|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti
|
bet | 6/8 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 496,75 Kb. | | #153986 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vaziHIND OKEANI
Hind Okeanı - kattaligi jihatidan dunyodagi uchinchi yirik okeandir. Yer maydonining taxminan 20% egallagan. Gʻarbdan Afrika va Arabiston yarimoroli, shimoldan Osiyo, sharqdan esa Hindiston yarimoroli, Zond orollari va Avstraliya bilan oʻralgan. Yuzasi Qırmızı dengiz va Fors koʻrfazi bilan birga 73,556,000 km², hajmi 292,131,000 km³-dir.
Hind okeani — Dunyo okeanining bir qismi. Shimoliy tropik chizigidan deyarli butunlay janubida. Okeanning tabiatiga uning atrofini oʻrab olgan barcha materiklar, ayniqsa, Yevrosiyo materigi katta taʼsir koʻrsatadi. Janubiy qismida Hind okeani Atlantika va Tinch oke-anlari bilan katta masofada tutashib turadi. Atlantika okeani bilan chegarasi shargli ravishda Afrika janubidagi Igna burni meridiani (20° shq.u.), Tinch okean bilan chegarasi Tasmaniya o.dagi Janubiy burun meridiani (147° shq.u.) orqali oʻtkaziladi. \.o.ning Shimoli-sharqda Tinch okean bilan chegarasi murakkab: Malakka yarim oroldan Sumatra o. shimoliy qismiga oʻtadi, soʻngra Sumatraning janubi-gʻarbiy, Yava, Sumbava, Timor o.larining janubiy qirgoqlari boʻylab oʻtib, Yangi Gvineyaning gʻarbiy qirgʻogiga borgach, orolning janubiy qiryugʻi boʻylab oʻtib, Avstraliyaning Iork burni meridi-aniga, keyin shu meridian boʻylab Avstraliyaga boradi. Soʻngra Avstrali-yaning shim., gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlari boʻylab oʻtib, Tasmaniya o.ga boradi. Shimolidan Osiyo, garbdan Afrika va janubidan Antarktida oʻrab turadi. Hind okeani Tinch okeandan farq qilib Yer poʻstining barqaror materik tuzili-shiga ega boʻlgan palaxsalari —- Gon-dvana materigi boʻlaklari bilan oʻralgan. Faqat Shimoli-sharqda yosh, tektonik geosinklinal mintaqa bilan chegaralangan. Bu yerda tektonik harakatlar kuch-li, yer qimirlashlar tez-tez boʻlib turadi. Hind okeani maydoni 76,17 mln. km², kattaligi jiqatdan 3-oʻrinda. Suv hajmi 282,7 mln. km\ oʻrtacha chuq. 3711 m, eng chuqur joyi 7729 m (Zond novi). Qirgʻoq chizigʻi ancha tekis, faqat shimoliy va Shimoli-sharqda egri-bugri joylar bor. Bu yerda qoʻltiq (Adan, Ummon, Fors, Bengaliya va boshqalar) va dengiz (Qizil, Andaman, Timor, Arafura va boshqalar) koʻp. Hind okeanida orol kam. Eng katta orollari — Madagaskar, Shri Lanka, Sokotra, Tasmaniya. Okeanning oʻrta qismida vulkan orollar: Maskaren, Qamar, Andaman, Nikobar, Kergelen va boshqa bor. Tropik mintaqalardagi suv osti vul-kan togʻlarida marjon orollar koʻtarilib turadi: Maldiv, Lakkodiv, Chagos orollari va boshqaHind okeani juda katta masofada Antarktida bilan tutashib tursada, boshqa okeanlarga nisbatan ancha iliq. Chunki janubiy tropik chizigʻi okeanning deyarli oʻrta qismidan kesib oʻtadi. Relyefi va geologik tuzilishi. Hind okeani botigʻi ancha yosh boʻlib, mezozoy erasida qad. Gondvana materigi (quruqligi)ning parchalanishi, quruqlik palaxsalarini siljib keti-shi, qad. Tetis va Tinch okeanlari Yer poʻstining parchalanishi natijasida 70—65 mln. yillar avval hozirgi shaklini olgan. Botiqning taraqqiyot tarixi hozirgi suv osti relyefida oʻz aksini topgan. Materiklarning suv ostidagi davomi okean maydonining 30% ga yaqinini tashkil etadi. Afrikaning suv ostidagi davomi shelfning en-siz ekanligiga qaramay, Agulyas sayozligi, Mozambik, Madagaskar suv osti togʻlari hisobiga ancha keng maylonni egallagan. Madagaskar suv osti doʻngligi va Madagaskar o.ni kichik konti-nent deyish mumkin. Zambezi daryosi quyilish joyidan Somali yarim orolgacha boʻlgan materik sayozligida marjon qurilmasi koʻp. Yevrosiyo shelfi ancha keng maydonni egallagan. Arabiston dengizi va Bengaliya qoʻltigidagi materik sayozligi, asosan, daryo choʻkindilaridan qosil boʻlgan. Hind okeanida