O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim,fan va innovatsiyalar vazirligi, Islom Karimov Nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Mexanika fakulteti (Sovutish va kriogen texnikasi) kafedrasi 120-21-guruh talabasi Djakubov Ahmedalining malakaviy amaliyot
XISOBOTI
Mavzu:Oziq ovqatda sovuqlikning qo'llanishi va savdo sovutkichlari
Bajardi:Djakubov Ahmedali
Tekshirdi:Abdullauyev Mirolim
Oziq-ovqat sanoatida
Sovuqlikning qo'llanishi
Oziq-ovqat sanoati - xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxo-nalari bor.
Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. O.-o.s. korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi.
Mamlakat mustaqillikka erishgach, O.-o.yeda chuqur tashkiliy va iqtiso-diy islohotlar amalga oshirildi. Koʻpgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, goʻsht-sut, don mahsu-lotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, "Oʻzoziqovqatsanoat" davlat-aksiyadorlik konserni (1993-yil 5-may; 1994-yil 26-sentabrdan "Oziqovqatsanoat" va "Yogʻ-moytamakisanoat" uyushmalari), "Oʻzgoʻshtsanoat" davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993-yil 6-aprel), "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiya-si (1994-yil 22-aprel), "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994-yil 28-noyabrdan), "Oʻzbaliq" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi "Oʻzparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi (1964), "Oʻzbekbirlashuv" tarkibidagi O.-o.s. korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Axrli ehtiyojlarini respublikaning oʻzida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari koʻrilmoqda. 2002-yildaO.-o.s. korxonalarida (ming t): goʻsht — 147,4, mol yogʻi — 1,9, sut mahsulotlari — 216,6, konservalar — 480,6 ming shartli banka, qandolatchilik mahsulotlari — 61,1, oʻsimlik moyi — 222,2 non va non-bulka mahsulotlari — 842,8, un (davlat resurelari donidan) — 1554,9, qadoqlangan choy — 5,3, tamaki — 10,6, xoʻjalik sovuni — 41, qand-shakar — 217,2, makaron mahsu-lotlari — 74,6, vino-araq— 6134 ming dal, pivo — 7853 ming dal, chanqovbo-sar ichimliklar — 12680 ming dal va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Tarmoq korxonalariga oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli muhandis-texnik kadrlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoati instituti, Toshkent iqtisodiyot universiteti va Toshkent texnika universitetida, Samarqand, Yangiyoʻl oziq-ovqat, Toshkent texnologiya kollejlarida tayyorlanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari saqlash muddatini uzaytirishning 15 ta yangi usuli
Bir necha kun foydalanish uchun sotib olingan va pishirishga vaqt topilmasdan, mahsulotni tashlab yuborish har doim achinarli. Oziq-ovqat mahsulotlarini uzoqroq saqlash uchun yangi saqlash usullarini o‘rganib olishingizni tavsiya qilamiz. Albatta, buni hamma ham bilmasligi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”
Piyoz
Foto: “Domashniy ochag”
Shahar aholisi ko‘pincha piyozni muzlatkichda saqlaydi. Ammo qishloq tajribasi shuni o‘rgatadiki, piyoz umuman sovuq havoga muhtoj emas. Bundan tashqari, piyoz haroratida juda yaxshi saqlanadi. Asosiysi, xona quruq bo‘lishi kerak.
Ko‘k piyoz
Foto: “Domashniy ochag”
To‘g‘ralgan ko‘k piyozni plastik idishda saqlash mumkin. Sho‘rvalar yoki ragular uchun yaxshi ziravor bo‘ladi. Faqat avval uni to‘g‘ri quritish lozim.
Ko‘katlar
Foto: “Domashniy ochag”
Yangi ko‘katlarni saqlashning tasdiqlangan va eng yaxshi usuli ularning bandini kesib, dasta gullar kabi bir stakan sovuq suvga solib, paket bilan barglarini yopish va muzlatkichga qo‘yishdir. Shu usul bilan har qanday ko‘katni yaxshi saqlash mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”
Turli oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaydigan plastik qoplarni mahkam yopish uchun eski butilkalardan foydalanish mumkin. Ularning tepa qismi kesib olinib, qoplardan o‘tkaziladi va qopqog‘i burab qo‘yiladi.
