O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti




Download 496,75 Kb.
bet7/8
Sana09.02.2024
Hajmi496,75 Kb.
#153986
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vazi

ATLANTIKA OKEANI — Yer sharida kattaligi jihatidan Tinch okeandan keyin 2 – oʻrinda turadigan okean. Tabiiy geografik ocherk. A. o. shimolda Grenlandiya va Islandiya o. lari, sharqda Yevropa hamda Afrika, gʻarbda Shim. va Jan. Amerika, jan. da Antarktida orasida joylashgan. Uzunligi shim. dan jan. ga 15 ming km, enining eng kambar joyi 2830 km (ekvator yaqinida). Mayd. dengazlari bilan birgalikda 91140,8 ming km2, oʻrtacha chuq. 3332 m, suvining oʻrtacha hajmi 337541 ming km3 (dengizlarsiz mayd. 82441,5 ming km2, oʻrtacha chuq. 3926 m va suv hajmi 323613 ming km3). Atlantika okeani orollarining koʻpchiligimateriqdan ajralib chiqqan boʻlib, qirgʻoqlar yaqinidadir (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Nyufaundlend, Katta Antil va qisman Kichik Antil o. lari, Kanar, Yashil Burun, Folklend o. lari va b.). Okeanning ichki qismida orol kam. Borlari ham vulkan orollaridir (Azor, San-Yelena, Tristanda-Kunya va b.). Relyefi va geologik tuzilishi — A. o. tubidagi ulkan Oʻrta Atlantika tizmasi okeanni gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlib turadi. Bu tiz-madan gʻarb va sharq tomonlarda suv osti platolari, tizmalar va balandliklar bor. Balandliklar gʻarbda Labrador, Shim. Amerika, Gviana, Braziliya, Argentina va b. soyliklarni; sharqda Gʻarbiy Yevropa, Shim. Afrika, Gvineya, Angola, Kap, Agulyas soyliklarini; jan. da Afrika-Antarktida soyliklarini ajratib turadi. Bu soyliklarning chuq. 3000 m dan 7200 — 7300 m gacha. Eng chuqur joylari 8385 m, 8428 m. Suv osti togʻlarining tepalari ayrim joylarda suv yuzasidan koʻtarilib turadi (Bermuda, Azor, Kanar, Yashil Burun, Fernandu-di-Noronya, San-Yelena, Tristanda-Kunya o. lari va b.). Okean tubidagi choʻkindilarning qalinligi baʼzi joylarda 800 — 1000 m ga yetadi. Tub jinslar materik yon bagʻirlarida chiqib qolgan. Chunonchi Oʻrta Atlantika tizmasi qirrasida bazalt va gabbro kabi jinslar uchraydi. Atlantika okeani meridian boʻylab katta masofada choʻzilganligidan okean yuzasida iqlim sharoiti juda xilma-xil. Atlantika okeani shimolda ekvatorial iqlim mintaqasidan subar-ktika iqlim mintaqasigacha va jan. da Antarktika iqlim mintaqasigacha boʻlgan iqlim mintaqalarini oʻz ichiga olgan. Atlantika okeanining katta qismi, yaʼni 40° sh. k. bilan 40° j. k. orasi ekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalaridadir. Atlantika okeani ustida Islandiya va Antarktida atmosfera minimumlari, Shim. Atlantika va Jan. Atlantika atmosfera maksimumlari vujudga keladi. Ana shu atmosfera markazlari taʼsirida oʻrtacha kengliklarda kuchli gʻarbiy shamollar, Shim. va Jan. yarim shardagi subtropik va tropik kengliklarda esa shim.-sharqiy va jan.sharqiy (passat) shamollar hosil boʻladi. Eng kuchli sha-mollar Atlantika okeanining Jan. yarim shardagi oʻrtacha kengliklarida esadi. Shim. tropik kengliklarda iyundan okt. gacha davom etadigan kuchli boʻronlar boʻlib turadi. Havo t-rasi qishda, fev. da (A. o. ning jan. qismida esa avg. da) ekvatorda 25° boʻlsa, 60° sh. k. da 0°, 60° j. k. da — 8 dan —10° gacha boʻladi. Atlantika okeanining chekka shim. gʻarbi va jan. da t-ra — 25° va undan pastga tushadi. Yezda, yaʼni avg. oyida esa (A. o. ning jan. qismida fev. oyida) t-ra ekvatorda 26 — 28° boʻlsa, 60° sh. k. da 8 — 12° va 60° j. k. da 0 — 2° boʻladi. Atlantika