oraliq mintaqa (materikdai okeanga tektonik oʻtish zonasi) uning Shimoli-sharqiy qismida nisbatan kichik masofada ifodalangan. Unga Andaman dengizi, Zond o.lari yoyi (Sumatra, Yava, kichik Zond o.lari), Yava, Timor, Kay botiqlari kiradi. Bu srda 30 dan ortiq vulkan mavjud. kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Hind okeanida okean oʻrtaliqtizmalari maydoni 17% ni gashkil etadi. Ular okean oʻrtasidan 3 yoʻnalishda davom etadi. Ara-biston, Gʻarbiy Hind, Afrika—An-tarktika, Arabiston — Hindiston, Markaziy Hind, Avstraliya—Antark-tika koʻtarilmalari Arabiston, Soma-li, Madagaskar, Mozambik, Agulyas, Kroze, Afrika—Antarktika, Markaziy, Janubiy Avstraliya, Avstraliya— Antarktika soyliklarini bir-biridan ajratib turadi. Okeanning eng chuqur joyi Yava botigʻidagi Zond novi, 7729 m. Okean osti yotqiziqlari orasida foraminifera gili koʻp. Soyliklarning chuqur qismlarida chuqur suv qizil gillari, ekvatorial mintaqada radiolyariy gillari tarqalgan. Hind okeanida foydali qazilmalardan Markaziy soylikda temir-marganets konkretsiyalari, Afrika janubiy va Arabiston yarim orol yaqinida fosforit koʻp. Materik sayozligi qumlaridan ilmenit, rutil, sirkoniy, monatsit, magnetit ajratib olinadi. Kassiteritning sochma konlari bor. Qirgʻoqlarda qurilish materiallari: chigʻanoqli ohaktosh, shagʻal, qum, glaukonit, dolomit, ol-tingugurt olinadi. Hind okeani qavzasi, ayniqsa, Jan.-Gʻarbiy Osiyo neft va gazga boy. Okean shelf zonasida ham neft va gaz konlari topilgan. Gidrologik rejimi. Hind okeani janubiy yarmidagi oqimlar Atlantika va Tinch okeanlardagiga oʻxshash. Subtro-pik yuqori bosim taʼsirida soat millari harakatiga teskari yoʻnalishda aylanma oqimlar tizimi yuzaga kela-di: Janubiy passat, Madagaskar, Mozam-bik, Agulyas, Gʻarbiy Shamollar, Gʻarbiy Avstraliya oqimlari. Okean shimolidagi oqimlarga musson shamollari katta taʼsir koʻrsatadi. Qishda musson oqimining eng katta tezligi 2,1—2,9 km/soatdan oshmaydi, oʻrtacha yillik tezligi 3,6 km/soatga geng. Af-rikaning Shimoli-sharqiy qirgʻogʻi yaqinida Somali oqimi vujudga keladi. Suv qalqishi yarim sutkalik va notoʻgʻri sutkalik xususiyatga ega. Eng katta suv qalqishi Kambey qoʻltigʻida (balandligi 12 m) yuzaga keladi. Hind okeanining shimoli-sharqiy chekkalari kuchli seys-mik zona boʻlganidan sunami koʻp kuzatiladi. Hind okeanida Janubiy Hind yuqori bosim markazi, Ekvatorial past bosim markazi, Osiyo materigidagi fasliy oʻzga-ruvchan bosim markazi havo qarakatlarini belgilovchi omildir. Qishda xavo bosimi Yevrosiyodan okean markaziga tomon pasayib boradi. Okeanning shimoliy qismida qishki musson shamollari esadi. Yozda Janubiy Osiyo minimumi markazi tarkib topadi. Janubiy Hind okeani maksimumi kuchayadi. Natijada janubidan shimolga shamol esadi. Yerning oʻz oʻqi atro-fida aylanishi natijasida bu shamol Shimoli-sharqqa burilib, yozgi mussonni tashkil etadi. Shamol tezligi 8–9 m/ sek. Janubiy Hind okeani yuqori bosimi 30° dan janubidagi kengliklarda boʻladi. Antark-tika yoni past bosimli markazga yil davomida tezligi 5 m/sek. boʻlgan doimiy gʻarbiy shamollar esadi. Baʼzan shamol tezligi kuchayib, dovulga aylanadi. Kergelen o. va uning yon atrofi dunyoda dovul eng koʻp boʻladigan joy hisoblanadi. Okeanda suv harorati qavo harorati oʻzgarishiga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. Suvining temperaturasi yuza qismida 20°, eng janubida 0° dan past. Eng yuqori temperatura Qizil dengiz va Fors qoʻltigʻida kuzatiladi: 30—32°. Shoʻrligi shimoli-gʻarbiy qismida 35,5— 36%g, Qizil dengiz va Fors qoʻltigʻida 40—41’^g, eng kam shoʻrlik Bengaliya qoʻltigʻi va Malayya o.lari atro-fida boʻlib, 30 — 34%g. Hind okeanida muzlar hosil boʻlishi Antarktida yaqinida kuzatiladi va shamol hamda oqimlar taʼsirida avgustda 55° j.k. va fevralda 65—68° j.k.largacha yetib boradi. Aysberg 40 va 80° shq.u.larda ayniqsa koʻp.
Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. Hind okeani 2 ta biogeografik ob-lastga kiradi. Hind—Tinch okean tro-pik oblasti va Antarktika oblasti. Hind— Tinch okean oblasti planktonga boy. Fitoplankton, asosan, diato-meya va peridineya, shuningdek, havorang-yashil suvoʻtlardan iborat. Radio-dyariy, foraminifera, amfipodalar ayniqsa koʻp. Moʻʼtadil va antarktika mintaqalarida eng koʻp tarqalgan planktonlar diatomeyalardir. Fitobentoslardan tropik mintaqada sargasslar, turbinariylar tarqalgan. Ohaktoshli suvoʻtlar marjonlar bilan birga marjon qurilmalarini hosil qiladi. Hind okeanining suzib yuruvchi jonivorlari ham juda xilma-xil. Baliqlardan sardinella, anchous, stavrida, mayda tuneplar, kefal. dengiz laqqa baliqlari bor. Tosh-baqa, dengiz ilonlari yashaydi. Sut emizuvchilardan kit, kashalot, del-fin, tyulen, dengiz fillari mavjud. Qushlardai chayka, baklan, albatros, janubida pingvinlar yashaydi. Endemik hayvon koʻp: ignaterililar, mollyus-kalar, marjonlarning koʻp oilalari, baliqning 20 ta oilasi endemikdir. Antarktika oʻlkasidagi 90% baliq ep-demik hisoblanadi. I q. t i s o d i y g ye o g r a f i k o ch ye r k. Hind okeanining biologik mahsuldorligi turli qismlarida turlicha. Oke-anping qirgʻoqboʻyi qismlari, ayniqsa, shimoliy qirgoqboʻyi mahsuldor boʻlib, sutkasiga 250–500 mg/m:ga teng. Eng yuqori biologik mahsuldorlik Arabiston dengizida, sutkasiga 600 mg/m2. Hind okeanining biologik boyliklari Atlantika va Tinch okeanlarnikidai kam emas. Biroqtoʻliqfoydalanilmaydi. Jahopda ovlanadigan baliqning 3— 5%, yaʼni 3 mlm. t si Hind okeaniga, uning 1,5 mln. t si Hindistonga toʻgʻri keladi. Yaqin va Oʻrta Sharq shelf zonasida neft va gazning yirik konlari topilgan. Hindiston, Sharqiy Afrika, Gʻarbiy Avstralim shelf zonalari istiqbolli hisoblanadi. Hindiston, Shri Lanka, Gʻarbiy Avstraliyaning sohil qismidagi qumlar ilmenit, pirkon, rutil va monatsit sochilmalariga boy. Oksanning markaziy chuqur qismidagi temir-marganets kon-kretsiyalar jadal ravishda qazib olinmoqda. Hind okeanining transport ahamiyati katta. Hind okeanidan oʻtgan tranzit yoʻllar Atlantika va Tinch okean portlarida tugaydi. asosiy dengiz yoʻllari okeanning shimoliy qismida kenglik boʻylab, Fors qoʻltigʻidan Afrika qirgʻoqlari orqali Atlantika okeaniga oʻtadi. Suvaysh kanali orqali oʻtgan suv yoʻli ham muhim ahamiyatga ega. Hind okeani qirgʻoqlarida Rastannura (Saudiya Arabistoni), Xark (Eron) va boshqa maxsus neft portlari, Adan, Mumbay, Kal-kutta, Karochi, Yangon va boshqa universal portlar joylashgan. Hind okeanining asosiy ekologik muammolaridan biri okean suvining turli chiqindilar bilan ifloslanib borayotganligi. Bunda neft va uning mahsulotlari bilan ifloslanish 1-oʻrinda. Sanoat chiqindilari bilan birga suvga koʻp miqdorda mis, rux, margimush, surma, vismut tushadi. Ular muhitning fizik-kimyoviy holatiga taʼsir koʻrsatadi. Okean suvini, xususan, Fors qoʻltigʻi suvini chiqindilar bilan if-loslanishiga qarshi kurashish uchun 1978-yilda Kuvayt protokoli imzolandi. 