• Axborot manbalari
  • Axborotga bo‘lgan ehtiyoj




    Download 386.08 Kb.
    bet5/66
    Sana09.02.2023
    Hajmi386.08 Kb.
    #41727
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
    Bog'liq
    ma`ruza matni
    1 labaratoriya, joriy nazorat, 5-sinf 7- nazorat ishi, 50 positive words to describe people, statistika o\'rtacha miqdorlar, 7-amaliy ish (1), IOM mustaqil, seminar mashg`uloti mno, Shukurova Mohinur, geometriyadan tarqatma, MTM, 2 ma\'ruza, 8. Тарқатма материаллар , 1-topshiriq
    Axborotga bo‘lgan ehtiyoj – aynan ma’lum bir ijtimoiy rol va vazifalarni bajarish uchun lozim bo‘lgan axborotni olishga bo‘lgan ehtiyojdir. Aksariyat hollarda iste’molchi u yoki bu maqsadga erishish uchun nimani bilishi zarurligini anglaydi va o‘z qidiruv ishini ma’lum bir natijaga qaratadi. Masalan, inflyatsiya sharoitida har bir fuqaroni narx-navoning o‘sishi qiziqtiradi. Abiturient oliy ta’lim muassasasiga kirish qoidalariga oid barcha ma’lumotni o‘rganadi. Tadbirkor va moliyachini birinchi navbatda birjadagi narx kotirovkasi qiziqtiradi.
    Insonga u yoki bu axborot kanaliga murojaat qilish maqsadi tushunarli. Tanlov xabarning to‘laligi, manbaning ishonchliligi yoki qiziqarligi va h.k. asosida qilinadi. Ammo bu yerda ham manbaning ishonchligini chuqur o‘rganish lozim. Masalan, o‘zini adabiy tanqidchi deb tanishtirgan shaxsning yangi adabiyot bo‘yicha tavsiyalari avvalo muayyan maqsadda berilgan bo‘lishi mumkin.
    Demak, axborotni saralash asosida uning iste’molchiga xatto, o‘zi tushunmagan holatda ham qadrliligi yotadi. Axborot manbasini baholashda avvalo inson undan axborotni nima maqsadda olayotganini aniqlash zarur. Mazkur jarayon ishonchli axborot manbalarini aniqlashga yordam beradi. Masalan, quyidagi savollarga javob topishga harakat qilish joiz: ushbu holatda qaysi manba axborot olish uchun eng ishonchlidir? Qaysi manbalar haqqoniy, xolis bo‘la oladi?
    Axborot manbalari
    Axborot manbasi, odatda, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ( ya’ni, keng ommaga qiziq va kerak bo‘lgan) axborotga ega bo‘lgan shaxs yoki tashuvchidir. Jurnalistikada axborot manbalari an’anaviy (rasmiy manbalar, ya’ni hujjatlar, OAV materiallari, hukumat qarorlari, hayotning o‘zi va h.k) va noan’anaviy (“ishonch telefonlari”, ijtimoiy sog‘lomlashtirish markazlari, axlatxonalar, makulatura, ikkilamchi xomashyo, shisha qabul qilish, mashina yuvish va yonilg‘i quyish shahobchalari, bozorlar va h.k.) ga ajratiladi.
    Kontent (mazmun, tartib, shakl) sifatiga ko‘ra manbalar uch toifaga bo‘linadi.

    Download 386.08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




    Download 386.08 Kb.