|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «tasdiqlayman»
|
bet | 69/89 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 3,03 Mb. | | #265192 |
Bog'liq KvaKT ДАК Baholash mezoni (2)4NH3+302=6H2O+2N2
Ammiak kislotalar bilan reaksiyaga kirishib ammoniy tuzlarni hosil qiladi (ammoniy tuzlari suvda oson erib ionlarga batamom ajra-ladi):
NH3 + HCl= NH4Cl ; NH3 + H3PO4 = NH4H2PO4
Karbamid sintezining yana bir muxim xom ashyosi xisoblangan uglerod (IV)-oksidi tabiatda organik moddalar oksidlanish jarayonida ya’ni o‘sim-lik va xayvon qoldiqlarini chirishida, yoqilg‘ilarni yonishida, nafas olish-da hosil bo‘ladi. Vulqon otilgandagi yoriq joylardan va buloq suvlarida ham ko‘p miqdorda uglerod (IV) - oksidi chiqib turadi. Uglerod (IV) - oksidi laboratoriyalarda kalpsiy karbonatga xlorid kislota ta’sir ettirish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Sanoatda oxak kuydirishda quyidagicha maxsulot sifatida ko‘p miq-dorda uglerod (IV) - oksidi ajratiladi:
CaCO3=CaO+CO2
Uglerod (IV) - oksidi rangsiz gaz bo‘lib xavodan deyarli 1,5 marta oьir 1 l. 0°C harorat va 760 mm simob ustunidagi bosimi 1,88 g. keladi.
Karbamid ishlab chiqarish usullari.
Tayanch so‘zlar: xossasi, olinishi, ishlatilishi, turlari, xom-ashyo,ammiak, karbonat angidrid, biuret, sionit, karbomat, ishlatilishi, turlari, xom ashyo.
Karbamid ishlab chiqarishning ammiak va uglerod (IV) - oksididan olishning quyidagi jarayonlarga asoslangan texnologik tasvirlari mavjud:
- bir o‘tishli jarayon, bunda suyuqlanmadan ortiqcha ammiakni (NH3) xaydash va karbamatni (NH4COONH2) atmosfera bosimigacha parchalashdan iborat. Jarayon qizdirish orqali olib borilib, gaz fazasiga ajragan ammiakdan boshqa maqsadlarda ham foydalanilsa bo‘ladi (ammoniy nitrat, ammoniy sulpfat, ammoniy karbonat va boshqalar).
- bir qism ammiakni siklga qaytarish orqali boradigan jarayon, bunda 1,6 - 1,8 mPa bosimgacha parchalash orqali bir qism ortiqcha ammiak xaydaladi va kondensatlanib siklga qaytariladi. Ammiakni to‘liq xaydash va ammoniy karbamatni parchalash atmosfera bosimida olib boriladi, aj-ralgan ammiak boshqa maxsulotlar olishda ishlatiladi.
- ammiak va uglerod (IV) - oksidini alo’ida qaytarishga asoslangan jarayon, bunda gaz fazadan bitta komponent ajratib olinadi, bu gaz faza atmosfera bosimida distillyasiya qilishda hosil bo‘ladi.
- suyuqlik resikli, bunda ugleammoniy tuzlar eritmasi yoki sus-penziyasi jarayonga qaytariladi.
- stripping jarayoni, bunda ammiakni xaydash va karbamatni par-chalash ammiak yoki uglerod (IV) - oksidi oqimida, sintez bosimida olib boriladi.
- integral jarayoni, bunda ammiak va karbamid ishlab chiqarish tex-nologik tasvirlari birlashtirilgan bo‘ladi.
Hozirgi paytda butun dunyoda karbamid ishlab chiqarishning asosan suyuqlik resiklli usuli keng ishlatilmoqda.
Yuqorida keltirilgan jarayonlarning baozi birlari ishlatilib, baozilari esa umuman ishlab chiqarishdan chiqarib yuborilgan.
Hozirgi vaqtda bir qism ammiakni qaytarish jarayoni ishlab chiqarishlarda ishlatilib kelinmoqda. Qaytaruvchi va integral jarayonlar texnologiyasi qayta ishlab chiqish bosqichida turibdi.
Birinchi bo‘lib suyuqlik resikli texnologiyasi Miller tomonidan ishlab chiqilgan [A.Q.Sh. pat. 1898093, 195; 2116881, 1934]. Bunda Miller, karbamid sintezini ortiqcha ammiakli sharoitda olib borishni taklif qilgan (molp nisbatda NH3 : CO2 = 7,5). Ammiakni katta qismi birinchi bos-qich distillyasiyadan keyin jarayonga qaytariladi. Ikkinchi bosqich distil-lyasiyada ajralgan ammiak va uglerod (IV) - oksidi suvga yuttiriladi. Siklga ugleammoniy tuzlari ko‘rinishida qaytariladi [(NH2)CO·HNO3]. Keyinchalik bu jarayonga ko‘pgina yangiliklar kiritildi va uning effektivligi oshirildi.
Quyida ko‘pgina firmalar tomonidan patent olingan karbamid ishlab chiqarish usullarini qisqacha texnologik tasviri bayonlari bilan kelti-rilgan:
|
| |