|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «tasdiqlayman»
|
bet | 71/89 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 3,03 Mb. | | #265192 |
Bog'liq KvaKT ДАК Baholash mezoni (2)«TOYO KOASU» (Yaponiya) karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi farqlar bilan boshqa ishlab chiqarish texnologiyalardan ajralib turadi. Bosim 23,0 ÷ 25,0 mPa, harorat 180 ÷ 1900S va molp nisbati NH3 : CO2 : H2O = 3,7 - 4,0 : 1: 0,4 hamda uch bosqichli drossellash 1,8 ÷ 0,3 mPa va atmosfera bosimiga mos xolda harorat 1550C, 1300C, va 1500C.
Karbamid eritmasini qayta ishlash vakuum – kristallizasiya qilish orqali, kristallarni eritish va suyuqlanmani donadorlash orqali amalga oshiriladi.
Rasm 3.2. «Stamikarbon» usuli bo‘yicha karbamid ishlab chiqarish texnologik tasviri.
1- kompressor. 2- filtr. 3,24,5- yig’ichlar. 4,30- sovutkich. 5,10,20,25- nasoslar. 6,13,18- qizdirgichlar. 7- sintez kolonnasi. 8- aralashtirgich. 9- yuvish koloonnasi. 11,21- kondensatorlar. 12,16- rektifikasion kolonnalari. 5,19,28- seperatorlar. 15- bufer idish. 17- skrubber. 22- rostlash idishi. 23- vakuum-buьlatgich. 26- napor bak. 27- bug'latish qurilmasi. 29- absorber. 31- desorber. 5- issiqlik almashgich. p- buь. k- kondensat
Rasm 3.3. «Montekatini» usuli bo‘yicha karbamid ishlab chiqarish texnologik tasviri.
1 - kompressor. 2,3 - ammiak nasoslari. 4,6,7,17 - qizdirigichlar. 5 - sintez kalonnasi. 8 - napor bak. 9,16 - markazdan qochma nasoslar. 10 - Yig‘gich. 11,13,19,24 - seperatorlar. 12 - inert gazlarni ajratish apparatlari. 5,18 - kondensatorlar. 15 - karbamat nasosi. 20 - karbamid eritmasi Yig‘gich. 21 - bug‘latish apparati. 22 - filtr - press. 23 - oraliq Yig‘gich. 25 - donadorlash minorasi. 26 - transportyor.
Rasm 3.4. «Toyo Koasu» usuli bo‘yicha karbamid ishlab chiqarish texnologik tasvir.
1 - kompressor. 2 - kondensator. 3 - ammiak Yig‘gich. 4 - ammiak uchun nasos. 5 - sintez kalonnasi. 6,9,12 - Seperatorlar. 7,10 - absorberlar. 8,11 - karbamat nasoslari. 13 - sovutkich. 5 - xavo puflagich. 15 - markazdan qochma nasos. 16 - vakuum kristalizator. 17 - syentrafuga. 18 - quritkich. 19 - donadorlash minorasi.
Yuqorida keltirilgan texnologik tasvirlar mukammalashtirilgan va yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan agregatlarni yaratishga asos bo‘ldi.
Hozirgi paytda keng tarqalgan suyuqlik resiklliga asoslangan tavirlarga «STAMIKARBON» (Gollandiya), «TEKIMONT» va «SNAMPROJETTI» (Italiya), «MISUI TOASU» (Yaponiya), firmalari tomonidan yaratilgan texnologik tasvirlar fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi.
Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi.
Tayanch so‘zlar: xossasi, olinishi, ishlatilishi, turlari, xom ashyo, birikmasi, sintez kalonna, bug‘latish, minora, KFS, markalari.
Gaz xolida uglerod (VI) - oksidi taxminan quritilgan va har xil mexanik zarralardan, vodorod sulfid va oltingurgut tutgan birikmalardan daьal va mayin filtrlarda tozalanib, to‘rt bosqichli kompressor (1) da 20 mPa bosimgacha siqiladi va 95 - 1000S haroratda aralashtirgich (6) ga beriladi. Aralashtirgich (6) ga 20 mPa bosimda plunjerli nasos (3) orqali so‘rib olingan 900S haroratdagi suyuq ammiak ham beriladi. Plunjerli nasos (7) orqali esa 950S haroratli ugleammoniyli tuzlar beriladi, u siklga NH3 va CO2 xolatida qaytariladi. Natijada komponentlarni aralashtirgichda 1750S haroratda aralashtirganda ammoniy karbomat hosil bo‘la boshlaydi. So‘ngra reaksiya aralashmasi NH3 : CO2 : H2O = 4,3 : 1 : (0,5 - 0,8) nisbatda sintez kollonasi (5) ga beriladi, bu yerda 185 0C va 20 MPa bosim ostida ammoniy karbomatga aylanishi tugallanadi va karbamidga parchalanadi.