1981-yilda shunday shartpoma Qizil dengiz va Adan qoʻltigʻi haqida ham tuzilgan. 1983-yilda Vellingtonda Antarktika florasi va faunasini muho-sraza qilish toʻgʻrisida konvensiya imzolandi. 1984-yilda Sharqiy Afrika qirgʻoqlari yaqinidagi suv muhitini muhofaza qilish rejasi tuzildi. Bularga muvofiq okeanning turli qismlarida tabiat, hayvon va oʻsimliklarni muhofaza qilish maqsadida rezer-vatlar tashkil etilgan. Oʻ r g a n i l i sh t a r i x i. Hind okeani haqidagi lastlabki tasavvurlarga uning sohillarida yashagan xalkdar ega boʻlganlar. Ular savdo va harbiy maqsadlarda Hind okeanining turli qismlarida suzishgan. Miloddan avvalgi 5—4- ming yilliklarda Mesopotamiyada yashagan shumerlar Fors qoʻltigi va Arabiston dengizida suzganlar. Finikiyaliklar esa miloddan avvalgi 4-asrda Qizil dengizdan chiqib, Afrikaning sharqiy va janubiy qirgʻoqlari boʻylab aylanib chiqqanlar. Oʻrta dengiz boʻyida yashagan xalqlar okeanla musson shamollardan foydalanib suzishgan. Yunop va rimliklar Ben-galiya qoʻlgigi orqali Janubi-Sharqiy Osiyo va Xitoy bilan aloqalar oʻrnatganlar. Arablar 1— 8-asrlarla okean toʻgʻrisida juda koʻp maʼlumot toʻplashgan. 1441-yilla Abdurazzoq Samarqandiy Hindistonga dengiz orqali sayohat qilgan. Hind okeani va uning sohillari va Hindiston toʻgʻrisida goʻplagan maʼlumotlarini "Ikki saodatli yulduzning balqishi va ikki dengizning qoʻshilishi" asarining 2 bobida bayon etgan. Undan 27 yil keyin Hind okeaniga Afanasiy Nikitin, 56—57 yildan soʻng portugaliyalik sayyoh Vasko da Gama borgan. Ibn Mojid ham oʻz asarlarida Qizil dengiz, Fors qoʻltigʻi, Hind okeanida kemalarning suzish yoʻnalishlarini tavsif-lab bergan. Hind okeani qirgʻoqlarini aniqpash, geogra-fiyasini oʻrganishga bagishlangan dengiz ekspeditsiyalari 18-asr oxirlaridan boshlandi. 1772—75 yillarda J.Kuk, 1803—06 yillarda I.F.Kruzenshtern va Yu.F.Lisyanskiy, 1815-16 va 1823-26 yillarda O.Ye.Kotsebu tadqiqot ishlari olib borishdi. 19—20-asr boshlarida Hind okeanini oʻrganish ishlari kengaydi. 1857—69 yillarda Arabiston dengizi va Bengaliya qoʻltigʻida suv osti telegraf kabellarini oʻtkazish maqsa-dida okean tubi oʻrganildi. 1898—99 yillarda Germaniya tashkil etgan chuqur suv ostini oʻrganish ekspeditsiyasi Sharqiy Hindiston va Arabistoi — Hindiston suv osti togʻlarini kashf etdi. 1906-yilda yana bir nemis kemasida olib borilgan oʻlchash ishlari natijasida Yava botigʻi kashf etildi. 20-asrda Hind okeanini Xalqaro geofizika yili dasturi asosida "Ob", "Lena" kemalarida tashkil etilgan ekspeditsiya oʻrgandi. 1959—60 yillarda AQSH oke-anshunoslari Gʻarbiy Hind sun osti tizma togʻlaripi kashf etdilar. 1960— 65 yillarda Hind okeanida Xalqaro ekspsditsiya boʻlib, uning dasturiga okeapni har tomonlama toʻliq oʻrganish kirtildi, unda 20 ga yaqin mamlakat olimlari ishtirok etdi. Ekspeditsiya 2000 dan ortiq okeanologik stansiya tashkil qildi. Hozirgi vaqtda suv osti apparatlari yordamida ham kuzatish ishlari olib borilmoqda. 2004-yil dekabrda roʻy bergan zilzilalar va sunamidan keyin oke-anni oʻrganish yana kuchaytirildi.
|
| |