O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti




Download 496.75 Kb.
bet5/8
Sana09.02.2024
Hajmi496.75 Kb.
#153986
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vazi
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq
Tinch okeani.
Amerika va Osiyo qitʼalari orasida joylashgan dunyoning eng katta okeanidir. Ismini Ispaniya qirolligi uchun dunyoni aylangan Portugaliyalik dengizchi Ferdinand Magellan qoʻygan. Magellan bir necha kun davom etgan qiyin va kuchli toʻlqinli suvda, oʻz ismini bergan Magellan boʻgʻozidan kechib bu okean ochilganda, kuchli toʻlqinlar bitib va oʻzi tiniq suvlar bilan qarshilashgani uchun portugalchada "tinch" maʼnosini bildirgan "Pasifico" ismini qoʻygan. Tinch okeani sathi 179.7 million km2 dan iborat. Tinch okeani, deyarli Atlantika va Hind okeanining birlashgan holi bilan teng kattalikdadir. Eng chuqur yeri Mariana botigʻi boʻlib, u 11.034 m chuqurdir. Mariana chuquri dunyoning eng chuqur nuqtasi deb bilinadi. Dunyodagi zilzilalarning 90%'i va katta zilzilalarning 80%'i Tinch okean maydonida sodir boʻlmoqdadir. Bu okeanning 708.000.000 km3 suv hajmi bor. Okeanning 3.000 — 3.500 m dan chuqur boʻlgan har joyida suv darajasi 2 °C dan pastda. 1950 — 1980 yillari orasida Tinch okeanida juda katta va kuchli dengiz toʻlqinlari boʻlgani tufayli kemalar oʻta olmayotgan edi. Kemalar Tinch okeanining bir uchidan bir necha kilometr uzoqlashishi bilan toʻlqinlar boshlar edi. U toʻlqinlar hozirgi kunlarda ham koʻrilmoqdadir
Tinch okeani chuqurlik xaritasi Tinch okean, Buyuk okean - Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida 1-oʻrinda. Tinch okeani gʻarbdan Yevrosiyo va Avstraliya, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika, shimolidan Chukotka va Syuard yarim orollari oʻrtasidagi yoʻlak, janubidan Antarktida bilan chegaralangan. Maydoni dengizlari bilan birga 178,6 mln. km², dengizlarsiz 148,3 mln. km², suvining hajmi 710 mln.km³. Oʻrtacha chuq. 3980 m, eng chuqur joyi 11022 m (Mariana novi). Qirgʻoqlarining aksari qismi ford tipli va yemirilgan, gʻarbdagi tropik kengliklarda marjonli, baʼzi joylari toʻsiq rifli. Antarktidadagi qirgʻoklar, asosan, shelf muzliklari bilan qoplangan. Dengizlar, koʻproq, Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy va gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Yarim yopiq dengizlar: Bering, Oxota, Yapon, Sharqiy Xitoy, Sariq va Janubiy Xitoy, Ichki Yapon; orollararo dengizlar: Avstraliya, Osiyo, Oʻrta dengizlari deb umumiy nomlanadi; chekka dengizlar: Marjon va Tasman dengizlari, janubida Antarktida sohili yaqinidagi Amundsen, Bellinsgauzen va Ross dengizlari. Tinch okeani orollarining koʻpligi (taxminan 10 ming) va umumiy maydoni (3,6 mln. km²) boʻyicha okeanlar oʻrtasida 1 oʻrinda. Materik orollari — Saxalin, Yapon, Tayvan, Malay arxipelagining yirik orollari, Yangi Zelandiya Tinch okeanining gʻarbiy chekkasida, sharqida orollarning katta qismi Shimoliy va Janubiy Amerika qirgʻoqlari yaqinida joylashgan. Aleut, Kuril, Ryukyu, Gavayi, Samoa, Markiz, Tabuan, Galapagos va boshqa vulqon-orollar otilishi natijasida kelib chiqqan. Karolina, Marshall, Tuamotu, Gilbert — marjon orollar. Tinch okeanining markaziy va janubi-gʻarbiy qismidagi orollar Okeaniya deb nomlanadi. Relyefi va geologik tuzilishi. Tinch okeani tubi tektonik jihatdan oʻziga xos tuzilishga ega, boshqa okeanlardagiga nisbatan bu yerda vulkan, suv osti togʻi va atoll koʻp. Tinch okeani hamma tomondan harakatdagi vulkanlari boʻlgan burmali togʻlar bilan