘lmadi va Intel yetakchi o‘rinni egalladi.
    INTEL protsessorlarining afzalliklari


    1. Ilovalar bilan ishlashda yuqori unumdorlik.

    2. Nisbatan kam quvvat sarfi.

    3. Ushbu protsessor uchun juda ko‘p optimallashtirilgan o‘yinlar va ilovalar mavjud.

    4. AMD hamkasblariga qaraganda yuqori o‘yin ko‘rsatkichlari.

    5. Juda yaxshi «overclocking» potentsiali, ayniqsa «K» indeksli so‘nggi protsessorlarda.Ishdagi barqarorlik.

    INTEL protsessorlarining kamchiliklari



    1. Platforma protsessorlarning yangi qatorining har bir chiqarilishi bilan o‘zgaradi (LGA 1155 soketli protsessorlardan tashqari).

    2. Ikkitadan ortiq kuchli ilovalar bilan ishlay olmaydi.

    3. “K” indeksli i7-i5 protsessorlari ayniqsa kuchli sovutishga muhtoj.

    4. Nisbatan yuqori narx.


    Intel kompaniyasi 10-yadroli protsessorni ommaga yangi Core X protsessorlari qatorini taqdim etdi. Yangi avlod protsessorlari orasida eng ko‘zga tashlangani 18 yadroli 36 qatorli Core i9- 7980XE protsessori bo‘ldi. U 16-yadroli AMD Ryzen Threadripper protsessorini ortda qoldirmoqda.
    O‘ta kuchli ko‘p qatorli yangi protsessorlar eng talabchan foydalanuvchilarni ham qanoatlantirishi kerak. Masalan, 4K o‘lchamli o‘yinni o‘ynash barobarida o‘yin jarayonini Twitch xizmati orqali bevosita HD formatda onlayn efirga jonli uzatishni xohlovchilar ham undan bemalol ko‘ngli to‘ladi. Agar 18 yadro juda ortiqcha deb o‘ylasangiz, Core X 16 , Core X 14 va Core X 12 protsessorlaridan birini tanlashingiz mumkin. Yangi protsessorlar 10 yadroli protsessorlar kabi 140 vattlik TDP (thermal design power yoki thermal design point)ga ega.
    Yangi protsessorlar LGA 2066 soketi va X299 chipseti bilan jihozlangan Motherboard platalariga mos keladi. Yangi Motherboard joriy yil iyun oyidan savdoga chiqariladi. Yangi soket LGA 2011 o‘rnini egallaydi va stol kompyuterlar samaradorligini sezilarli oshirish imkonini beradi. Barcha i9 protsessorlari 3,3 GGs chastotali bo‘lib, Intel Turbo Boost Max 3.0 texnologiyasi yordamida 4,3 GGs tezlikkacha ishlay oladi.
    AMD protsessorining afzalliklari
    Nisbatan past narx va narx / ishlash nisbati.

    1. Yuqori multiplatforma, ya'ni kompyuteringizni vaqti-vaqti bilan minimal harajat va murakkablik bilan yangilash imkoniyati.

    2. Ko‘p vazifalilik, ya'ni bir vaqtning o‘zida ko‘plab ilovalar bilan ishlash imkoniyati.

    3. «Overclocking» imkoniyati, kamida 10-20% ga.

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




    Download 1,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim

    Download 1,58 Mb.