okeanining gidrologi k rejimi iqlim sharoitlari taʼsirida, qoʻshni okeanlar hamda Oʻrta dengiz suvlari bilan almashinib turishi, shuningdek tevarak-atrofdagi qurukliklar taʼsirida vujudga keladi. Atmosfera sirkulyatsiyasi taʼsirida okean yuzasidagi oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal aylanma, shim. oʻrtacha va jan. yuqori kengliklarda esa siklonal aylanma harakat kiladi. Atlantika okeanining xarakterli xususiyati shundaki, bu yerda Golfstrim va uning davomi boʻlgan Shim. Atlantika oqimi gʻarbiy va shim. tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Oqimlar okean yuzasi yutadigan quyosh issiqligini taqsimlab turadigan asosiy vositalardir. Atlantika okeanining 30° sh. k. bilan 30° j. k. orasidagi yuzasi quyosh energiyasini koʻgtroq yutadi. Okeanning boshqa qismida esa issiklik atmosferaga oʻtib turadi. Iliq va sovuq oqimlar taʼsirida suvning t-rasi kenglik zonalarida katga farq qiladi. 30° sh. k. dan shim. da, gʻarbda t-ra sharqdagiga nisbatan 10° past boʻladi. 30° sh. k. bilan 40° j. k. orasida esa aksincha: bu yerda gʻarbda t-ra sharqdagiga nisbatan 5° yuqori. Suvning shoʻrligi suv balansiga bogʻliqdir: yiliga okean yuzasidan 1040 mm suv bugʻlanib ketadi, okean yuzasiga esa yiliga 780 mm yogʻin yogʻadi va quruqlikdan 200 mm yogʻinga teng hajmda suv keladi. Tropik va subtropik kengliklarda yiliga 1640 — 1660 mm suv bugʻlanadi. Ekvatorda esa yiliga 1400 mm, 60° sh. k. da 780 mm, 60° j. k. da esa atigi 320 mm suv bugʻlanadi. Ekva-torga eng koʻp — yiliga 1770 mm yogʻin yogʻadi, 20° sh. k. da esa 640 mm, 20° j. k. da 270 mm yogʻin yogʻadi. Oʻrtacha kengliklarda esa yogʻin miqdori yiliga 1100 — 1200 mm ga yetadi. Shunga koʻra tropik va subtrogtik kengliklarda suv ayniqsa shoʻr (37,25%o), ekvatorda 35%o, jan. oʻrtacha kengliklarda 34%o va Antarktida yaqinida 33,6%o —33,8%o, shim. oʻrtacha kengliklar gʻarbida 32%o, sharqida 35,5%o. A. o. ning yuza qavatida kislorod miqdori ekvatorda 4 l/m3, yuqori kengliklarda 7,5 l/m3 gacha. Suv koʻtarilishi asosan har yarim sutkada takrorlanadi. Fandi qoʻltigʻida suv koʻtarilishi 18 m ga yetadi. Dunyo okeanida suv bundan baland koʻtariladigan joy yoʻq. Atlantika okeanining oʻrta qismida suv koʻtarilishi 1 m ga yaqin, qolgan joylarida 0,5 dan 2,2 m gacha. Koʻplab muz va aysberglar okeanning oʻrta qismiga Shim. Muz okeanidan oqib keladi. Muz hamda aysberglarning yetib boradigan oʻrtacha chegarasi taxm. 40° sh. k. dan oʻtadi. Ayrim hollarda Atlantika okeanining jan. qismida dengiz muzlari va aysberglar Antarktida materigi yaqinida va Ueddell dengizida hosil boʻladi. Noyab.-dek. oylarida aysberglar ayniqsa koʻpayadi va okeanning oʻrta qismida 40° j. k. da, gʻarbiy va sharqiy qismlarida esa 35° j. k. da koʻplab aysberglar uchraydi. Atlantika okeani oʻsimlik dunyosi juda xilma-xil. 100 m gacha chuqur boʻlgan qismi (okean tubining 2%) suv tubi oʻsimliklari (fitobentos) qoʻngʻir, yashil va qizil suvoʻtlardan, shuningdek shoʻr suvda oʻsa oladigan gulli oʻsimliklar (filospadiks, zootera, poseydoniya)dan iborat. Atlantika okeanining 20° sh. k. bilan 40° sh. k. orasida va 30° gʻ. u. orasida Sargasso dengizi joylashgan. Bu dengizda sargass deb ataladigan qoʻngʻir suvoʻtlar nihoyatda koʻp. Fitoplankton fitobentosdan farq qilib, okeanning 100 m li ustki qismida hamma joyda uchraydi, 40 — 50 m li ustki qismida esa ayniqsa koʻp. Fitoplankton bir hujayrali mayda suvoʻ-tlardan iborat. 1 m3 suvda 1 mg dan 100 mg gacha fitoplankton bor.