oʻralgan. Boshqa okeanlar tubiga nisbatan Tinch okeani tubi relyefining juda ham parchalanganligi va shelfning uncha rivojlanmaganligi (umumiy maydonining 1,7%) uning umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Chekkalarining chuq. 150 m dan 500 m gacha boʻlgan shelf (uz. 800 km gacha) Bering, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy va Yava dengizlarida, keng shelf Avstraliyaning Kvinslend shtati yaqinida boʻlib, marjon qurilmalari koʻp, ular sharqdan dunyoda eng yirik Katta Toʻsiq rifi bilan oʻralgan. Shimoliy va Janubiy Amerika qirgʻogʻi yaqinidagi shelf nisbatan kambar (bir necha oʻn km). Materik yon bagʻirlari tik, koʻpincha zinapoyasimon, kanʼonlar (Monterey, Bering) bilan oʻyilgan. Tinch okeanining Alyaska yarim oroldan Yangi Zelandiyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida chekka dengizlar soyligi sistemasi (chuq. 3000 dan 7000 m gacha), orollar yoyi va ularga tutash okean novlari — Aleut (7855 m), KurilKamchatka (9717 m), Filippin (10265 m), Mariana (11022 m) bor. Tinch okeanining chegarasida yirik koʻtarilmalar bilan ajralgan keng soyliklar (chuq. 4000 m dan 7000 m gacha boʻlgan Shimoli-Sharqiy, Shimoli-Gʻarbiy, Markaziy, Janubiy Peru va h.k.) mavjud. Tinch okeanining yirik relyef strukturasi — Sharqiy Tinch okean koʻtarilmasi Dunyo okeani oʻrtaliq togʻ tizmalari tarkibiga kiradi, biroq u suv osti togʻ sistemasining boshqa tizmalaridan farq qilib, Okeanii 2 asimmetrik qismga ajratadi va unda rift vodiylari aniq aks etmaydi. Eng muhim vulkan marzalari va tizmalari: Layn, Gavayi, Shimoli-gʻarbiy, MerkusNekker va boshqa Tinch okeanining sharqiy qismini va Sharqiy Tinch okean tizmasini juda koʻp yoriqlar zonasi kesib oʻtgan. Okean tubidagi choʻkindi jinslar tarkibi tektonika va okean tubi relyefi bilan bogʻliq. Terrigen nurash materiallari va gilli choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, dengizlar tubida va chukur suv osti novlarida koʻproq toʻplangan. Choʻkindilar qalinligi okean qaʼrida va novlarda 2–3 km, bu esa Tinch okeanini eng qad. okeanlardan biri ekanligini koʻrsatadi. Kremniyli (diatom va diatomradiolyariyli) choʻkindilar fitoplanktonga boy zonalarda 3 ta kenglik mintaqasini hosil qiladi. Pelagial qizil gillar 4500–5000 m dan ziyod chuqurliklarda uchraydi. Tinch okeani gʻarbiy qismining tubida choʻkindilarga vulkan jinslari aralashgan. Okean tubida foydali qazilmalardan neft, nodir metallar rudalari, qalay, temir va titantemir qumlari, oltin, temirmarganes gʻuddalari va boshqa uchraydi.Tinch okeani “Buyuk okean” nomini olgan, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida birinchi o‘rinda turuvchi ummon hisoblanadi. Ushbu okean g‘arbdan Yevroosiyo va Avstraliya, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika, shimoldan Chukotka va Syuard yarim orollari o‘rtasidagi yo‘lak, janubdan Antarktida bilan chegaralangan. Maydoni dengizlari bilan birga 178,6 mln. km. kv, dengizlarisiz 148,3 mln. km. kv, suvining hajmi 710 mln. km. kub. Eng chuqur joyi 11022 metr (Mariana novi). Odatda Tinch okeanini ekvator chegarasiga asoslanib ikkiga, ya’ni Shimoliy va Janubiy qismlarga bo‘lishadi. Dengizlari asosan okeanning shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy chekkalarida joylashgan. Ular: Bering, Oxota, Yapon, Shar-qiy Xitoy, Sariq, Janubiy Xitoy, Yavan, Sulavesi, Sulu, Filippin, Marjon, Fidji, Tasman, Amundsen, Bellinsgauzen, Ross kabilardir. Okeanda 10 mingga yaqin kichik va katta orollar mavjud. Ularning umumiy maydoni deyarli 3,6 mln. km.