Qulupnay va malina
Foto: “Domashniy ochag”
Qulupnay yoki malinani uzoqroq saqlash uchun ularni suvga solib, unga 10:1 nisbatda bir tomchi sirka qo‘shiladi. Ushbu eritmada rezavorlar yuviladi, quritiladi, har qanday idishga solib, muzlatkichga qo‘yiladi. Shu tarzda yuvilgan qulupnay 2 haftagacha, malina esa bir hafta yaxshi holatini saqlab qoladi. Sirka hidi tezda yo‘qoladi va sezilmaydi, rezavorlar esa mog‘orlamaydi
Avokado
Foto: “Domashniy ochag”
Ma’lumki, avokado tozalanganda yoki kesilganda tezda qorayadi. Qoraymasligi uchun muzlatkichga qo‘yishdan oldin unga zaytun moyi surtiladi. Yana bir usuli esa, avokado piyozning yarmi bilan birga idishga solinadi va qopqog‘i yopiladi hamda muzlatkichda saqlanadi.
Kartoshka
Foto: “Domashniy ochag”
To‘r xaltaga yoki qutiga bitta olma qo‘shib, kartoshkani saqlash mumkin. Lekin piyozning yonida kartoshkani saqlamaslik yaxshiroq. Bu sabzavotlarni tezroq chirishiga olib keladi.
Pishloq
Foto: “Domashniy ochag”
Pishloqning kesilgan qismi qurib qolmasligi uchun uni yog‘lash ham mumkin. Pishloq, eng yaxshisi, sabzavot bo‘limida yoki muzlatkich kamerasi harorati yuqori bo‘lgan eshikda saqlanadi. Pishloqni oziq-ovqat plyonkasiga o‘rash tavsiya etilmaydi. Uni mumlangan pishiriq qog‘ozida saqlash yaxshiroq.
Salat bargi
Foto: “Domashniy ochag”
Bu usul salat bargining bir hafta davomida qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Faqat qog‘oz salfetkani plastik qoplama ostiga qo‘ying. U ortiqcha namlikni yutadi.
Selder
Foto: “Domashniy ochag”
Selder va brokkoli folga bilan o‘ralgan holda uzoqroq saqlanadi.
Pomidor
Pomidorlarni qoplarda saqlamaslik kerak, bu mumkin emas. Agar, masalan, hali yaxshi pishmagan pomidorlar yig‘ib olingan bo‘lsa, ularni qutida yoki gazetaga o‘ralgan holda saqlash yaxshiroqdir. Ular bir-biriga tegmasligi va quyosh nurlari tushmasligi kerak. Pomidorlar pishishi bilan teskari tomoniga aylantirib qo‘yiladi.
Zanjabil
Zanjabilni faqat muzlatkichda saqlash kerak. Bu nafaqat uzoq saqlashga yordam beradi, balki uni maydalash ham osonroq bo‘ladi.
Yong‘oqlar
Foto: “Domashniy ochag”
Xomligicha sotib olingan yong‘oqlarni darhol qovurish kerak. Keyin idishga solib, muzlatkichga qo‘yiladi. Shunda yong‘oqlar yanada mazali bo‘lib, uzoq muddatga yetadi.
Qo‘ziqorinlar
Foto: “Domashniy ochag”
Qo‘ziqorinlarni plastik emas, balki qog‘oz qoplarda saqlagan yaxshi.
Oziq-ovqat mahsulotlari
Foto: “Domashniy ochag”
Turli oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaydigan plastik qoplarni mahkam yopish uchun eski butilkalardan foydalanish mumkin. Ularning tepa qismi kesib olinib, qoplardan o‘tkaziladi va qopqog‘i burab qo‘yiladi.
|