Atlantika okeanining hamma qismida hayvonlar bor. Tropiklarga tomon hayvon turlari xilma-xil boʻla boradi. Sovuq va moʻtadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turi boʻlsa, tropik kengliklarda oʻnlarcha ming hayvon turlari bor. Sovuq va moʻtadil mintaqalarda sut emizuvchilardan kit va kurak oyoqlilar, baliqlardan seld, treskasimonlar, olabugʻasimonlar va kambalasimonlar xosdir, zooplankton orasida kurak oyokdi qisqichbakasimonlar va baʼzan qanot oyoqli mollyuskalar koʻpchilikni tashkil qiladi. 100 dan ortiq hayvon turi bipolyar, yaʼni sovuq va moʻtadil mintaqalar uchun, tropiklarda esa uchramaydigan hayvonlar (tyulenlar, dengiz mushuklari, kitlar, kilka, sardina va b.) xos. Atlantika okeanining tropik qismida kashalot, dengiz toshbaqalari, qisqichbaqasimonlar, akulalar, uchar baliklar, krablar, marjon poliplari, ssifoid meduzalar, sifonoforalar, radiolariyalar yashaydi. Atlantika okeanining chuqur suv faunasi bulutlar, marjonlar, ninatanlilar, qisqichbaqasimonlar va b. dengiz hayvonlaridan iborat. Tadqiq qilinish tarixi. Atlantika okeani insoniyatga qadim zamondan maʼlum boʻlgan: miloddan 1200-y. oldin finikiyaliklar, 300 — 100-y. oldin rimliklar Atlantika okeanining Yevropa va Shim. Afrika qirgʻoqlariga yaqin qismlarida, 9 — 10 – a. larda slavyan qabilalari Boltiq dengizida suzganlar. 15 – a. da ispan va portugal dengizchilari Hindiston va Xitoyga boradigan dengiz yoʻllarini qidirib, Atlantika okeanining uzoq-uzoq joylariga borganlar. Ana shulardan portugal B. Diash (1487), X. Kolumb (1492 – 1503), ingliz J. Kabot (1497) va portugal Vasko da Gama (1498) sayohatlari alohida oʻrin tutadi. 1520-y. F. Magellan dunyo boʻylab sayohat qilganda Atlantika okeanidan oʻtgan. F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev (1819-21), J. Kuk (1772), I. F. Kruzenshtern (1803) va b. ning sayohatlari ham Atlantika okeani haqida maʼlumot berdi. Atlantika okeanini oʻrganishda Xalqaro geofizika yili davrida oʻtkazilgan okeanografik tadqiqotlar katta ahamiyatga ega boʻldi. Shundan soʻng Atlantika okeanini bir qancha mamlakatlarning olimlari hamkorliqda oʻrgana boshladilar. Atlantika okeani Hukumatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalqaro ek-speditsiyalar, shuningdek Rossiya, Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Braziliya, Argentina va b. mamlakatlar ekspeditsiyalari tomonidan oʻrganilmoqda.