. Suv harorati ekvator qismi yuzasida 26-29 daraja, qutbga yaqin hududlarda esa — 0,5 daraja.


O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI
Tinch okeanining flora va faunasi juda boy. Ummonda 100 mingdan ortiq hayvon turi, 380 dan ziyod fitoplankton turi mavjudligi ma’lum. Shelf zonasida turli-tuman qo‘ng‘ir, fukus, laminar suvo‘tlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar va boshqa organizmlar yashaydi. Tropik kengliklarda marjon riflari juda rivojlangan. Baliqlarning tropiklarda 2000 ming turi, mo‘’tadil kengliklarda 800 turi mavjud. Shimoliy mo‘’tadil va janubiy yuqori kengliklarda sut emizuvchilardan dengiz mushugi, kit, shuningdek, morj, laxtak, sivuch, qisqichbaqa, krevetka, ustritsa, boshoyoqli mollyuskalar juda ko‘p. Tinch okeani faunasining aksari qismi endemik hisoblanadi.
OKEAN “KECHINMALARI”
Ma’lumki, dengiz tubida zilzila sodir bo‘lganda ulkan to‘lqinlar – tsunami yuzaga keladi. Bu to‘lqinlar gohida 16 ming kilometr masofani egallaydi. Ochiq dengizda ularning balandligi katta bo‘lmasa-da, ko‘lami ulkan bo‘ladi. Lekin quruqlikka yaqinlashgan sayin, ayniqsa, tor qo‘ltiqlarda, ularning balandligi 50 metrgacha yetishi mumkin. Lekin tsunami bo‘lmagan paytlarda ham okean suvining sathi bir maromda bo‘lmaydi. Suv sathi ko‘tarilishi yarim sutkada (Alyaska qo‘ltig‘ida 5,4 metr, Oxota dengizida 12,9 metr), Solomon orollari atrofida har sutkada takrorlanadi (balandligi 2,5 metr). Okeanda doimiy va suzib yuruvchi muzlar bo‘lib, ular asosan yuqori janubiy kengliklarda joylashgan.
TUGANMAS JAVOHIRLAR UMMONI
Tinch okeni jahon iqtisodiyoti va xo‘jaligi sohalarida g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Okean va dengiz atrofida yashovchi aholining asosiy daromadi, qolaversa, butun turmush tarzi va hatto an’analari ham ana shu suv havzalari bilan uzviy bog‘liq. Mana bir misol, dunyo bo‘yicha tutiladigan baliqlar va ishlab chiqarilayotgan dengiz mahsulotlarining deyarli 60 foizi Tinch okeani hissasiga to‘g‘ri keladi. Baliqchilarning asosiy ovi losossimonlar, treskasimonlar, seldsimonlar, skumbriya, sardina, sayra, dengiz olabug‘asi, tunetslar va kambalasimonlardir. Lekin har joyning o‘z tosh-tarozisi mavjud. Tinch okeanida baliq ovlash bo‘yicha tuzilgan bir necha xalqaro konventsiyalar shundan dalolat beradi. Ular okeanning biologik boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan.
Ertaklardan ma’lumki, ummon shoxlari juda badavlat bo‘lgan. Buni cho‘pchak deganlar esa adashadi. Masalan, Alyaskaning sohil bo‘yi dengiz qismi oltin va platinaga nihoyatda boy. Shuningdek, okeanning shimoliy kenglik va g‘arbiy uzunliklarida 3000 metr chuqurlikda temir-marganets konkretsiyalarning yirik konlari bor. Okeandagi 120 dan ortiq neft va gaz konlari tadqiq etilib, ulardan 70 foizi ishga tushirilgan.
BUGUN…
Tinch okeani orqali to‘rt materikni bog‘lab turuvchi eng muhim dengiz va havo yo‘llari o‘tgan. Yirik portlari: Vladivostok, Naxodka (Rossiya), Shanxay (Xitoy), Singapur (Singapur), Sidney (Avstraliya), Vankuver (Kanada), San-Frantsisko (AQSh), Uasko (Chili). Tinch okeani tashiladigan yuklar hajmi va ularning o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinda turadi. Eng muhim transport yo‘llari AQSh va Kanada portlarini Yaponiya portlari bilan bog‘laydi. Yana bir muhim ma’lumot, Tinch okeani orqali 1800 meridian bo‘yicha vaqt o‘zgarishi chizig‘i o‘tgan. Shu sababli ham diyorimizda soat kunduzgi to‘qqiz bo‘lganda, Shimoliy Amerika qit’asida soat kechki 11 lar atrofida bo‘ladi.


Download 496.75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 496.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti

Download 496.75 Kb.