4. KUCHLI NITRAT KISLOTASINI TO‘GʻRIDAN-TO‘GʻRI SINTEZ QILISH.
Bu jarayon suyuqlantirilgan N2O4(s), N2O(s) va toza O2(g) ishtirokida yuqori 4MPa bosimda 5-350K haroratda quyidagi reaksiyaga asoslangandir:
2N2O4(s)+2N2O(s)+O2(g)=4HNO3(s)+73,3 kj (4.3.)
Bu yerda ketadigan bir qancha oraliq reaksiyalardan biri:
2NO(g)+O2(g)=2NO2(g=N2O4(s)+202,7 kj (4.4.)
Ma’lumki, NOni NO2oksidlanish tezligi, hosil bulayotgan NO2ni suv bilan yutilish reaksiyasi tezligidan ancha pastdir. Shuning uchun, jarayonni 4MPaga bosim ostida olib borilsa, NOni oksidlanish tezligi oshadi. Ammo to‘g‘ridan-to‘gri sintez jarayonida bosimni qo‘llash, haroratni oshirishni ham talab qiladi, chunki bu vaqtda N2O4(s)ni parchalanib, NO2ni oshishga olib keladi:
N2O4(s)=2NO2(eritma)-56,4 kj (4.5.)
Bu esa NO2ni suv bilan yutilib, HNO3ni hosil qilishini oshiradi. (4.3.) reaksiyani yaxshi ketishini ta’minlash uchun N2O4ni miqdori qo‘proq bo‘lishni talab qilinadi, natijada 43-44%li nitrat kislotasi eritmasi olinadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchli azot kislotasi olish texnologik tizim bir biridan asosan suyultirilgan N2O4ning qanday va nimadan olingani bilan farq qiladi; ya’ni :
1) Ammiakni oksidlab olingan NOni yana oksidlab olinganmi yoki
2) Nitrat tuzlarini inversiyasi natijasida chiqadigan gazlardan olinganmi.
AZOT KISLOTASI ISHLAB CHIQARISH AGREGATI AK-72M TEXNOLOGIK TASVIRI.
KOMBINANASIYALASHGAN USULDA SUYULTIRILGAN NITRAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK TASVIRI.
Sulfat kislota ishlab chiqarish.
Tayanch so‘zlar: Xossasi, usullari, bosim, katalizator, xom-ashyo, muvozanat, kontakt apparati, tozalash.
|