Iqtisodiy geografik ocherk. Atlantika okeani muhim iqgisodiy va strategik ahamiyatga ega. Atlantika okeaniga dunyo kemalarida tashiladigan yuklarning 60%, baliqovlashning 40% toʻgʻri keladi. Suyuq yoqilgʻi va metallurgiya xom ashyolari ayniqsa koʻp tashiladi. Atlantika okeani orqali oʻtgan dengiz va havo yoʻllari bir qitani ikkinchisi bilan bogʻlaydi. Trans-Atlantika havo yoʻllarining koʻp qismi Shim. Atlantika orqali oʻtadi va Yevropadagi London, Parij, Amsterdam va b. poytaxt shaharlarni AQSH va Kanada shaharlari bilan bogʻlaydi. Yevropa bilan Jan. Amerika orasida ham aviatrassa bor. Dunyodagi eng katta portlarning koʻpchiligi Atlantika okeani havzasida joylashgan.Mineral va energetika resurslari. Atlantika okeani mineral xom ashyo zaxiralariga boy. Meksika va Biskay qoʻltigʻi, Shim., Karib va Oʻrta dengizlari materik sayozligidan neft qazib olinadi. Meksika qoʻltigʻidan — oltingugurt, Nyufaunlend qoʻltigʻidan temir rudasi, Jan. Afrika qirgʻoqlari yaqinidan olmos va b. foydali qazilmalar olinadi.
Shimoliy muz okeani (avvalgi nomlari: Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi) — Dunyo okeanining bir qismi, Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikaning shim. qirgʻoqlari oraligʻida. Sh.Shimoliy Muz okeani boʻgʻozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. Maydoni boʻyicha okeanlar orasida eng kichigi, 14,75 mln. km², suvining hajmi 18 mln. km oʻrtacha chuq. 1220 m, eng chuqur joyi 5527 m (Grenlandiya dengizining shim.sharqiy qismida). Qirgʻoqlari Yevrosiyoning gʻarbida nisbatan baland, fordli, sharqida delta va laguna tipli, Kanada Arktika arxipelagida ancha past, tekis. Norvegiya, Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka dengizlari — Yevrosiyo; Grenlandiya, Bofort, Baffin, Linkoln dengizlari va Gudzon qoʻltigʻi Shimoliy Amerika materigi qirgʻoqlariga tutash. Sh.Shimoliy Muz okeani orollari soni boʻyicha Tinch okeandan keyin 2-oʻrinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglar: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, FransIosif Yeri, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya, Novosibirsk, Vrangel.

Shimoliy Muz okeani Shimoliy Muz okeani Yuzasi 14,75 million kvadrat kilometr Oʻrtacha chuqurligi 1225 m Eng katta chuqurligi 5527 m Suv hajmi 18,07 million kilometr kub Orollari Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen Relyefi va geologik tuzilishi. Sh.Shimoliy Muz okeani tubi geologik tuzilishiga koʻra 3 qismga: okeanning eng chuqur qismini oʻz ichiga olgan Arktika havzasi, Shimoliy Yevropa havzasi (Grenlandiya, Norvegiya, Barens va Oq dengizlar) va okean hududining 1/3 qismini egallagan materik sayozligida joylashgan dengizlarga (Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Bofort, Baffin) boʻlinadi. Sh.Shimoliy Muz okeani boshqa okeanlarga nisbatan sayoz. Materik sayozligi juda keng, okean tubi maydonining 50,3% ni egallaydi. Yevrosiyo shelf zonasi tubi relyefida suv osti koʻtarilmalari, botiqlari va novlari boʻlgan tekisliklar mavjud. Alyaska qirgʻoqlari boʻylab abrazivdenudatsion shelf choʻzilgan. Sh.Shimoliy Muz okeanining materik yon bagʻirlari nisbatan keng, zinapoyasimon, suv osti kanʼonlari bilan parchalangan. Baʼzi joylarda kengligi 150–300 