|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «tasdiqlayman»
|
bet | 67/89 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 3,03 Mb. | | #265192 |
Bog'liq KvaKT ДАК Baholash mezoni (2)5.5. Karbamidni ishlatilishi.
Karbamidni hosil bo‘lish darajasi reagentlar bilan to‘ldirish zichligiga, bosimga, haroratga, ammiak va suvni reagent tarkibidagi miq-doriga boьliqdir. To‘ldirish zichligi deb, boshlang‘ich moddalar miqdorini reaktor hajmiga bo‘lingan nisbatiga aytiladi. Karbamid sintezi asosan suyuq fazada boradi. Boshlang‘ich moddalar miqdori bir hajmda qancha ko‘p bo‘lsa, bosim shuncha yuqori bo‘ladi. Jarayon 180 - 2000C harorat va 18 - 20 mPa bosimda olib boriladi. Undan yuqori harorat esa qurilmalarni korroziyaga olib keladi. Reagentlar tarkibida uglerod (IV) - oksidining ortiqcha miqdori karbomatni karbamidga aylantirishga ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki, ta’sirlashish jarayoni asosan gaz fazasida boradi. Ortiqcha ammiak muvozanatni karbamid hosil bo‘lishi tomoniga siljitadi.
Karbamid azotli o‘g‘itlar ichida eng ko‘p azot tutgan mineral o‘g‘it xisoblanadi. Karbamidni ammoniyli selitradan bir qancha afzalliklari mavjud. U portlashga xavfsiz, tuproqqa tushganda sekin eriydi, gigroskopligi kamroq, yopishqoqligi uncha yuqori emas. Shuning uchun ham karbamidni donador xolda idishsiz tashish mumkun. Karbamidni yopishqoqligini kamaytirish uchun donadorlashdan oldin suyuqlanmaga karbamido-formaldegid smola (KFS) qo‘shiladi. Karbamidning gigroskoplik nuqtasi 200S haroratda 80% ga teng.
Karbamid chorvachilikda ham keng foydalaniladi masalan, chorva mol-lariga proteinli qo‘shimcha sifatida ularning ozuqasiga qo‘shib beriladi.
GOST 2081 - 75 ga asosan karbamid donador va kristall xolda A va B markalarda ishlab chiqariladi.
A - markali karbamid, oliy va birinchi kategoriyalik xisoblanib, su’niy smola, plastmassa, yelim, lak, formasevtik preparatlar, gerbisid-lar, defoliantlar ishlab chiqarishda va chorvachilikda ishlatiladi. Uning tarkibida 46,3% azot, 0,6-0,9% gacha biuret, 0,2-0,3% suv bo‘ladi. Chorvachilikda ishlatish uchun biuret miqdori 0,3% gacha ruxsat etiladi. Donadorligi turlicha bo‘lish mumkun.
B - markali karbamid, qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Uning tarkibida 46% azot, 0,9% gacha biuret va 0,25% suv bo‘ladi. Donalarning o‘lchami: 1 - 4 mm lisi 94%, donalarining o‘lchami 1mm dan kichkinalari 5% gacha bo‘lishi shart. Saqlash muddati idishsiz 6 oy.
Karbamidning birinchi martda 1828 yilda Vyoler ammoniy sianatdan sintez qilgan. Shundan buyon karbamid organik sintezning muxim modda-laridan bir bo‘lib ’izmat qiladi. U asosida bir necha moddalar sintez qi-lingan. Bir qancha moddalarni olish uchun xom-ashyo sifatida ishlatiladi.
Karbamid - ammiak va uglerod (IV) - oksidini 150 - 2200C haroratda 7 - 100 mPa bosim ostida o‘zaror ta’sirlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Karbamid sintezi quyidagi qaytar reaksiyadan iborat, dastlab ammoniy karbomat hosil bo‘ladi:
|
| |