|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «tasdiqlayman»
|
bet | 70/89 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 3,03 Mb. | | #265192 |
Bog'liq KvaKT ДАК Baholash mezoni (2) «Stamikarbon» (Gollandiya) usuli shunga asoslanadiki, bunda resir-kulyasiya qilinayotgan ugleammoniy tuzlari eritmasini hosil qilish birinchi bosqich distillyasiyada bosim ostida amalga oshiriladi. Bu esa reaktorga qaytarilayotgan aralashmada suv miqdorini kamaytirish imkoni-ni beradi. Bu esa Miller texnologiyasiga nisbatan karbamidning solish-tirma miqdorini ko‘paytirish imkonini beradi.
«Stamikarbon» (Gollandiya) texnologiyasi bo‘yicha karbamid ishlab chiqarishning texnologik reji-mi: bosim 19 ÷ 20 mPa, harorat 180 ÷ 1900S, NH3 : CO2 : H2O molp nisbati 3,8 - 4,0 : 1 : 0,5 - 0,6.
Birinchi va ikkinchi distillyasiya uzellarida (12 ÷ 5 va 16 ÷ 19) bosimiga mos xolda 1,7 ÷ 1,8 va 0,2 - 0,3 mPa, harorat 1600S va 500S, ammiakni ulerod (IV) - oksididan yuvish va (ugleammoniy tuzlari eritmasi) hosil qilish yuvish kalonnasi (9) va kondensator (21) da olib boriladi. Ammiak qurilma (11) da kondensatlanadi va siklga aralashtirgich (8) orqali qayta-riladi. Shu qurilmaga ugleammoniy va uglerod (IV) - oksidi ham beriladi. Karbamid eritmasi vakuum - bug‘latgich (23) da 72 ÷ 74% gacha bug‘latilib, so‘ngra ikki bosqichli qoldiq bosimi 4,5 kPa bo‘lgan bug‘latish sistemasida 99,7 ÷ 99,8% gacha bug‘latiladi. Bug‘latilgan eritma nasos orqali donadorlash minorasiga beriladi. So‘ngra eritma akustik tebranma granulyator yordamida minora kesim yuzasi bo‘ylab sochib beriladi. Pastdan xavo yuboriladi. Havo yordamida karbamid donador xolatiga o‘tadi. Hosil bo‘lgan donador karbamid sovitish uchun minoraning pastki qismida joylashgan mavxum qaynash qatlam (KS) qurilmasiga beriladi va 40 - 500S haroratgacha sovitilgan donador karbamid omborga yuboriladi. Donadorlangan karbamid GOST 2081 - 75 talablariga to‘liq javob beradi. Sharbat kondensati ammiak va uglerod (IV) - oksididan absorbsiya – desorbsiya uzelida tozalanadi. Gaz faza (NH3, CO2, H2O) sistemaga kondensator (21) orqali qaytariladi. (texnologik tasviri 4.2. rasmda ko‘rsatilgan)
«MONTEKATINI» (Fransiya) texnologiyasi Fauzer [Fransiya pat. 158081, 195 y.] izlanishlari asosida ishlab chiqarishga qo‘yilgan. Bu usulning «STAMIKARBON» usulidan farqi shundan iboratki, ammiak va uglerod (IV) - oksidi birgalikda kondensatorlar (5, 18) da kondensatlanadi (bu yerda suv, ammiak, ugleammoniy tuzlari hosil qilinadi).
Birinchi bosqich distillyasiyada yuqori bosimni ushlash (2 ÷ 4,5 mPa), kondensator - absorber (5) da ajralayotgan issiqlikni, ikkinchi bosqich distillyasiyada ammoniy karbamatni parchalash uchun ishlatishga imkoniyat beradi. «MONTEKATINI» (Fransiya) texnologiyasi bo‘yicha karbamid ishlab chiqarishning texnologik rejimi: bosim 20,0 mPa, harorat 180 ÷ 1900C, molp nisbat NH3 : CO2 : H2O = 5 : 1 : 0,54.
Birinchi bosqich distilliyasiyada harorat 1500S bosim 2,5 mPa bo‘lsa, ikkinchi distillyasiyada harorat 1350S bosim 0,3 mPa.
|
| |