km ga yetadi. Eng tor va tik Kanada materik sayozligi grabenlarning murakkab tizimi bilan parchalab yuborilgan. Okeanning markaziy qismida Gakkel, Lomonosov va Mendeleyev suv osti tizmalari bilan ajralgan bir nechta chuqur soyliklar: Nansen, Amundsen, Makarov, Kanada, Gʻavvoslar va boshqalar mavjud. Okean tubiga choʻkkan jinslarning qalinligi 1,5—2,5 km. Materik sayozligi terrigen, suv osti tizmalari va chuqur soyliklar gilli terrigen, materik yon bagʻri foraminifera mikrofaunali qumli balchiq choʻkindi jinslaridan iborat. Gidrologik rejimi. Sh.Shimoliy Muz okeani iqlimi arktika iqlimiga mansub. Sh.Shimoliy Muz okeanining yuqori kengliklarda joylashganligi, doimiy muz qoplami, Atlantika va Tinch okeanlardan havo va suv massalarining kirib kelishi uning shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni (yuqori bosimli oblast), yozda past bosimli oblast joylashadi. Gʻarbida yil davomida Islandiya minimumi, Grenlandiya ustida esa antitsiklon hukmron. Barcha mavsumlarda bu yerga Atlantika okeanidan siklonlar keladi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo temperaturasi markaziy qismida —28° dan —30° gacha, Atlantika boʻyida —16° dan — 18° gacha. Shamol tezligi 8–10 m/sek., baʼzan 20–25 m/sek.gacha yetishi mumkin. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo temperaturasi —10° dan —12° gacha, gʻarbiy chekka qismida qisqa muddat 6—8° gacha koʻtariladi. Bulutli kun koʻp boʻladi. Yogʻin, asosan, qor shaklida yogʻadi. SH.Shimoliy Muz okeani yuzasidagi oqim shamollar, Atlantika va Tinch okeanlari bilan suv almashinishi, daryo oqimlari taʼsirida yuzaga keladi. Bu omillar yuza oqimlarning gʻarbiy yoʻnalishda harakatlanishiga va Chukotka dengizidan boshlanib, okeanni kesib oʻtuvchi va Shpitsbergen bilan Grenlandiya oʻrtasidagi boʻgʻozga chiquvchi Transarktika oqimining shakllanishiga sabab boʻladi. Sh.Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan Shimoliy Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Xatanga, Lena, Indigirka, Kolima, Makenzi va boshqalar yirik daryolar yiliga 5000 km³chuchuk suv olib boradi. Shu sababli, okean yuzasidagi suvning shoʻrligi 32%o, materik sayozligidagi dengizlarda 25—29%o. Yuza suvlarning temperaturasi qishda 1°, yozda 0—5°. Sovuq va chuchuk suvlar yuza oqimlar taʼsirida Atlantika okeaniga oqadi. Uning oʻrniga Atlantika va Tinch okeanlarning iliq va shoʻr suvlari oqib keladi. Suv qalqishi har yarim sutkada takrorlanadi, balandligi markaziy qismida 0,5—0,6 m, gʻarbida 1 m gacha, Barens dengizida 6 m gacha yetadi. SH.Shimoliy Muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri uning qishda 9/10 qismining muz bilan qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar boʻladi. Okeanning markaziy qismida 3–4 m qalinlikdagi qoʻp yillik muz (pak) maydonlari uchraydi. Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. Sh.Shimoliy Muz okeani oʻsimlik va hayvonot dunyosi Arktika va Atlantika oblastiga mansub. Fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham. Shimoliy Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli tuman (2000 dan ziyod turi bor). Baliqlardan seld, treska, dengiz olabugʻasi, piksha va boshqalar koʻp uchraydi. Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi.