Sintez kollonasida hosil bo‘lgan eritma, tarkibi 30 - 31% karbamid, 21 - 22% ammoniy karbomat, 5 - 34% ortiqcha ammiak va 16 - 17% suv, ikki bosqichli distilliyatorga beriladi. Distilliyasiya qurilmasining har bir bosqichi uchta apparatdan: rektifikasion kollona, isitkich va Seperatordan iborat. Sintez kollansi (5) dan chiqayotgan karbamid eritmasi 20 mPa dan 1,8 - 2,0 mPa gacha drosellanadi va birinchi bosqich distilliyasiya qurilma-sidagi rektifikasion kollonasi (9) ning yuqori qismiga beriladi. Bu yerda ortiqcha ammiakni 120 - 1250S haroratda gaz fazaga o‘tkaziladi. So‘ngra eritma ammoniy karbamatga parchalanishi uchun issiqlik almashinish apparati (10) da 158 - 1620S haroratgacha isitiladi va hosil bo‘lgan bug‘ suyuq xolidagi aralashma seperator (11) da ajratiladi. Gaz faza rektifikasion kollonasi (9) ning pastki qismidagi barbotaj qatlamiga keladi, suyuq faza esa 0,25 - 0,4 mPa gacha drosellanadi va ikkinchi bosqich distilliyasiyaga beriladi.
Rektifikasion kalonna (9) dan gaz faza aralashmalari (uning tarkibi 75 – 76% ammiak, 21 - 22% uglerod (VI) - oksidi va 3% gacha suv) yuvuvchi kalonna (8) ni pastki qismiga beriladi, u yerda bug‘li isitkichda aralashma harorati 92 - 960S gacha ushlab turiladi. Shu yerga ikkinchi bosqich disitlyasiyadan ugleammoniyli tuzlar eritmasi ham beriladi. Bu yerda uglerod (VI) - oksidini asosiy qismi yutiladi va suv bug‘i tarkibi 38 - 45% ammiak, 30 - 37% uglerod (VI) - oksidi, 22 - 27% suv bo‘lgan eritma ko‘rinishigacha kondensatlanadi. Bu eritma plunjerli nasos (7) da 20 mPa bosimgacha siqiladi va aralashtirgich (6) ga qaytariladi. Gaz xolidagi ammiak 45 - 50 0S haroratda yuvuvchi kalonnasi (8) ning yuqori nasadkali qismida to‘liq uglerod (VI) - oksididan ajratiladi, konsentrlangan ammiakli suv (93 - 96% ammiak) bilan boyitiladi va kondensator (4) ga beriladi; u yerda ammiak siqiladi va tank (2) orqali siklga qaytariladi. Kondensatlanmagan gazlar (asosan vodorod, azot, kislorod) absorbsiya jarayonida yutilmay qolgan ammiakdan yuviladi va atmosfera bosimigacha drosellanadi va atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Ikkinchi bosqich distilliyasiyaga kelayotgan eritma tarkibida 55 - 61% karbamid, 4 - 5% ammoniy karbomat, 6 - 7% ammiak va 28 - 35% suvdan iborat. Ikkinchi bosqich distilliyasiya ham birinchi bosqich distilliyasiya kabi boradi. Avval eritma rektifikasion kalonna (12) ga beriladi. Rektifikasion kalonnasida bug‘langan ammiak, ammoniy karbomat xisobiga 1100 S haroratgacha sovutiladi. So‘ngra isitgich (13) orqali 50 - 520 S haroratgacha isitiladi va seperator (5) ga beriladi, u yerda gaz va suyuq fazalarga ajratiladi. Ikkinchi bosqich distilliyasiyada ammoniy karbomatning parchalanishi xisobiga, ammiak va uglerod (IV) - oksidini berilishi to‘xtatiladi.
Tarkibida 70 - 72% karbamid bo‘lgan eritma seperatorda (5) da dro-sellanadi va vakuum-isitkich (15) ga beriladi. Bu yerda qolgan 40 kPa bo-sim ostida konsentrasiyasi 74 - 76% gacha oshiriladi va 900 S haroratgacha sovutiladi. So‘ngra eritma Yig‘gich (16) dan yog‘ ajratkich (17) ga beriladi va tayyor maxsulot ishlab chiqarishga jo‘natiladi.
Rektifikasion kalonna (12) dan gaz fazasi (tarkibi 55 - 56 % NH3, 24 - 25% CO2 va 20 - 21 % H2O) kondensator (12) ga beriladi. Bu yerda hosil bo‘lgan 400S haroratdagi ugleammoniyli tuzlar (5 - 50% NH3, 10 -16% CO2, 35 - 55% H2O) rezervuar (22) dan nasos (23) orqali yuvuvchi kalonna (8) ga beriladi. Kondensator (21) dan chiqayotgan gaz faza (NH3, CO2 va boshqa gazlar) absorber (24) ga beriladi. Bu yerda (NH3 va CO2 ) gazlar ugleammoniy tuzlar eritmasiga yuttiriladi va sovutkich (27) dan o‘tadi. Absorberdan chiqayotgan inert gazlar atmosferaga chiqarib yuboriladi. Absorber (24) da hosil bo‘lgan ugleammoniy tuzlari isitkich (28) da 90 - 95 0S haroratgacha isitiladi va desorber (26) ga beriladi. Bu yerda 0,3 - 0,4 mPa bosimda va 135 - 550S haroratda o‘tkir bug‘ yordamida NH3, CO2 va H2O ga to‘liq parchalanadi. Gaz xolidagi NH3 va CO2 suv bug‘i bilan birga ikkinchi bosqich kondensator (2) ga beriladi. Qolgan suv kanalizasiyadan chiqarib yuboriladi.
|
| |