Iqtisodiy geografik ocherki. Sh.Shimoliy Muz okeanining noqulay iqlim sharoiti uning iqtisodiyotiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Okeanning jahon xoʻjaligidagi rolining oshishi uning materikka yaqin yerlaridagi tabiiy resurslardan keng foydalanish bilan bogʻliq. Okean dengizlarida baliqning 150 turi va sut emizuvchilarning 17 turi yashaydi. Baliqlardan tashqari okeandan dengiz hayvonlari ham ovlanadi. Oq dengizdan suvoʻtlar olinadi. Foydali qazilma konlarini razvedka qilish va qazib olish ishlari olib borilmoqda. Kanada Arktika arxipelagida qoʻrgʻoshinrux va temir rudalari, Skandinaviya sohillarida xromit, nikel, temir va boshqalar rudalar, Grenlandiya sohillarida molibden rudalari olinadi. Suv ostidan neftgaz olish rivojlanmoqda. Shpitsbergen arxipelagida toshkoʻmir qazib olinadi. Sh.Shimoliy Muz okeanining transport ahamiyati oshib bormoqda. Okean dengizlari orqali 3 asosiy yoʻnalishda suv yoʻllari oʻtadi: Atlantika okeanidan Norvegiya dengiziga, Shimoliy dengiz yoʻli — Barens va Oq dengiz portlaridan Bering boʻgozigacha, Arktika boʻylab turli marshrutlar. Ular Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya gʻarbiy sohildari va AQShning shim.sharqiy sohillaridagi aholi punktlarini oʻzaro bogʻlaydi. Muhim portlari: Murmansk, Belomorsk, Arxangelsk, Kandalaksha, Dikson, Tiksi (Rossiya), Tromsyo, Tronxeym (Norvegiya), Cherchill (Kanada), Valdiz (AQSH). SH.Shimoliy Muz okeani dastlab mustaqil okean sifatida 1650-yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va oʻsha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845-yilda uni London geogr. jamiyati Sh.Shimoliy Muz okeani deb atadi. Tadqiq qilinish tarixini Arktika maqolasidan qarang. Shimoliy muz okeani - Yer yuzidagi okeanlar orasida eng kichigi. U avvallari Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi deb ham yuritilgan. Okean Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qirgʻoqlari oraligʻida joylashgan. Ushbu ummon bo'g'ozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. U Dunyo okeanining 2,8 foizini tashkil etadi. Maydoni — 14,75 million kvadrat kilometr. Suv hajmi — 17 million kub kilometr. Oʻrtacha chuqurligi — 1220 metr. Eng chuqur joyi — 5527 metr (Grenlandiya dengizining shimoli-sharqiy qismi) Shimoliy muz okeani orollar soni boʻyicha Tinch okeanidan soʻng ikkinchi oʻrinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglari: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, Franss-Iosif Yeri, Yangi Yer, Shimoliy Yer, Novosibirsk, Vrangel. Ushbu okean mustaqil ummon sifatida 1650-yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o'sha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845-yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi. Shimoliy Muz okeanidagi dengizlar Grenlandiya,Norvegiya,Oq,Barens,Kara,Laptevlar


Xulosa:
Jahon okeanining mineral resurslarini ikkita katta sinfga bo'lish ham keng qo'llaniladi: gidrokimyoviy va geologik resurslar. Gidrokimyoviy resurslarga dengiz suvining o'zi kiradi, uni ko'plab kimyoviy birikmalar va mikroelementlarni o'z ichiga olgan eritma sifatida ham ko'rib chiqish mumkin. Geologik resurslarga er qobig'ining sirt qatlami va ichaklarida joylashgan mineral resurslar kiradi. Neft va gaz konlari asosan dunyo okeanining ostida shelf qismida joylashgan bo'lib eng ko'p dunyo okeanidan neft va gaz qazib oladigan hududlar bu Fors ko'rfazi davlatlari, Venesuela, O'rta dengiz bo'yi mamlakatlari, Shimoliy dengiz bo'yi mamlakatlari, Liviya va boshqa davlatlar hisoblanadi.Dunyo okeani suvlarida turli xil kimyoviy elementlar mineral resurslar keng tarqalgan bo'lib ular asosan suvda erigan holda tarqalgan. Dunyo okeanida eng ko'p uchraydigan kimyoviy element bu Osh tuzi hisoblanadi. Dunyoning rivojlangan davlatlarida okean suvlarida uchrovchi osh tuzidan foydalanishadi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki insonlar zamonaviy taraqqiyot natijasida deyarli barcha narsalardan foydalanib bormoqda. Hattoki havodan ham kimyoviy yo'l bilan bir qancha maxsulot olish mumkin. Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlar uchraydigan dunyo okeani suvlaridan esa 200 dan ortiq maxsulot olsa bo'ladi. Bugungi kunda eng ko'p osh tuzi, yod, hamda baliq ovlash orqali okean suvlaridan unumli foydalanib kelinmoqda. Maqolani yozishdan maqsad shuki quruqlikda bor bo'lgan barcha tabiiy resurslar okean suvlarida ham bor. Okean suvlaridan foydalanish orqali chuchuk suv yetishmaydigan hududlarda suvdan foydalanish hamda undagi turli xil elementlardan Iqtisodiyotning turli xil tarmoqlarida foydalangan maqsadga muvofiq.


Download 496,75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 496,75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti

Download 496,75 Kb.